So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Bloger Xushnud Xudoyberdievning fikriga munosabat Yangiliklar

Bloger Xushnud Xudoyberdievning fikriga munosabat

Kecha ijtimoiy tarmoqlar tuni bilan rosa "qaynadi".

Albatta, mavzudan xabardorsiz. Kecha bo'lib o'tgan "So'g'diyona" - "Turon" uchrashuvidan keyin mehmon jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov kameraga qarab ichidagi borini to'kib soldi. (Bu ham kamlik qilgandek, "Feysbuk"da "Lokomotiv" shifokori Abror Pirrievning gaplariga javob qaytarishga ham ulgurdi).

Xullas, hakam 52-daqiqada "Turon" darvozasiga yo'q penaltini qo'ydi. Takroriy vaziyatda ko'rdikki, to'p o'sha payt futbolchining qo'liga emas, boshiga tekkan edi. Lekin bosh hakam Viktor Serazitdinov qoida buzildi deb hisoblab, 11 metrlik jarima to'pi belgiladi. O'sha vaziyatda hakam to'p futbolchining qo'liga tegdi deb o'yladimi yoki "atayin" penalti o'ylab topdimi, buni faqat o'zi biladi.

Penalti golga aylangach, shu bilan muxlislar boshqa gol ko'rishmadi va o'yin "So'g'diyona"ning 1:0 hisobdagi g'alabasi bilan yakun topdi. Tabiiyki mag'lubiyat alamidan "Turon" ustozi aybni hakamlarga to'nkab, kamera qarshisida ancha qattiq gaplarni aytdi. 

Murabbiylar turlicha bo'ladi, kimdir mag'lubiyatni engil qabul qilib, xotirjam qaraydi va matbuot anjumanida ham xotirjam gapirishga harakat qiladi. Kimdir ehtiroslarga berilib, borini to'kib soladi. Bu endi har kimning o'ziga bog'liq. 

Murabbiyning o'yindan keyingi fikri video shaklida internetga chiqqach, juda tezlik bilan tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarning barcha yo'nalishlarida shu video aylandi. Telegram kanallardan tinmay kelaverdi.

Islom Ismoilovning aytganlari haqida nima desa bo'ladi?

Ha, hakam xato qildi va bu xato bir jamoaning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi deyish mumkin. Biroq murabbiyning aytganlari o'z navbatida isbot ham talab qilishini unutmasligimiz kerak. Ehtimol aytishingiz mumkin, axir futbolimizda shunaqa ishlar borligini hamma biladi-ku, balki shundaydir, biroq murabbiy OAV bilan muloqotda gapiryaptimi, demak gapi bekorgamas degan manoni bildiradi. 

To'g'risi, men "Turon" bosh murabbiyining fikrlarini unchalik jiddiy qabul qilmadim. CHunki yutqazgan jamoaning aybni hakamlarga to'nkashi birinchi bor yuz berayotgan holat emas. 

Meni ko'proq taniqli yurist va bloger Xushnud Xudoyberdievning "Tvitter" sahifasida qoldirgan posti hayron qoldirdi. 

Xushnud Xudoyberdiev shunday post qoldirgan: "Jin ursin bunaqa futbolni. Har yili 100 mlrdlab soliqlardan yig'ilgan pullar shu futbolga ketyapti, biror foydasi bo'lyaptimi? Undan ko'ra bu pullarni talimga, maktablarga sarflasa millat uchun ming marta foyda bo'lardi. Soliqlarimdan 1 so'mni ham futbolga berilishiga aslo rozimasman!!!"


Albatta, har kim o'z shaxsiy fikrini bildirishga haqli va Xushnud Xudoyberdiev ham taxminimcha, "Turon" murabbiyining videosini ko'rgandan keyin alam bilan shunday yozgan bo'lsa kerak. Lekin o'z navbatida uning "Har yili 100 mlrdlab soliqlardan yig'ilgan pullar shu futbolga ketyapti, biror foydasi bo'lyaptimi?" degan gapiga umuman qo'shilmayman.

Xo'p, aytaylik, har yili 100 milliardlab pul futbolga ajratilyapti, lekin buning hech qanday foydasi bo'lmayapti. SHu o'rinda savol tug'iladi: qanaqa foyda bo'lishi kerak? Hamma ko'rpasiga qarab oyoq uzatadi, to'g'rimi? Agar foyda bu - jahon chempionatiga chiqish, Osiyo Kubogini yutish, klublarimiz Osiyo chempionlar ligasida g'alaba qozonish deb hisoblasak, balki ko'rpamiz kaltalik qilayotgandir. 

Yana bir gap. 100 milliardlab pul ajratish bu futboldagi hamma turnirlarni yutish degani emas. CHunki hammasi pul bilan hal bo'lganida Xorvatiya JCH-98da uchinchi, JCH-2018da ikkinchi bo'lmasligi kerak edi.

Xo'sh, unda pullar nega ajratiladi? Avvalo odamlarimiz sog'ligi uchun. Hech o'ylab ko'rganmisiz, bitta futbolchiga qiziqib nechta bolakay futbolchi bo'lishni orzu qiladi. Mayli, o'sha bolalar biznikilarni ko'rmasin, mayli ular uchun Neymar, Messi, Ronaldular kumir darajasida bo'lsin, lekin o'sha Messiga qiziqib 1000ta bolaning futbolga qatnashi, mingta sog'lom avlod voyaga etyapti degani emasmi? 

Sport - bu sog'liq, buni hech kim inkor qila olmaydi. Sog' tanda esa sog'lom aql bo'ladi. Bundan tashqari, futbolga ajratilayotgan pullar yo'nalishini boshqa tomonga burib, siz aytgandek, talimga, maktablarga sarflasa millat uchun ming marta foyda bo'lishini qanday isbotlaysiz?

Men qarshi emasman, talimga pul ajratilishi kerak, lekin o'z navbatida sportga ham. Taxminimcha, maktablarga va talimga berilayotgan pullar 100 milliardlardan kam bo'lmasa kerak. Lekin kimdir maktablardan alochi bolalar chiqmayapti deb bong urayotgani yo'q.

Yoki bo'lmasa, keling biz ham savol beramiz: agar futboldagi milliardlar talimga va maktablarga ajratiladigan bo'lsa, xususiy o'quv markazlari, repititorlik kurslari yopilib, hamma maktabda zo'r talim oladi, maktab bilimi bilan oliygohlarga kiradi deb o'ylaysizmi? 

SHunday ekan, davlat nima qilayotganini va qaysi sohaga qancha pul ajratayotganini juda yaxshi biladi. Siz "Soliqlarimdan 1 so'mni ham futbolga berilishiga aslo rozimasman!!!" debsiz. Meni esa shu o'rinda bazi savollar qiziqtiradi: agar O'zbekiston vaqti kelib jahon chempionatiga chiqsa ham shu fikrda qolasizmi? Klublarimiz Osiyo chempionlar ligasida yarim finalga chiqqan yillari ham shu fikrda bo'lganmisiz? Osiyo Kubogida to'rtinchi o'rinni olganimizda ham baribir shu o'yga borganmisiz?

Jamoalarimiz qaysidir o'yinni yutgan mahal quvonganmisiz? Yoki bular soliqlardan yig'ilgan pullar evaziga o'ynayapti, kerak bo'lsa yutadi-da deganmisiz? Agar doim shu fikrda bo'lib kelgan va bundan keyin ham shu fikrda qoladigan bo'lsangiz, unda mening boshqa gapim yo'q. 

Tvitterdagi postingizga munosabat o'rnida oxirgi aytar gapim: Xushnudjon, ukam, har bir millatning eng katta boyligi bu - SOG'LOM xalqi borligida. SHuni aslo unutmang.

X.Xoliqov

Reyting: -127   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика