Useyn Boltga shartnoma taklif qilgan klub "Barselona" yoki "Real" emas
16 okt 2018 11:15
Yangiliklar
Useyn Boltga shartnoma taklif qilgan klub "Barselona" yoki "Real" emas
Valletta direktori Gasston Slimen klub 8 karra Olimpiada chempioni Useyn Boltga shartnoma taklif qilmoqchi ekanligi haqida aytib o'tdi.
«Biz o'z safimizda chempionni ko'rishdan xursand bo'lamiz. «Valletta»dagilar bajarib bo'lmaydigan ishning o'zi yo'q deb o'ylaymiz», — deydi Slimen.
«Valletta» Boltni 13 dekabr kuniga qadar o'z safiga qo'shib olmoqchi. O'sha kuni Malta Superkubogi doirasida «Balcan»ga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.
Sentyabr oyida Maltaning «Valletta» klubini Sanban Group arab kompaniyasi sotib olgandi. Klub oldiga ECHLga chiqish vazifasi qo'yilgan.
Kuni kecha Bolt professional futboldagi dastlabki gollarini urdi. U Avstraliyaning «Sentral Kost Meriners» safida o'rtoqlik uchrashuvida ikkita to'p kiritdi.
Fikrlar