So’nggi yangiliklar

16:22Ибрагимович Рэшфордни "Милан"га ўтишга кўндирди  0 15:55АПЛнинг икки топ-клуби Жуд Беллингемнинг укасига қизиқмоқда  0 15:30"Ростов" қишки йиғин учун таркибини "Кальмар ўйини" сериали услубида эълон қилди  4 15:03Расман: "Бунёдкор" грузиялик футболчилар трансферини эълон қилди  3 14:42Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га ўтиши ўзбек футболи учун ҳам фойда келтиради  33 14:20Чемпионлар Лигасининг 3 карра ғолиби "Коло-Коло"га ўтишга яқин  0 13:57Ҳусановни олаётган "Манчестер Сити" ёзда 3 нафар асосий футболчиси билан хайрлашмоқчи, улар орасида марказий ҳимоячи ҳам бор  11 13:44Аёллар футзали. Осиё кубоги саралашидан олдинги матбуот анжумани (тўлиқ)  0 13:24"Рома" ва "Милан" собиқ футболчиси Фабио Кудичини вафот этди  4 13:02Пеп Гвардиола Абдуқодир Ҳусанов трансферига розилик берди!  24 12:35Расман: "Жайхун" – Про лига иштирокчиси  0 12:22"Бавария" Мюллер билан шартномани узайтириш учун шарт қўйди  1 11:58"Арсенал" футболчисини яна ижарага берди  0 11:35"Ливерпуль" собиқ дарвозабони "Шальке"га ўтиши мумкин  2 11:13Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Сурия ва Қатарга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум  8

Bobir Akbarov: “Navbahor”da menga ishonishmoqda va ularning ishonchini oqlayman” Yangiliklar

Bobir Akbarov: “Navbahor”da menga ishonishmoqda va ularning ishonchini oqlayman”

"Navbahor” davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. Yaqinda jamoaga “Bunyodkor”dan Bobir Akbarov qo'shildi.
Baxtiyor Ashurmatov uni juda yaxshi biladi. Negaki, o'tgan yili “Guliston”da birga faoliyat olib borishgandi. Joriy mavsum boshida esa Bobirni “Bunyodkor” o'z safiga qo'shib olgandi. Markaziy himoyachiga xos bo'lgan barcha xususiyatlar ushbu futbolchidan mujassam. SHu sababli ham “qaldirg'ochlar”ning sobiq murabbiyi Mirjalol Qosimov unga ishonch bildirgan. Lekin, jarohatlar himoyachiga o'zini ko'rsatish imkonini bermadi. Natijada ko'p vaqtini zaxirada o'tkazishga majbur bo'ldi. Birinchi davradan keyin esa Ashurmatov sobiq shogirdi bilan hamkorlikni yana davom ettiradigan bo'ldi. Aytish mumkinki, Bobir Akbarovning qo'shilishi “Navbahor”ning mudofaa chizig'ini bir muncha kuchaytiradi.

- “Navbahor”ga moslashish qanday kechmoqda?
- O'tgan yili Baxtiyor Ashurmatov bilan birga ishlaganman. SHu sababli bir-birimizni yaxshi bilamiz. “Bunyodkor”da zaxirada o'tirgandan ko'ra, boshqa jamoada o'ynaganim yaxshiroq. SHuning uchun Ashurmatov qo'li ostida to'p surishga qaror qildim. Bu erda xuddi oldingi tanishlardek iliq kutib olishdi. Jamoada ilgari birga to'p surgan do'stlarim ham bor va ko'pchilik bilan yaxshi tanishman. SHu sababli yangi klubga moslashishimda qiyinchiliklarni ko'rmayapman.

- Demak, jamoada o'zingizni yaxshi his qilyapsiz-a?
- Albatta, hammasi joyida. Mashg'ulot va o'yinlarda ham bir-birimizni yaxshi tushunib o'ynayapmiz.

- “Bunyodkor”da zaxirada qolib ketishingizni nima bilan bog'lagan bo'lardingiz?
- “Bunyodkor”da ko'proq zaxirada qolganimning sababi shuki, chempionat boshida jarohat oldim. Ushbu jarohatdan qutulish bir muncha qiyin kechdi. Keyin davolandim, umid qilamanki, ikkinchi davraga tayyor holatda bo'laman.

- “Bunyodkor” bilan mavsum boshidagi debyutingiz yomon chiqmagandi. CHempionlar ligasida ham to'p surgandingiz...
- Ha, to'g'ri. Jarohatim borligiga qaramay o'zimni ko'rsatish uchun astoydil harakat qildim. Ammo, jarohatim jiddiy bo'lib chiqdi. Bu esa etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmasligimga olib keldi.

- Umuman olganda, “Bunyodkor”dagi yarim mavsum Siz uchun qanday o'tdi? Yani birinchi davra nimasi bilan yodda qolarli bo'ldi?
- Bu jamoa bilan Osiyo CHempionlar ligasida o'ynashga muvaffaq bo'ldim. Tarkibdagi ko'plab o'yinchilar terma jamoada ham to'p surishadi. Ularning qanday tayyorgarlikka ega bo'lishlarini ko'rdim va o'zim uchun iliq taassurotlar oldim. Afsuski, jarohat tufayli zaxirada o'tirib qoldim.

- Jarohatni qachon va qaerda orttirib olgandingiz?
- Dastlab Turkiyaning Antaliya shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'ini paytida boshlandi. SHundan keyin ijobiy tomonga o'zgarish sezilgandi. Biroq, chempionatdagi ayrim o'yinlardan keyin jarohat yana bezovta qila boshladi. Tekshiruvlar natijasida vaziyatni jiddiy ekanligi oydinlashdi.

- Hozir-chi? Jarohatingiz bilan bog'liq muammo yo'qmi?
- Birinchi davradan so'ng yana shifokorlarga ko'rsatdim. Ko'z tegmasin hozir ancha yaxshi. Ikkinchi davrani jarohatimdan forig' bo'lgan holda boshlashga umid qilib turibman.

- “Bunyodkor”da to'p surish har bir o'zbekistonlik futbolchining orzusidir. Siz esa yarim yil ushbu jamoa safida bo'lib uning hayoti bilan yaqindan tanishdingiz va azosi sifatida yashadingiz. Aytingchi, qanday taassurotlar qoldi?
- O'zingiz aytib o'tganingizdek, ko'pchilik “Bunyodkor”da o'ynashga havas qiladi. Bu borada omad menga kulib boqdi va yarim bo'lsa-da, “qaldirg'ochlar” safida o'ynadim. Jamoadan butunlay ketganim yo'q. “Navbahor” safiga ijara asosida qo'shildim. Bor kuchimni ishga solib namanganliklarning g'alabalariga hissamni qo'shmoqchiman. Nasib qilsa, keyingi yili yana “Bunyodkor”ga qaytaman. Vaqti kelib, albatta ushbu jamoada o'z o'rnimni egallayman deb umid qilaman. Har holda “Bunyodkor”ga har kimni ham taklif qilaverishmaydi.

- “Bunyodkor” libosida maydonga tushgach o'zingizga bo'lgan ishonch va tajribangizni ham bir muncha oshganligi sezilib turibdi.
- To'g'ri. Bu jamoaga o'rtamiyona futbolchilar taklif qilinmaydi. “Bunyodkor”ga o'tganimdan keyin o'zimga bo'lgan ishonch ortdi va o'z ustimda yanada ko'proq ishlashni boshladim. Bundan keyin ham mehnat qilishda davom etaman. Milliy terma jamoa safida o'ynashga ham harakat qilaman.

- “Navbahor”da yangi hayotingiz boshlanish arafasida. SHunday ekan, oldingizga qanday vazifalar qo'ymoqdasiz?
- “Navbahor”da shunchalik ishonch bildirishayotgani uchun rahmat aytaman. Mavsum oxiriga qadar qo'limdan kelganicha o'zimni ko'rsatib ishonchni oqlash uchun bor mahoratimni ishga solaman. “Navbahor” oldiga qo'yilgan vazifani sharaf bilan bajarish uchun astoydil kurashamiz.

- Faoliyatingizda Ashurmatov qanchalik ahamiyatga ega?
- Oldin o'ynagan jamoalarimda hech qaysi murabbiy bunchalik o'zimni ko'rsatishim uchun imkoniyat yaratib bermagan. Negadir kam ishonishardi. Katta futbolga kirib kelishimda Baxtiyor aka Ashurmatovning hissasi juda katta. Buning uchun u kishidan minnatdorman.

- Darhaqiqat avvallari “Andijon” va “Nasaf”da ham bo'lgansiz. Ammo, asosiy tarkibga kira olmagansiz. Sizga yana nima to'sqinlik qilardi?
- Balki yosh bo'lganim uchun bo'lsa kerak, unchalik ishonishmagan. Balki o'zimni ko'rsata olmagandirman. Har qanday murabbiyning o'ziga xos jihatlari bo'ladi. Yoki ularning o'yin uslubiga mos tushmagandirman. O'tgan yili “Guliston”da Ashurmatov har bir o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Murabbiyning ishonchini oqlaganman deb umid qilaman.

- “Navbahor” tarkibi Siz kabi yangi o'yinchilar orqali yanada kuchaytirilyapti. Mahalliy muxlislar esa nihoyatda talabchan. Bunday vaziyatda o'zingizni qanday his qilyapsiz?
- Jamoamiz chindan ham kuchayib bormoqda. “Lokomotiv”dan Dilshod Jabborovni kelgani ham yaxshi bo'ldi. Ukrainalik legionerlar ham ko'rikdan o'tishmoqda. Ikkinchi davrada muxlislarda iliq taassurot qoldirishga harakat qilamiz. Har birimiz qo'limizdan kelganicha ishonchni oqlash uchun kurashamiz.

- “Navbahor”da eng yaqin do'stingiz kim?
- Jamoada hamma bilan yaqin do'stman desam bo'ladi. Yuqorida aytganimdek, deyarli barchani taniyman. Biror-bir o'yinchini alohida ko'rsatishim noo'rin bo'lsa kerak. Muhimi, barchamiz aka-ukadek munosabatdamiz.

- Bosh murabbiyning qaysi fazilatlarini alohida aytgan bo'lardingiz?
- Baxtiyor Ashurmatovni futbolchilik paytidan beri yaxshi bilaman. O'z oldiga maqsad qo'ysa unga etishmaguncha qo'ymasdi. Murabbiylik sohasida ham maqsad sari oxirigacha kurashadi va bizga bu borada yordam beradi deb o'ylayman.

- “Navbahor”ning asosiy tarkibidan joy olishingizga qanchalik ishonasiz?
- Qo'limdan kelganicha harakat qilaman. O'ylaymanki, bu borada jamoadoshlarim menga yordam berishadi.

Malumot uchun
Bobir Akbarov
Tug'ilgan sanasi: 14.02.1989.
Tug'ilgan joyi: Andijon viloyati.
Ampluasi: Himoyachi.
Bo'yi: 186 sm.
Vazni: 84 kg.
O'ynagan jamoalari:
Andijon (Andijon) – 2008-2010 yillar.
Nasaf (Qarshi) – 2011 yil.
Guliston (Guliston) – 2012-2013 yillar.
Bunyodkor (Toshkent) – 2014 yil (1-davra).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика