So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Bobir Abdixoliqov: “Jamoaga foydam tegsa, qanotda ham o'ynayveraman” Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov: “Jamoaga foydam tegsa, qanotda ham o'ynayveraman”

Noyabr oyi so'nggi kunlarida milliy chempionat bahslari o'z yakuniga etgach, endilikda bor etibor OTJga qaratiladi.

Boisi, ularning oldida olipiyadaga qo'l olish vazifasi turibdi. Yakunlangan hafta davomida poytaxtimizda mashg'ulotlar olib borgan olimpiyachilar ertaga tongda navbatdagi yig'inni o'tkazish uchun amirliklarga yo'l olishadi. Saytimizga intervyu bergan maxoratli hujumchi Bobir Abduholiqov safar oldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Dastlab jamoadagi kayfiyat va tayyorgarlik jarayoni hususida...

- O'tgan davr mobaynida maksimal darajada tayyorgarlik olib bordik. Birinchi tur Eronga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga barcha tomonlama shay holatda bo'lishimiz lozim. Baribir ilk ochilish o'yini doim qiyin bo'ladi.

- Lyubinko Drulovich bilan musobaqada qaysi poziciyada o'ynashingizni gaplashib oldingizmi?

- Qanotda ham o'ynayveraman. Lekin, markaziy hujumda o'zimni yaxshi his qilaman. Agarda jamoamga tegsa vingerlik vazifasini ham bajaraveraman.

- Osiyo chempionatidagi qaysi terma jamoalarni imkoniyatlari nisbatan baland? Oldingi musobaqada ko'rdikki hech kim kutmagan termalar bizga raqiblik qildi...

- Barchada imkoniyat bir xil. Bu musobaqada tayyorgarlik katta muhim ahamiyat kasb etadi. Kim qay daraja hozirlik ko'rganini rasmiy bahslar ko'rsatib beradi.



- Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng o'zimizda kuch topa olamaslik, futbolimizdagi og'ir holatlardan biri hisoblanadi. Murabbiylar ushbu vaziyat yuzasidan ruhiy ko'rsatmalar berishdimi?

- Bizning jamoada barcha Superliga klublarining futbolchilari sanaladi. Aniqrog'i o'z jamoasining etakchi o'yinchilaridir. Ruhiy jihatdan muammo bo'lmaydi.

- Sizda Osiyo chempionatida ishtirok etish bo'yicha ko'nikma mavjud. Demak, bo'lajak turnirda sizda bosim va hayajon boshqalarga qaraganda kamroq bo'ladi...

- Albatta. Ozgina bo'lsada tajribam bor. Biroq, galdagi musobaqa boshqacha o'tadi. Boisi, barcha jamoalar Olimpiadaga chiqish uchun kurash olib boradi. Yaqinlarimiz va barcha ishqibozlarni ishonchlarini oqlashga astoydil harakat qilamiz.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика