Bobir Abdixoliqov: "To'g'risini aytsam, hozir juda ham qiynalyapman"
10 iyu 2019 12:32
Yangiliklar


Bobir Abdixoliqov: "To'g'risini aytsam, hozir juda ham qiynalyapman"
O'zbekiston OTJ - Misr OTJ (2:0) uchrashuvidan keyin Bobir Abdixoliqov o'z fikrlarini bildirdi.
- Bugungi raqib haqida qanday fikrdasiz?
- Misr terma jamoasi menda juda iliq taassurot qoldirdi. Haqiqatdan ham kuchli ekan. To'p bilan ham muomala qilishda ajoyib harakat qilishdi. SHunday raqiblarga qarshi ko'proq o'ynashimiz kerak. Bugun jamoaviy o'yin evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman.
- Bugungi urgan golingiz haqida nima deysiz?
- Urgan golimga kelsak, bunda jamoadoshlarimning xissasi katta bo'ldi. To'p uzatilganda juda qulay vaziyatda edim.
- Jarohatdan keyin avvalgi sport formasiga qayta oldingizmi?
- To'g'risini aytsam, hozir juda ham qiynalyapman. Sababi jarohat tufayli ko'p muddat maydonga tusha olmadim. Asta-sekin sport formamni tiklab borayapman.
O’xshash yangiliklar
15:12
Muxlislar bilan to'lgan, "Navbahor" "Oq-tepa" ustidan minimal g'alabaga erishgan o'yindan GALEREYA 3

Fikrlar