So’nggi yangiliklar

16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  0 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1

"Bo'kalik" - Toshkent viloyati Kubogi sohibi Yangiliklar

"Bo'kalik" - Toshkent viloyati Kubogi sohibi

Kecha Bo'ka tumanidagi “Markaziy” o'yingoh mahalliy muxlislar bilan gavjum bo'ldi. Unda joriy yilgi Toshkent viloyati Kubogi g'olibi aniqlandi.

So'nggi kunlarda mamlakatimizda hukmronlik qilayotgan noqulay iqlim ham futbolchilarning harakatlariga salbiy tasir ko'rsata olmadi. Bo'kalik ishqibozlarning tinimsiz qo'llab-quvvatlashi maydon egalariga qo'l keldi. Natijada, bo'kalik futbolchilar yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalangan holda mehmonlar darvozasini uch bor ishg'ol qilishga muvofiq bo'lishdi. SHu o'rinda, “Akademiya” jamoasining yosh azolari kuchli raqibga har tomonlama munosib qarshilik ko'rsatishdi. Ochig'ini aytish lozim, yakunlovchi zarbalarni yo'llashda ularga aniqlik etishmadi. Bazi vaziyatlarda esa “Bo'kalik” posboni Naufal Umirzoqov bor mahoratini ishga solib, bir necha bor jamoadosh do'stlarini muqarrar gollardan saqlab qoldi va bahsning haqiqiy “qahramoni”ga aylandi. Naufal “uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi”, deb topilgani ham bejizga emas.
Uchrashuv yakuniga etgach, g'oliblarni taqdirlash marosimi uyushtirildi. Unda taniqli futbol sharhlovchisi Axbor Imomxo'jaev so'zga chiqib, g'olib jamoani tabrikladi va “Bo'kalik” darvozaboni Naufal Umirzoqovga o'zining “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” kitobini sovg'a qildi. Uzoq yillar davomida Toshkent viloyati futboliga boshchilik qilgan sobiq paxtakorchi SHamil Yafarov “Bo'kalik” jamoasini viloyat futbol associaciyasi Kubogi taqdirladi. O'z o'rnida associaciya tomonidan tasis etilgan diplomlar va medallar o'z egalariga topshirildi. Bo'ka tumani hokimligi esa holib jamoaga rangli televizorni tuhfa qildi, Uchrashuvni yuqori saviyada boshqargan Davletbay Djalimov boshchiligidagi hakamlar guruhiga alohida minnatdorlik bildirildi. SHuni alohida qayd etish lozimki, ortda qolayotgan mavsum ,,Bo'kalik'' uchun ataldi, desak aslo mubolag'a bo'lmas. Jamoa azolari ,,oltin dubl'' qayd qilishga juda yaqin turishibdi. Ayni paytda ular 71 ochko jamg'argan holda viloyat chempionatida yakka peshqadamlik qilishmoqda...

Toshkent viloyati Kubogi finali.
“BO'KALIK” – VILOYAT KUBOGI SOHIBI
2019 yil, 21 noyabr. Bo'ka tumani. “Markaziy” o'yingohi
“Bo'kalik” (Bo'ka tumani) – “Akademiya” (Yangiyo'l tumani) – 3:1 (2:1)
Hakamlar
: Davletbay Djalimov, Ravshan Mavlyanov, Azamat Bobomurodov
Zaxira hakami: Artyom Snetkov
Nazoratchi: Ravshan Musulmonov
“Bo'kalik”: Naufal Umirzoqov, Umid Rahmatullaev, Anvar Alisherov, SHerzod To'raxonov, Faxriddin Murodov, SHohjahon Ergashev, Bunyod Rahmonjonov, Saidislom Sotboldiev, Sunnat Nasriddinov, Dadajon Xusanov, Asilxo'ja Rahmonov
Zaxira: Xikmat G'apporov, Salohiddin Saidahrolov, Salmon Safarov, Mirzaali Ibodullaev, Oybek Erkinov, Asadbek Toshpo'latov
“Akademiya”: SHahboz Siddiqov, Biloliddin Suyunboev, Sayfiddin Turdiboev, Jo'shqin Suvondiqov, Doston Abduahadov, Saydullo Xayrulloev, Nodir Itolmasov, Davron Sulaymanov, SHodiyor Ahmadqulov, Yorqin Suvonov, Dilmurod Oripov
Zaxira: Xusniddin Nasriddinov, Ilhom Mirzaev, Najot Orifjonov, Sunnat Abdumannopov, Olimjon Inomjonov, Umid O'ktamaliev, Sardor Sakoev
Gollar: Saidislom Sotvoldiev (4,25), Faxriddin Murodov (58) – Saydullo Xayrulloev (15).




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика