So’nggi yangiliklar

01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  21 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Boks. Rioda yongan chiroq Tokioda o'chdimi? Yangiliklar

Boks. Rioda yongan chiroq Tokioda o'chdimi?

Tokioda o'tkazilayotgan Olimpiya o'yinlari davom etyapti.

O'zbek boksi Rio Olimpiadasida furor ko'targach (3 ta oltin, 2 tadan kumush va 2 ta bronza), bo'lajak turnirlar favoritiga aylandi. Bu keyin jahon va qita chempionatlarida o'z tasdig'ini topdi. Tokioga yo'l olgan delegaciyamiz tarkibida ham asosiy umid charm qo'lqop ustalariga bog'landi. Biroq, terma jamoamiz ketma-ket yo'qotishlarga uchramoqda. Sanjar Tursunov (-91 kg) dastlabki urinishdayoq turnirni tark etgach, Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg), Dilshod Ro'zmetov (-81 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Xabaringiz bor, Tursunovning mag'lubiyatidan keyin uning Olimpiada yo'llanmasiga munosib yoki yo'qligi borasida mulohaza yuritgandik. Oxirgi yillarda yorqin g'alabalarga o'rganib qolgan muxlislar Olimpiya o'yinlaridagi omadsizliklardan so'ng Tokioga eng kuchli tarkib olib ketilganiga shubha bilan qaramoqda. Bugun shu mavzuda mulohaza yuritamiz.

Medal kutilgan Marzaxalilov

-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mirazizbek Mirzaxalilov kutilmagandan irlandiyalik Entoni Uolkerga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Sport jamoatchiligi mazkur jangda hakamlarning hamyurtimizga nisbatan nohaqlik qilganidan nolimoqda. Jumladan, terma jamoa ustozi Farruh Qilichev Olamsport.com muxbiri bilan suhbatda Miraziz barcha raundlarni o'z foydasiga hal qilganini aytdi.

Malumot uchun, Mirazizbek Mirzaxalilov jahon va O'zbekistonning amaldagi chempioni hisoblanadi. 

Mag'lubiyat kutilgan Fanat

-75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Fanat Qahramonov chorak final yo'lida qozog'istonlik Abilxan Amanqulga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Etiborlisi, sportga ixtisoslashgan nashrlar mazkur natijani oldindan kutgan ekan. Bu nima bilan bog'liq?

CHunki Fanat mazkur vaznda yurtimizning eng kuchli sportchisi hisoblanmaydi. Diqqat qiling, u 2020 yilning noyabr oyida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatining yarim finalida Saidjamshid Jafarovga engilgan edi. Bir yil avval esa mazkur vazn finalida Qahramonovni enggan buxorolik Odiljon Aslonov chempion bo'lgandi. Xo'sh, unda nega Fanat Tokioga olib ketildi?

Hammasi oddiy. Murabbiylar shtabi aslida Qahramonovni emas, tajribali Isroil Madrimovni Olimpiadaga olib bormoqchi edi. Isroil buning uchun Parij mezbonligidagi boks bo'yicha jahon licenzion turnirida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Biroq, pandemiya tufayli Farangiston poytaxtidagi musobaqa bekor qilindi. Turnir tashkilotchilari mazkur vazn bo'yicha licenziya egalari so'nggi 4 yil (2017-2021) davomida to'plangan reyting ochkolari orqali aniqlanishini malum qildi. Bilasiz, Isroil Madrimov prof ringdagi faoliyati tufayli havaskor boksda aytarli reytingga ega emas. SHu tufayli yo'llanma o'z-o'zidan Fanat Qahramonovga nasib qildi.

Hakamlarning navbatdagi qurboni

Dilshod Ro'zmetovni asli kubalik, ammo Ozarboyjon nomidan ishtirok etayotgan Dominges Alfonso musobaqadan chiqarib yubordi. Mutaxassislar mazkur jang taqdirini ham hakamlarning nohaq qarori hal qilganini takidlayapti. 

Malumot uchun, Ro'zmetov ushbu vaznda mamlakatimizning amaldagi chempioni hisoblanadi. Asosan chap qo'lda jang qiladigan  bokschining Olimpiadaga yo'llanma olish tarixi esa Fanat Qahramonovnikiga o'xshash: licenzion turnir emas, reyting orqali.

Delegaciyamizning bo'lmay qolgan bayroqdori

-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bobousmon Baturov chorak finalda britaniyalik kuchli raqib Pet Makkormakka engildi.

Jizzaxlik charm qo'lqop ustasi o'z vaznida mamlakatning amaldagi chempioni hisoblanadi. Biroq, uning Olimpiadaga borishini istamagan ishqibozlar talaygina edi. Ular ushbu vaznning haqiqiy sohibi sifatida buxorolik SHahram G'iyosovni bilishadi. Rivoyat qilishlaricha, Iordaniyaning Amman shahrida o'tkazilgan Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqa oldidan terma jamoa murabbiylari Baturov va G'iyosov o'rtasida sparring jangini tashkil qilishgan. Natija bo'yicha murabbiylar va G'iyosovning fikri turlicha bo'lgan. SHu tufayli buxorolik sportchi Tokioga o'zi borishni istagandi.

P.s. Boksdagi natijalarimizga pandemiya ham jiddiy tacir qildi. Agar Olimpiada o'z vaqtida o'tkazilganda terma jamoamiz safida kamida Isroil Madrimov bo'lar edi.

Muallif :
Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика