Bolalar ligasida ikkinchi bosqich boshlandi
20 avg 2015 13:45
Yangiliklar


Bolalar ligasida ikkinchi bosqich boshlandi
Kecha futbol maktablari o'rtasida Toshkent shahar chempionatida ikkinchi bosqich bahslariga start berildi.
"Paxtakor" tarbiyalanuvchilari "CHilonzor"da "Spartak" jamoalari bilan maydonga tushishdi. 2002 va 2001 yillarda tavallud topgan futbolchilarimiz raqiblarini 4:0 hisobida dog'da qoldiridi. 1999 yil jamoasi esa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 2000 va 2003 yilgi jamoalar bellashuvi boshqa muddatga qoldirildi.
Klubimizga qarashli BO'SM-16 esa ROZK mehmoni bo'ldi. 2003 yil tarbiyalanuvchilari 1:0, 2002 yildagilar 5:1 hisobida zafar quchishdi. 1999, 2000 va 2001 yilgi jamoalar bahsi qoldirildi.
BO'SM-16 2-turda 22 avgust kuni "Spartak" maydoniga safar qiladi. "Paxtakor" esa 2-turda dam olib, 3-turda 26 avgust kuni "Bunyodkor-A" bilan mehmonda o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar