So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистонлик ҳакамлар ишлаган ўйинда Япония Баҳрайнга ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 02:00Миллатлар лигаси. Нидерландия ва Германия жанговар дуранг қайд этишди, Англия эса ғалаба қозонди  0 00:55Рамосга Жанубий Америкадан таклиф келиб тушди  0 00:27Қирғиз Республикаси устози: "Биз қилган ўзгаришлар рақибга бир қанча ноқулайликлар туғдирди. Бугун уларни хайрон қолдира олдик"  7 00:05Рустам Ашурматов: "Ўзимизга ўзимиз ютқазмасак, бу гуруҳда ҳеч ким бизни мағлуб эта олмайди"  11 23:35Одилжон Ҳамробеков: "Бугун тактика ёки индивидуал маҳорат эвазига эмас, кучли иштиёқ сабабли ғалаба қозондик"  16 23:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон БААни қийинчилик билан мағлуб этди. Ўзбекистон иккинчи турдан кейин тўплар нисбатига кўра биринчи ўринда  49 22:47ЖЧ-2026 саралаши. Иордания Фаластинни, Жанубий Корея Ўмонни мағлубиятга учратди  5 22:39Сречко Катанец Қирғиз Республикасига қарши кечган қийин учрашувдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  31 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  37 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  517 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  60 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   4 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  9

Bobir Abdixoliqov "Rux"da yangi SHackix bo'ladimi? Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov "Rux"da yangi SHackix bo'ladimi?

Kuni kecha o'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqovning Ukraina premer-ligasi vakili bo'lgan "Rux" jamoasiga ko'chib o'tdi.

Vanihoyat, uzoq kutilgan transfer amalga oshdi. Bobirga Ukrainadan tashqari Sloveniya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Iroq, Qatar kabi chempionatlardan ham chorlovlar tushgandi. Osiyo klublari futbolchimizga katta mablag' taklif qilganiga qaramasdan, Bobir Evropa chempionatlarida to'p tepishni istadi va yakunda Ukraninaning "Rux" jamoasi variantida to'xtaldi. Xo'sh, bu uning uchun qay darajada foydali qaror bo'la oladi? Oldinda uni nimalar kutmoqda? "Rux" qanday jamoa? SHu va boshqa savollarga quyidagi maqola orqali javob berib o'tishga harakat qilaman. 

Barchangizga malumki, mazkur klubda o'z vaqtida hamyurtimiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining eng yaxshi to'purari Maksim SHackix to'p tepgan. Muxlislar shu orqali qisman bo'lsada bu jamoa haqida malumotga egalar, deya olamiz. Keling, dastlab, klub haqida batafsil to'xtalib o'tsak. Zero, futbolchining o'ziga o'tishdan avval uning jamoasi haqida fikr yuritsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

 2003 yilda Miron Markeevichning tashabbusi bilan "Rux" nomli futbol klubi tashkil qilindi. Klub o'z oldiga akademiyasiga tayangan holda yoshlar bilan muvaffaqiyatlarga erishishni maqsad qilgan. Jamoa Ukraina chempionatida bu yil debyutini o'tkazmoqda. 

Bosh jamoa bir necha mavsum davomida viloyat birinchiligida to'p tepgan. Keyingi yillarda jamoa ilk marotaba Ukraina chempionatining havaskorlar ligasida, kubok turnirida kuch sinashdi. Bunda lvovliklar uch yil ichida ikki marotaba kumush va bir marotaba oltin medallarga ega chiqishdi.  Unga qadar asosan mahalliy yoshlarga tayangan "Rux" 2015 yil o'z safiga ikki nafar yulduz futbolchilarni qo'shib oladi. Bular "Dinamo Kiev" jamoasining sobiq futbolchilari Aleksandr Aliev va Maksim SHackixdir.

Bugungi kunda jamoani ukrainalik Ivan Fedik boshqarmoqda. Ushbu murabbiy 2013-2014 yillarda "Krasnodar" jamoasida Oleg Kanonovga yaqindan ko'maklashgan, 2017 yil esa "Rostov" bosh jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagan. O'tgan mavsumdan etiboran esa "Rux"da bosh murabbiy lavozimida mehnat qilib kelmoqda. 

Klub o'z uy o'yinlarini Lvov shahridagi "Arena Lvov" stadionida o'tkazadi. Mazkur stadion 2012 yilgi Evropa chempionati o'yinlarini qabul qilgan. Mazkur arena "B" guruhidan o'rin olgan Germaniya - Portugaliya 1:0, Daniya - Portugaliya 2:3, Daniya - Germaniya 1:2 uchrashuvlariga mezbonlik qilgan. 

Ayni paytda 2021 yil 2 fevral holatiga ko'ra jamoada 4 nafar legioner bor. Bular sloveniyalik David Zec hamda Erik Gliga. Serbiyalik Milosh Stamenkovich, islandiyalik nomdor futbolchi Ragnar Sigurdsson. Islandiya futbolining yorqin vakili faoliyati davomida "Fulxem", "Kopengagen", "Rostov", "Rubin" kabi jamoalarda to'p tepgan. Demak, Bobir Abdixoliqov jamoaga beshinchi legioner sifatida tashrif buyurdi. Bevosita u harakat qiladigan hujum poziciyasida raqobat ancha kuchli ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bu chiziqda eng yoshi kattasi 1994 yilda tug'ilgan Svyatoslav Kozlovskiydir. Boshqa forvard Yuriy Klimchuk, u 2019 yilda jamoaga kelgan va shu vaqgacha 27 o'yinda 16 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. 

"Rux" hozirda  Ukraina premer-ligasining 2020/21 mavsumida 13ta o'yindan so'ng 10 ochko bilan 13-o'rinda ketmoqda. 

Klub ko'proq o'z tarbiyalanuvchilariga etibor qaratgan holda bosqichma-bosqich rivojlanishni maqsad qilgan. O'z akademiyasi va bazasini ham qurmoqda. Klub bazasi atrofida  11ta katta va 5ta kichik maydonlar qad rostlamroqda. "Krasnodar" rahbari Sergey Galickiy kabi Kozlovskiy ishni akademiya qurishdan boshladi va u Lvov chekkasidagi Vinniki o'rmonzorlariga poydevor o'rnatdi. 2018 yil boshlangan qurilish ishlari ayni paytda yakuniga etib ulgurdi. Qizig'i, millioner tomonidan mazkur inshoot qurilayotgan paytda "Rux" Ukraina birinchi ligasining ham o'rtamiyona jamoasi edi. Hech kim bu maskan haqida bilmadi. Faqatgina qurilish ishlari o'z poyoniga etishiga yaqin bu saroy ochiqlandi va butun Ukraina, kerak bo'lsa Rossiyaning top klublarining "hasadi"ni keltirdi.

Demak, o'rmonzor va katta ko'l oldida quyidagi qurilish ishlari amalga oshirildi:

- 8ta standart maydon. 3 tasi suniy, 5tasi yarim suniy.

- 5000 kishiga mo'ljallangan usti yopiq manej.

- 2500 kishiga mo'ljallangan sport o'yinlari uchun zal.

- Basseyn, sport tibbiyotini o'z ichiga olgan tiklanish kompleksi.

- 400 nafar futbolchiga mo'ljallangan yotoq.

- Akademiya bilan hamkorlik o'rnatmoqchi bo'lgan klublar uchun 300 nafarga mo'ljallangan qo'shimcha yotoq.

- Turnirlar o'tkazish uchun 200 nafar kishiga mo'ljallangan xostel va mehmonxona.

Tez orada "Rux" "City Football Group" kampaniyasi bilan hamkorlikni boshlaydi. Aytib o'tish joiz, ushbu kompaniyaga dunyodagi mashhur klublar azo hisoblanadi. "Manchester Siti", "Nyu-York Siti", "Melburn Siti" kabi jamoalar va hokazo. Qaysidir manoda bu o'zimizning "Nasaf"ga o'xshab ketadi. Bobir Abdixoliqovning agentlari shu jihatlarini ham o'ylashgani tahsinga loyiq. Bobirning  yangi jamoaga o'tishida o'sha er muhitiga moslashishi, qiynalmasligi, jamoaga tezda kirishib ketishi va boshqa omillar ham inobatga olingan. O'ylaymizki, "Rux" uning rivojlanishi uchun dastlabki qadam vazifasini bajaradi. 

Ukraina chempionatida o'z o'rnini topib keta oladimi? Barchangizda shunday savol tug'ilishi tabiiy. Birinchidan, u birdaniga katta va yulduzlarga to'la jamoaga borgani yo'q. Tarkib va jamoa o'rtamiyona. Yo'qolib qolmaydimi desak "Rux" "Dinamo Kiev", "SHaxtyor", yoki Rossiyaning "Zenit", CSKA klubi emas. Tarkibda ikki nafar 1986 va bitta 1988 yilda tug'ilgan futbolchi bor. Qolganlarning yoshi u qadar katta emas. Jamoaning umumiy yoshi 25,4.  Faqatgina dastlabki moslashish, jamoadoshlarini tushunish jarayonidan tezda o'tib olsa bo'lgani. O'ylaymanki, Abdixoliqov o'zini ko'rsatishi uchun ayni mos jamoa. "Rux" ko'rsatayotgan o'yinga ko'nikish hujumchimizga qiyinchilik tug'dirmasligini taxmin qilish mumkin. Boisi, jamoa "Nasaf" va "Krasnodar" singari hujumkor va kombinacion uslubda harakat qiladi. 

Saytimiz orqali xabar berganimizdek futbolchi yangi jamoasida Maksim SHackix o'ynagan 16-raqamni tanladi. Aslida u Qashqadaryo viloyatiga hurmat tariqasida 70-raqamni tanlayotgan edi. Ammo, band ekanligi bois boshqa raqamni oldi.

SHu o'rinda aytib o'tish joiz iqtidorli forvardning Ukraina Premer Ligasiga yo'l olishida Maksim SHackix va championat.asia sayti rahbari G'ayrat Hasbiulinning ham o'rni katta bo'ldi. Aynan Maks "Rux"dagilarga Bobirni ko'rib chiqishni tavsiya qilgan. 

Futbolchimizning legioner sifatidagi faoliyatining debochasi muvaffaqiyatli chiqishiga tilakdoshmiz.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика