Bobur Yo'ldoshev: “Bu yil 3ta kubokni yutish vazifasi qo'yildi”
03 fev 2017 16:53
Yangiliklar
Bobur Yo'ldoshev: “Bu yil 3ta kubokni yutish vazifasi qo'yildi”
Bu erda ham qisqa muddatli yig'indan so'ng TurkiyaningAntaliya shahriga uchib ketishgandi. Hozir “temiryo'lchilar” OCHL gurih bosqichiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqida jamoa futbolchisi Bobur Yo'ldoshev fikr bildirdi.
“Ayni damda tayyorgarlik alo darajada o'tmoqda. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapmiz, ko'proq jismoniy holatimizga va taktikaga etibor qaratyapmiz.
Antaliyadagi yig'inimizda biz uchun barcha shart-sharoitlar, stadion, trenejer zali barchasi yaratib berilgan. Barcha murabbiylarning o'zini taktikasi bor, murabbiyimiz tanlagan taktikada biz ham tinmay ishlayapmiz.
OCHLda guruh bosqichidagi raqibimizni yaxshilab o'rganib chiqyapmiz. Bu yil oldimizga 3 frontda g'olib bo'lish vazifasi qo'yilgan. O'zbekiston kubogi, O'zbekiston chempionati va OCHL shular jumlasidandir. Bularni qo'lga kiritish oson bo'lmasligini barchamiz yaxshi tushunib turibmiz. Jamoadoshlarim bilan bu yil chempionlikni saqlab qolish va OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etishga harakat qilamiz”, - deydi Bobur Yo'ldoshev.
Fikrlar