So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Bobosi tomonidan ismi o'zgartirilgan, voleybol terma jamoasiga chaqirilgan hamda o'zbekistonlik mutaxassis kashf etgan Sardor Azmun bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

Bobosi tomonidan ismi o'zgartirilgan, voleybol terma jamoasiga chaqirilgan hamda o'zbekistonlik mutaxassis kashf etgan Sardor Azmun bilan yaqindan tanishamiz

Bir necha kundan so'ng hujumchi O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

Kelib chiqishi turkman millatiga borib taqaladigan Sardor Azmun 1995 yilning 1 yanvarida Eronning Guliston viloyati Qobus shahrida tavallud topgan. Uning otasi bir paytlar voleybol terma jamoasi azosi hisoblangan. 

Otasi ortidan ergashgan Sardor dastlab voleybol o'ynashni boshlagan, hattoki 15 yoshgacha bo'lgan o'smirlarni jamlagan mamlakat terma jamoaga chaqirilgan. Futbol bilan esa 9 yoshidan boshlab "Eagle Team Academy"da Mahmud Sidi qo'l ostida saboq ola boshlagan. Keyinchalik "SHamushek Gorgan" va "Etkay Guliston" tarkibida yoshlar ligasida qatnashdi.

9 yoshimga qadar havaskorlar darajasida o'ynardim. Bir kuni Turkmanistonga qarindoshlarimnikiga bordim. U erda mahalliy bolakaylar bilan ko'cha changitib, to'p tepdik, ammo o'shanda menda qandaydir istedod borligi malum bo'ldi. SHundan so'ng futbol bilan jiddiyroq shug'ullana boshladim. Hatto yosh toifam bo'yicha Eron terma jamoasiga chaqirilishim ham mumkin edi. Biroq ayrim kimsalar meni ro'yxatdan "o'chirishdi". Keyin voleybolga o'tdim. 12-13 yoshimda futbol yoki voleybol o'rtasida tanlov qilishim kerak edi, bu qiyin tanlov edi. Lekin oilam futbol o'ynashimni xohladi. Biz ushbu sport turini juda qaydrlaymiz. Birinchi murabbiyim Mahmud Sidiga hurmatim cheksiz. Qachonki, o'z uyimga borsam, oilamdan keyin u kishini ko'rgani boraman.

Qizig'i shundaki, Sardor dunyoga kelganida, uning ota-onasi go'dakka Pejman ismini qo'yishmoqchi bo'lgan. Ammo bobosi bunga to'sqinlik qilgan va etakchi va mag'rur manolarini anglatgan Sardor ismini tanlagan.

Azmun 15 yoshida "Sepahon" yoshlar jamoasi tarkibiga qo'shildi. Yigitchaga mavsumoldi yig'inlarda imkoniyat berilgan bo'lsa-da, asosiy tarkibga rasmiy o'yinlarda maydonga tushish baxti nasib etmadi.

2012/13 yilgi mavsum u Eron yoshlar terma jamoasidagi ajabtovur o'yinlari orqali Evropaning bir qator klublarining qiziqishiga sabab bo'lgan va mavsus so'ngida Eronning eng yosh legioneriga aylanib, 17 yoshida Qozonning "Rubin" klubiga o'tgan. Unga Tataristonga ko'chib o'tishida jamoaning o'sha vaqtdagi murabbiyi Qurbon Berdievning turkman millatiga mansub bo'lgani muhim rol o'ynagan. Berdievning aytishicha, yosh yigitchaning iqtidorini klubda faoliyat olib borgan o'zbekistonlik mutaxassis Andrey Fyodorov payqab qolgan.

Menga Tehronning ikki klubidan ham taklif bo'lgandi. "Rubin"ga borishimga sabab, Rossiyadagi turnirda klub vakillarini o'yinimni kuzatishgan. Boz ustiga, Sankt-Peterburgdagi turnir to'purari bo'ldim. Osiyo o'yinlaridan so'ng ularning taklifini qabul qildim.

Azmun Qozondagi ilk mavsumida klubi o'rinbosarlari safida 8 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta sariq kartochka ishlab oldi. Asosiy jamoadagi debyutini 2013 yilning 25 iyulida Evropa ligasida o'yinida o'tkazdi. Dastlabki golini esa 6 oktyabr kuni "Anji" darvozasiga urdi.

2014 yilning 27 mart kuni Angliyaning "Arsenal" klubi 19 yoshli futbolchi uchun "Rubin"ga 2 mln funt-sterling taklif qilgan, biroq transfer mamlakat futboliga oid bazi qoidalar tufayli amalga oshmagan.

"Rubin" bilan Ispaniyadagi turnirda ishtirok etdim. O'yinlarning biridan so'ng bir necha kishi yonimga kelib, "Arsenal" skautlari ekanliklarini aytishdi. Ularning taklifi klubimga etib bormasdanoq londonliklar bosh murabbiyi Arsen Vengerning ustozimiz Qurbon Berdievdan men haqimdagi sifatlarni so'raganini eshitdim. Transfer borasida qarshilik yo'q edi, biroq taklifdan oldingi yil terma jamoaning 70% o'yinlarida maydonga tushmaganim uchun "Arsenal"ga bora olmadim. Angliyada shu maqsadda tuzilgan organ mavjud, klublar esa terma jamoadagi ko'rsatkichi past bo'lgan futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishi uchun Angliya futbol associaciyasini ishontira olishi kerak. Men esa termaning faqat bitta yig'inida qatnashganman va milliy terma jamoada o'ynamaganman. SHu bois, associaciya taklifni rad etdi.

2015 yil 26 fevralida Azmun mavsum oxiriga qadar "Rostov" safiga ijara asosida qo'shildi. 16 mart kuni "Kuban"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Keyinchalik u jamoa bilan shartnoma muddatini uzaytirdi. Ishonchli o'yinlardan so'ng Sardor Angliyaning "Stok Siti" va "Everton" klublari nazariga tushdi. 

"Rostov" 2016/17 yilgi mavsum CHempionlar ligasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Azmun esa "Anderlext", "Ayaks" va "Bavariya" darvozasiga yo'l topishni uddaladi. ECHLdagi muvaffaqiyatli o'yinlardan so'ng uning sovchilari ham oshib bordi. Biroq 2017 yilning iyunida Azmun "Rubin"ga qaytdi.


2019 yilning 1 fevralida hujumchi "Zenit" bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi. Klub safida Evropa ligasi doirasida "Fenerbahche"ga qarshi bahsdagi debyutida golli uzatma amalga oshirdi. Kelgusi mavsum ECHLda "Benfika" darvozasini ishg'ol qilib, UEFA CHempionlar ligasida eng ko'p gol urgan eronlik futbolchiga aylandi.

2022 yil forvard Bundesligaga yo'l oldi va "Bayer" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. 2023 yilning 26 avgustida esa "Roma" Azmunni kelgusida sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi. Sardor "bo'rilar" safidagi ilk golini noyabrda "Lechche"ga qarshi o'yinda urdi. Biroq u Eldor SHomurodov singari asosiy tarkibdan joy ola bilmadi.

Terma jamoa

Azmun Eronning turli yosh toifalarida harakat qilgan. 2013 yil milliy terma jamoaga ham chaqirila boshlaydi, biroq 2014 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatidan tushib qoldiriladi. Hujumchi milliy terma jamoa safidagi debyutini 2014 yil CHernogoriyaga qarshi bahsda o'tkazgan. SHundan so'ng u Karlos Keyrush tomonidan Osiyo kubogi va jahon chempionati bahslariga muntazam chaqirilib, ketma-ket gollar ura boshladi. Biroq 2018 yilgi jahon chempionatidan so'ng tanqidlar ostida qolgan forvard terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Oktyabr oyida esa termaga qaytdi va 2019 yilgi Osiyo kubogida ishtirok etdi. 

Eldor SHomurodov va Sardor Azmun ???????? (VIDEO)

SHaxsiy hayot

Azmunni "eronlik Messi" deb atashadi. Uning o'zi Zlatan Ibragimovichning o'yinlarini yoqtirishini aytdi. Klublardan esa "Real Madrid" libosini kiyishni orzu qiladi. Sardor sportdan tashqari chavandozlik bilan shug'ullanadi va otlar ishqibozi hisoblanadi. U o'zi tug'ilgan shahrida ot majmuasi barpo etgan. 2022 yil fevral oyida bergan intervyusida Azmun 52ta otga ega ekanligini aytgandi. Futbolchi, shuningdek, u Erondagi "Serik Gonbad Kavus" ayollar voleybol klubining egasi sanaladi.

Qutqaruv operaciyasi ishtirokchisi 

2019 yil Eron shimolida kuchli suv toshqinlari sodir bo'ldi. Oqibatda Azmun tug'ilgan Guliston viloyati eng jabr ko'rgan hududlardan biri bo'ldi. U erda 10 mingga yaqin bino vayron bo'ldi. Futbolchi xalqiga yordam berish uchun qutqaruv operaciyasida bevosita ishtirok etdi. 

Men u erga o'zimni reklama qilgani emas, balki yordam berish vazifam bo'lgani uchun bordim. Eronda meni yaxshi ko'rishadi. Demak, men yordam berish bobida ham o'rnak bo'lishim kerak. U erda nima ishlar qilganimni va qancha odamni qutqarganimizni barmoq bilan sanab bermoqchi emasman. Men berilgan yordam puli haqida ham gapirmayman. Bu burchim hisoblanadi. Bazida odamlarga pul bilan bog'liq bo'lmagan ko'mak puldan ko'ra ko'proq foyda keltiradi.

O'zbekistonga qarshi o'yin haqida

"Gongkongga qarshi g'alaba ishtiyoqida maydonga tushgandik. Ushbu bahsda xet-trik qilish imkoniyatim bor edi, biroq jamoam manfaatlarini shaxsiy manfaatimdan ustun qo'yaman. O'zbekistonga qarshi qiyin o'yin bo'lib o'tadi. Biroq terma jamoamiz bo'lajak to'qnashuvga tayyor" — dedi 28 yoshli forvard.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика