Boni: “Har bir o'yinda gol urishni istayman”
14 noy 2013 13:11
Yangiliklar


Boni: “Har bir o'yinda gol urishni istayman”
“Suonsi” klubi hujumchisi Vilfrid Boni, Angliya chempionatiga ko'nikib borayotgani to'g'risida fikr bildirib o'tdi.
“Ayni paytda dunyoning eng yaxshi chempionatida ko'nikish jarayonim davom etayapti. Menga to'langan mablag'ga arzishimni isbotlab berishim kerak.
“Stok Siti” darvozasiga ikkita to'p kiritish yoqimli bo'ldi, har bir o'yinda mana shunday gol urishni istayman. Bu qiyin bo'lishini bilaman, biroq qo'limdan kelgancha harakat qilaman”, - deydi Boni.

Fikrlar