So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  7 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  3 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  33 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  5 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Bolalar futbolida ham Superkubok tashkil qilinishi mumkin Yangiliklar

Bolalar futbolida ham Superkubok tashkil qilinishi mumkin

Sentyabr-noyabr oylari oralig'i 2008 yildan 2003 yilgacha bo'lgan yosh toifalar o'rtasida turli musobaqalarga boy bo'ldi.

Mamur Saidqosimov boshchiligidagi O'FAning bolalar futboli musobaqalar o'tkazish departamenti bu borada juda ko'plab musobaqalarni muvaffaqiyatli o'tkazdi. SHu kungacha Sport maktablari o'rtasida O'zbekiston chempionati, viloyat terma jamoalari o'rtasida O'zbekiston Kubogi va oliy mahorat maktablari o'rtasida O'zbekiston chempionati o'yinlari o'z g'oliblarini aniqladi. Endi noyabr oyining so'nggi 10 kunligida O'zbekiston Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Toshkent shahar futbol associaciyasi va Surxondaryo 2008 terma jamoasi murabbiyi Orif Anorovning taklifi bilan, ikki musobaqa g'oliblari o'rtasida O'zbekiston Superkubogi musobaqasini o'tkazish taklifi ilgari surildi. Bu taklifga Mamur Saidqosimov Sport maktablari g'oliblari hamda yaqinda bo'lib o'tadigan akademiyalar o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi sohiblari o'rtasida ham Superkubok o'tkazish mumkinligini aytib o'tdi.

Ayni paytdagi Superkubok o'yinlari quyidagicha ko'rinish olgan:

2003. Toshkent - Andijon

2004. Farg'ona - Farg'ona 

2005. Toshkent - Andijon

2006. Toshkent - Xorazm

2007. Toshkent - Namangan

2008. Toshkent - Surxondaryo

Agar mazkur loyiha O'FA tomonidan o'z tasdig'ini topsa, ilk marotaba tashkil qilinadigan bu o'yin 8 dekabr, konstituciyamizning 28 yilligiga bag'ishlab o'tkaziladi.


P.S: Birinchi turgan terma jamoalar O'zbekiston Kubogi sohiblari, ikkinchi turgan jamoalar oliy mahorat maktablari o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionati g'oliblari.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика