Bolalar futbolida ham Superkubok tashkil qilinishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 noya 2020, 16:50
Sentyabr-noyabr oylari oralig'i 2008 yildan 2003 yilgacha bo'lgan yosh toifalar o'rtasida turli musobaqalarga boy bo'ldi.

Mamur Saidqosimov boshchiligidagi O'FAning bolalar futboli musobaqalar o'tkazish departamenti bu borada juda ko'plab musobaqalarni muvaffaqiyatli o'tkazdi. Shu kungacha Sport maktablari o'rtasida O'zbekiston chempionati, viloyat terma jamoalari o'rtasida O'zbekiston Kubogi va oliy mahorat maktablari o'rtasida O'zbekiston chempionati o'yinlari o'z g'oliblarini aniqladi. Endi noyabr oyining so'nggi 10 kunligida O'zbekiston Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi va Surxondaryo 2008 terma jamoasi murabbiyi Orif Anorovning taklifi bilan, ikki musobaqa g'oliblari o'rtasida O'zbekiston Superkubogi musobaqasini o'tkazish taklifi ilgari surildi. Bu taklifga Mamur Saidqosimov Sport maktablari g'oliblari hamda yaqinda bo'lib o'tadigan akademiyalar o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi sohiblari o'rtasida ham Superkubok o'tkazish mumkinligini aytib o'tdi.

Ayni paytdagi Superkubok o'yinlari quyidagicha ko'rinish olgan:

2003. Toshkent - Andijon

2004. Farg'ona - Farg'ona 

2005. Toshkent - Andijon

2006. Toshkent - Xorazm

2007. Toshkent - Namangan

2008. Toshkent - Surxondaryo

Agar mazkur loyiha O'FA tomonidan o'z tasdig'ini topsa, ilk marotaba tashkil qilinadigan bu o'yin 8 dekabr, konstituciyamizning 28 yilligiga bag'ishlab o'tkaziladi.


P.S: Birinchi turgan terma jamoalar O'zbekiston Kubogi sohiblari, ikkinchi turgan jamoalar oliy mahorat maktablari o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionati g'oliblari.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia