Boburjon Omonov: "Muxlislarni sog'indik"
28 iyu 2016 09:00
Yangiliklar
Boburjon Omonov: "Muxlislarni sog'indik"
- Bizni juda qiyin va muhim o'yin kutib turibdi. “Qo'qon-1912” jamoasiga turnir jadvalidagi o'rniga qarab baho berish to'g'ri emas. Odatda bitta o'yin taqdirini hal qiluvchi kubok bahslarida kutilmagan natijalar qayd etilishi mumkin. Qolaversa, davralar oralig'ida bu jamoa ancha yaxshi ijrochilar bilan o'z safini to'ldirdi. Ana shu holatning o'zi ham o'yin shiddatkorligini taminlaydi.
Mehmondagi golli durang bizning foydamizga xizmat qilishi mumkin. Ammo biz nima bo'lganda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz. Muxlislarimiz qarshisida o'ynar ekanmiz bundan boshqasiga haqqimiz ham yo'q. Davralar oralig'idagi tanaffusda muxlislar bilan bir-birimizni ancha sog'inib qoldik. Diydorlashuvni esa g'alaba bilan nishonlash yoqimli bo'ladi, - deydi Boburjon Omonov.
"Buxoro" matbuot xizmati
Fikrlar