Bokschi Aleksandr Usik: "Mudrik Ukrainaga 4-"Oltin to'p"ni olib kela oladi"
11 mar 2023 09:34
Yangiliklar


Bokschi Aleksandr Usik: "Mudrik Ukrainaga 4-"Oltin to'p"ni olib kela oladi"
Boks bo'yicha ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usikning fikricha, "CHelsi" futbolchisi Mixail Mudrik "Oltin to'p"ni qo'lga kirita oladi.
- Mudrik uchun 100 million - bu kammi yoki ko'pmi? Bunday narx sizni hayratga solmadimi?
- Yo'q, bundan ajablanganim yo'q. Barcha narsa ko'tarildi: narxlar, pullar... Ular oldingiga qaraganda ko'paydi. Menimcha u 100 milliondan ham ko'proq turadi.
Uni kuzataman. Ilk bor U 17 yoki U 19 vaqtida ko'rgandim. Uning soch turmagi, tatuirovkalari ko'zga tashlanadi. Uni kuzatgandim.
Mudrik menga yoqadi. Menimcha u Ukrainaga to'rtinchi "Oltin to'p"ni olib kelishi mumkin", - dedi superog'ir vazn toifasining uchta yo'nalishi chempioni Aleksandr Usik.
Malumot uchun bungacha Ukraina vakillaridan Oleg Bloxin, Igor Belanov va Andrey SHevchenko "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar