So’nggi yangiliklar

00:05А Серия. "Рома" — "Милан". Таркиблар маълум!  3 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  21 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  10 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2 23:30АПЛ. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Арсенал"ни мағлуб этди  32 22:18"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди  16 21:30"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  91 21:23"Сурхон" голларга бой баҳсда Россия клубини мағлуб этди  10 21:12АПЛ. "Челси" топ-4га қайтди, "Астон Вилла" эса "Ньюкасл"ни сафарда мағлуб этди  4 20:54Назорат ўйини. "Насаф" "Енисей"га ютқазди  23 20:13"Атлетико" ўз уйида "Мальорка"ни тор-мор этди  4 20:01Назорат баҳси. Самарқанднинг "Динамо"си Россиянинг 6 карра чемпиони ЦСКАни мағлуб этди  33 19:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади  10 19:15ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум  77

BML. To'rtinchi tur Yangiliklar

BML. To'rtinchi tur

Teglar :  BML
Yangi saytdagi ilk BML kubogining to'rtinchi turi bo'lib o'tdi.

Musobaqa jadvali 24 soat ichida etiboringizga havola etiladi.

DIQQAT! Bu safar o'zgarish qilinadi. Savollar mazkur sahifada har 5 daqiqada berib boriladi.
Qoidalar bilan tanishtirib o'tamiz:

  •   CHat qilmaslik.
  •   Flud (bitta gapni qayta-qayta) qoldirmaslik.
  •   "CA" tomonidan javob berilganidan so'ng qoldirilgan javoblar inobatga olinmaydi.
  •   O'quvchining birinchi javobi qabul qilinadi.
  •   Javob bergan o'quvchi tomonidan qoldiriladigan keyingi har qanday fikr o'chiriladi.



Qonun-qoidaga amal qilmagan o'quvchi 24 soatga blok qilinadi.

Har bir savolga 5 daqiqa vaqt beriladi! Savolga birinchi to'g'ri javob bergan ishtirokchiga 2, qolgan to'g'ri javob berganlarga 1 ochkodan beriladi.


SAVOL #1: 18:00 - 18:05 (vaqt) - Gollandiyaning "Feyenoord" klubiga yangi kelgan barcha futbolchilar antiqa ishni amalga oshirishadi. Ular stadionga qay tarzda tashrif buyurishadi? 

JAVOB #1: Yangi futbolchilar "Feyenoord"ning uy stadioni bo'lgan "De Kuyp"ga vertoletda uchib kelib osma zina orqali maydonga tushib kelishadi. 


SAVOL #2: 18:05 - 18:10 (vaqt): Aleksandr Geynrix 2003 yil CSKA safida aynan shu raqam ostida o'ynagan. Bu qaysi raqam? 

JAVOB #2: 26


SAVOL #3: 18:10 - 18:15 (vaqt): SHveciyaning AIK klubi 1998 yil o'z mamlakatida chempion bo'lgan edi. Jamoa g'aroyib natija qayd etib chempionlikka erishgan. Qanday natija?

JAVOB #3: AIK chempionat davomida eng kam gol urib chempion bo'lgandi. 


SAVOL #4: 18:15 - 18:20 (vaqt): Italiyalik posbon Janluiji Buffon o'z o'g'liga Tomas deb ism qo'ygan. Buffon qaysi futbolchi sharafiga o'g'liga shu ismni tanlagan? 

JAVOB #4: Javob: Kamerunlik darvozabon Tomas Nkono sharafiga.


SAVOL #5: 18:20 - 18:25 (vaqt): Pavel Bugalo, Temurxo'ja Abduxoliqov, Erkin Boydullaev, Bahodir Nasimov. Bu futbolchilar bir vaqtning o'zida qaysi jamoa safida qaysi musobaqada birga o'ynashgan?

JAVOB #5: "Bunyodkor" safida 2010 yilgi MDH kubogida.


Musobaqa jadvali 24 soat ichida etiboringizga havola etiladi.
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика