Boliviyada 25 yoshli futbolchi koronavirusdan vafot etdi
30 may 2020 16:32
Yangiliklar


Boliviyada 25 yoshli futbolchi koronavirusdan vafot etdi
Deybert Frans Roman Guzman koronavirus infekciyasi tufayli 25 yoshida hayotdan ko'z yumdi.
Bu haqda Boliviya futbol federaciyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Roman Boliviya chempionatining quyi divizionlarida o'ynaydigan Trinidad universitet jamoasi sharafini himoya qilgan.
Xabar qilinishicha, oldinroq futbolchining otasi Belizario Roman va amakisi Karmelo Roman ham koronavirus tufayli halok bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar