So’nggi yangiliklar

00:45Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия ва Швеция терма жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 00:20Сане ўзига янги клуб танлади  0 00:04Миллатлар лигаси. Украина ва Грузия ўзаро дуранг ўйнади, Туркия ўз уйида Уэльсни енга олмади ва бошқа натижалар  0 23:13Погба "Манчестер Юнайтед"га қайтади  1 22:40Дэвис келганидан сўнг ким "Реал"дан кетади?  2 21:59"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиради. Вингер клубда 10-мавсумини ўтказмоқда  1 20:46Раньери: "Нега бу йигит ўйнамаяпти?"  7 20:12Европа гранди Хвича Кварацхелияга қизиқишни тиклади  4 19:52Россия қачон ФИФА ва УЕФА мусобақаларига қайтади?  21 19:38"Бавария" маошлар харажатини камайтириш учун ўз юлдузларидан бирини сотади  0 19:26Ўзбекистон терма жамоасининг Лаосдаги машғулотлари  15 17:18Мухлислар Мексика терма жамоаси устозини бошини ёришди  9 16:56Россия Бруней билан ўртоқлик ўйини учун қанча тўлаган?  14 16:14910 та гол урган Роналду: "1000 та гол уриш ҳақида ўйлаётганим йўқ"  20 15:35Рубен Аморим "Олд Траффорд"да МЮга қарши майдонга тушганини биласизми?  1

Bolaligida harbiy bo'lishni orzu qilgan "O'zbek Odisseyasi" 60 yoshni qarshi oldi. Uning faoliyatiga nazar solamiz Yangiliklar

Bolaligida harbiy bo'lishni orzu qilgan "O'zbek Odisseyasi" 60 yoshni qarshi oldi. Uning faoliyatiga nazar solamiz

Bugun o'zbek futbolining afsonalaridan biri Igor SHkvirin 60 yoshni qarshi oldi.

Igor Anatolevich SHkvirin 1963 yil Toshkentda tavallud topgan. Olti yoshida suv sportiga qatnasha boshlagan, keyinroq sambo bilan shug'ullana boshlagan, ammo ushbu sport turlari uni ko'p vaqt qiziqtiramagan va oxir-oqibat u futbolni tanlagan. "Lokomotiv" klubi tarbiyalanuvchisi futbolga Anatoliy Portov va Vagif Rustamovlarning ko'magida kirib kelgan. 

SHkvirinning aytishicha, bolaligida u futbolchi emas, balki harbiy bo'lishni orzu qilgan. Ettinchi sinfda harbiy maktabga hujjat topshirgan Igor tibbiy ko'rikdan o'ta olmaydi. SHkvirin 17 yoshida SSSRning ikki divizionidagi "Yangier" jamoasida boshlagan. 

"Ilk jamoam "Yangier" klubi hisoblanadi. Ikkinchi liganing o'rtamiyona klubi bo'lishiga qaramay, bu erda yaxshi haq to'langan. 18 yoshimdayoq 700 rubl olardim. Uyga birinchi maoshimni olib borganimda, onam ko'z yoshlarini tiya olmagan. U kasalxonada hamshira bo'lib ishlardi va ustama haqi hamda tungi navbatchilik bilan birga hisoblaganda oyiga 90 rubl maosh olgan... Men unga deyarli barcha pulimni berdim. Keyinchalik kvartirani tamirladik, yangi mebel sotib oldik. Biz boy yashamasdik", — deya xotirlaydi SHkvirin.

Mahoratli hujumchining professional futbolchi bo'lib etishishida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi katta o'rin tutgan. 1981 yilda poytaxt klubida bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan mutaxassis Ishtvan Sekech bir qator yoshlarni tarkibga jalb qiladi. Ularga imkoniyat beradi. SHular qatori SHkvirin ham 1983 yilda “Paxtakor”ga taklif qilinadi. Tezda jamoaga moslashib ketgan futbolchi ikkinchi jamoadan asosiy jamoaga o'tkaziladi va poytaxtliklar tarkibidagi dastlabki o'yinidayoq "Dnepr" darvozasini ishg'ol qilgan, ammo gol inobatga olinmaydi. SHkvirin bu haqda shunday xotirlagan:

"Paxtakor"dagi dastlabki o'yinim umrim davomida xotiramda muhrlanib qolgan. O'z mezbon sifatida "Dnepr"ga qarshi bahs yakunlanishiga 15 daqiqa qolganda maydonga tushirilib, gol urishga ham muvaffaq bo'ldim. Afsuski, bu gol hisoblanmadi. Biz 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik, Toshkentda esa birdaniga notinchlik boshlandi. Birinchidan, kimdir tribunadan stakan uloqtirib, hozirda vafot etgan jamoa rahbari Jizdikning boshini yorgan. O'yindan keyin esa odamlar zanjirni uzgandek bo'lishdi – mashinalarni ag'darishdi, do'kon oynalarini sindirishdi. Men stadiondan uyga qarab piyoda yo'lga chiqdim va o'zimni aqldan ozgan, nazorat qilib bo'lmaydigan olomon o'rtasida ko'rdim. Tabiiyki, meni hali hech kim tanimasdi. U erdan zo'rg'a qutulib chiqdim".

Asta-sekin yosh hujumchi "Paxtakor" tarkibidan muntazam joy egallay boshladi hamda 1984 yilgi mavsumda jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi, biroq ushbu mavsum jamoa uchun omadsiz bo'lib chiqdi — "Paxtakor" Ittifoq oliy ligasidan tushib ketdi.

Keyinchalik Ukrainaga yo'l olgan SHkvirin 1986–1989 yillarda "SKA" va "Dnepr" jamoalarida o'ynagan. "SKA"dagi faoliyati jarohatlar tufayli ko'ngildagidek bo'lmagan. Qayd etilishicha, Igor Dneprga yo'l olishidan avval unga "Paxtakor"dan taklif bo'lgan. Poytaxtliklar unga yangi kvartira ajratishga vada bergan. Uning injener-muhandis bo'lgan rafiqasi esa tanishlari orqali futbolchiga ajratiladigan uy bir yarim yildan keyingina foydalanishga topshirilishini bilib oladi. Bundan xafa bo'lgan futbolchi Dnepropetrovskga yo'l oladi va orada janjal ko'tariladi. Unga "Yoki Toshkentga qaytasan, yoki bir yilga diskvalifikaciya qilinasan" degan chaqiriq bilan chiqishgan. Qaysarlik bilan o'z shashtidan qaytmagan SHkvirin uch oy futboldan tashqarida qolgan. O'zbek gazetalari uni muttahamgacha chiqarishgan ekan. Keyinchalik baribir "sherlar" safiga qaytgan SHkvirin 1990 yilgi SSSR birinchi ligasida 37 uchrashuvda 37 ta gol bilan to'purarlar poygasida Anatoliy SHepel va Stepan Yurchishindan so'ng uchinchi o'rinni egallaydi va jamoasining Oliy ligaga qaytishini taminlaydi.

1991 yilgi chempionat nihoyasida Franciyaning "Sent-Eten" klubidan skautlar tashrif buyurgan. Futbolchi bilan shartnoma borasida shaxsiy kelishuvga erishilgan, biroq klublar kelisha olishmaydi. "Paxtakor" futbolchi uchun o'sha vaqtda 800 ming dollar so'ragan. Francuz jamoasi vakillari esa 400 ming dollar to'lamoqchi bo'lgan: "800 ming — bu SSSR terma jamoa darajasidagi narx. Sizning forvard esa termada o'ynamaydi..."

1992 yilning ilk yarimida Mirjalol Qosimov–Gennadiy Denisov–Igor SHkvirin triosi Vladikavkazning “Spartak” jamoasida to'p tepadi. Oliy ligadagi debyutida SHkvirin CSKAga qarshi o'yinda raqib darvozasini zabt etib, jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shadi. Umumhisobda toshkentlik hujumchi Vladikavkaz tarkibida 10 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan. Ijara muddati tugagach, futbolchi o'zini chet el chempionatida sinab ko'rishga qaror qildi va ko'p o'tmasdan klub bilan xayrlashgan SHkvirinning avvaliga Avstriyaning “Forvets” klubiga o'tishi kutilgandi. Biroq shartnoma masalasida tomonlar kelisha olishmadi. So'ngra Belgiyaning "Lokeren" bilan kelishuvga erishilmaydi. SHundan so'ng SHkvirin taniqli murabbiy Avram Grant boshchiligidagi Tel-Avivning “Makkabi” jamoasining Niderlandiyadagi yig'iniga borib qo'shiladi. Hamyurtimizning salohiyati va imkoniyatlarini yuqori baholagan mutaxassis Avram Grant klubdagi legionerlarning cheklovi sabab uni olib qolmaydi va Isroilning boshqa bir jamoasi “Hapoel”ga tavsiya qiladi. Ammo SHkvirinning Isroildagi faoliyati ko'ngildagidek boshlanmadi. 

"Birinchi o'yindan keyin jamoaga kelgan yangi murabbiy yonimga kelib, "Sen futbolchi emassan", dedi va zaxira o'rindig'iga "mixladi". Lekin men tishimni-tishimga qo'yib sabr qildim. Bu pul uchun emasdi. SHunchaki uyda tanishlarimning ko'ziga qanday tikilishni tasavvur qilolmasdim. Isroilda tarkibga kirolmasam, meni masxara qilishardi. Men behudaga bu erga kelmaganimni isbotlashga qaror qildim. Mening azob-uqubatlarim qariya ikkinchi darv boshlanishidan avval klubdan ketgach, yakuniga etdi. "Hapoel"ga esa klubning sobiq futbolchisi kelgach, menga shunday dedi: "U keksa cholning barcha gaplarini unut. Qo'lingdan kelgancha o'yna. Men senga ishonaman". Bunday ishonchdan ruhlanib, chempionatning ikkinchi yarmida 15 ta gol urdim..."

Klubdagi moliyaviy holat sabab SHkvirin jamoani tark etib, mamlakatning boshqa jamoasiga o'tadi hamda "Netaniya" va "Makkabi"da to'p tepadi.

Bu orada milliy terma jamoaga taklif qilingan goleador terma murabbiyi Rustam Akramov tomonidan doimiy ravishda nazoratda bo'lib turdi. CHunki, undan Osiyo o'yinlarida umid katta edi. Kutilganidek, termamiz uchun muvaffaqiyatli yakun topgan Xirosimadagi musobaqada eng yaxshi to'purar bo'lgan holda mahsus sovringa ega chiqdi. O'sha yili davlatimiz tomonidan “SHuhrat” medali bilan mukofotlandi. 

SHkvirinning mazkur turnirdagi o'yinlari Malayziya futbol federaciyasi vice-prezidenti va “Pahang” klubi rahbarlaridan biri bo'lgan shahzodaga manzur keladi. SHu tariqa, “Pahang” Saudiyaga yo'l olgan boshqa o'zbekistonlik futbolchi Azamat Abduraimov o'rniga SHkvirinni o'z safiga qo'shib oldi. Malayziyadagi mavsum hujumchi uchun juda muvaffaqiyatli bo'ldi, u yangi klubi tarkibida jamoaning eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'ldi hamda Malayziya chempioniga aylandi. Ammo mamlakatning eng nufuzli turniri Malayziya kubogida "Pahang" g'alaba qozona olmadi, jamoa finalda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qolaversa, o'sha paytda Malayziya futbolida korrupciya avj olgandi. Tergov jarayonida 150 ga yaqin futbol, murabbiy, menejer va boshqalar pora olish va totalizator bo'yicha so'roq qilinib, ozir-oqibatdan 80 dan ortiq kishi bir yildan to'rt yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.

Malayziya safaridan so'ng Igor SHkvirin Isroilga qaytib keldi va u erda yana uch yil to'rtta jamoa tarkibida o'ynadi.

1998 yilning boshida o'zini o'nglab olgan “Paxtakor” sobiq futbolchilari Igor SHkvirin, Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimovlarni ortga qaytaradi. O'sha yili Qosimov va SHkvirin tandemi to'purarlar ro'yxatida 22 ta gol bilan birinchilardan bo'ldi va mamlakat chempionligini qo'lga kiritishda asosiy ishni bajarishdi.

2000-2001 mavsumlarda Hindistonga otlangan SHkvirin “Moxun Bagan”, “CHerchil Brazers” klublarida ham o'ynashga ulgurdi. 2000 yilgi Livanda o'tkazilgan Osiyo kubogidagi sharmandalikdan so'ng terma jamoadagi faoliyatini tugatdi. 2001 yilda esa “Paxtakor”da so'ngi mavsumini o'tkazdi va butsalarini mixga ildi.

SHkvirin terma jamoadagi debyutini 1992 yilning 17 iyunida Tojikistonga qarshi o'tkazgan va ilk golini urgan. Faoliyati davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 31 o'yinda 20 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. SHu jumladan, 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida jami 8 ta to'p kiritgan.

Murabbiylik faoliyatini Rossiyaning “Krilya Sovetov” klubida Aleksandr Tarxanovga yordamchi sifatida boshladi va jamoada asosan hujumchilar bilan ish olib bordi. Tarxanov o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish. U 1991-1992 yilgi mavsumda “Paxtakor”da faoliyat olib borgan.

2005-2007 yillarda “Qizilqum” klubida bosh murabbiy lavozimida ishladi. Olimpiya terma jamoasi ustozi Vadim Abramov Qosimovdan so'ng SHkvirinni o'ziga assistent qilib oladi. Keyinchalik bu ikki afsona milliy jamoada Inileevga yaqindan yordam berishdi va murabbiylik yo'lidagi tajribasini oshirib borishdi. 2008 yilda "Olmaliq" (hozirgi OKMK) jamoasini boshqaruvini qo'liga olgach to'qqiz yil davomida “konchilar”ga ustozlik qildi. 2009 yil "Olmaliq" chempionatda to'rtinchi o'rinni egallaydi, SHkvirin esa Luis Filipe Skolarini ortda qoldirib, yilning eng yaxshi murabbiyiga aylandi.

2017 yilning ikkinchi davrasida “Sug'diyona” ustoziga aylanadi va jizzaxliklarni kuchlilar safida olib qolishga erishadi.  

2021 yil murabbiy "Turon" jamoasini qabul qilib oladi va yarim yil vodiy klubida ishlaydi. Hozirda Igor SHkvirin OKMK klubida selikcioner murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. 

SHkvirin SSSR chempioni, SSSR Ittifoqi kubogi, SSSR birinchi ligasi to'purari, Osiyo o'yinlari g'olibi, O'zbekiston chempionati g'olibi va to'purari, Malayziya chempionati g'olibi, Hindiston chempionati g'olibi va to'purari hisoblanadi.

Bugun mamlakatimiz futboli afsonasi, faxriy futbolchi va murabbiy Igor SHkvirin 60 yoshni qarshi oldi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика