Bolt futbolchi bo'lish fikridan qaytadimi?
18 noy 2018 09:30
Yangiliklar
Bolt futbolchi bo'lish fikridan qaytadimi?
Noyabr oyi boshida futbolchi Avstraliyaning “Sentrel Kost Merines” klubi bilan sinov muddati bilan shartnoma tuzgandi. Klub rahbariyatiga yamaykalik atletning harakatlari maqul tushdi. Ammo uning agenti professional shartnoma tuzish uchun katta mablag' so'radi.
“Menga turli klublardan takliflar bor. Biz noyabr oyi oxiriga qadar aniq to'xtamga kelamiz. O'shanda men qaysidir klub bilan shartnoma tuzaman yoki futbolchi bo'lish orzuimdan voz kechaman”, deydi Bolt.
Yamaykalik atletning aytishicha, Pol Pogba va Rahim Sterling singari futbolchilar uning futbolchi bo'lishini qo'llab-quvvatlashgan.
“Men Sterling va Pogba bilan suhbatlashdim. Ular futbolchilik faoliyatimni boshlashimdan xursand. Ular menga “olg'a bos, seni buni uddaylaysan”, deyishdi. Gap pulda emas. Bu mening yoshlikdagi orzuim. Men shunchaki bu ishda qanchalik yaxshi bo'lishimni bilmoqchiman”, deydi Bolt.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar