Bizni "gollar yomg'iri" kutmoqda: A Seriya 30-tur prevyusi
14 apr 2023 13:05
Yangiliklar
Bizni "gollar yomg'iri" kutmoqda: A Seriya 30-tur prevyusi
"Speciya" - "Lacio"
Spezia |
Serie A . 30-tur 15/04/2023, 00:45 3
:
0
Tugadi
|
Lazio Ciro Immobile - 36', Felipe Anderson - 52', Marcos Antonio - 89' |
Stadion: Stadio Alberto Picco, 9500 tomoshabin
Bosh hakam: Massimiliano Irrati
Leonardo Semplichi bosh qotirishi uchun masalalar etarli. "Speciya"da tarkib borasida muammolar mavjud. Jarohat sabab Kaldara, Jovko, Kovalenko va Xolm o'yinni o'tkazib yuboradi, Bastoni esa diskvalifikaciya sabab jamoaga yordam bera olmaydi. Agudelloning maydonga tushishi esa so'roq ostida qolmoqda. Hujumda Nzola va Maldini o'yinni boshlab, SHomurdovdan murabbiy joker sifatida foydalanishi haqiqatga yaqinroq.
"Lacio"da ko'p narsa Immobilening hozirgi holatiga bog'liq. Agarda bu mavsum ko'p bor turli darajadagi jarohatlarga duch kelayotgan CHiro o'yinda ishtirok etolmasa, hujumda Pedro, Cakanya va Felipe Anderson uchligini ko'ramiz. Boshqa chiziqlarda esa Sarrida muammo yo'q.
Birinchi davrada "Lacio" yirik 4-0 hisobida zafar quchgandi. Hozir ham chempionatning 2-jamoasi yaqqol favorit sifatida ko'rilmoqda. "Lacio" chindan yaxshi sport formasida, "Speciya" esa kuchli motivaciyasiga qaramay, jiddiy muammolarga duch kelgan. SHu sababli rimliklar ortiqcha qiyinchiliksiz uch ochkoni qo'lga kiritishsa kerak.
"Bolonya" - "Milan"
Bologna Nicola Sansone - 1' |
Serie A . 30-tur 15/04/2023, 19:00 1
:
1
Tugadi
|
AC Milan Tommaso Pobega - 40' |
Stadion: Stadio Renato Dell'Ara, 29024 tomoshabin
Bosh hakam: Davide Massa
Mezbonlar ustozi Tiago Motta tarkib borasida bosh qotirayotgan bo'lsa ajab emas. Orsolini diskvalifikaciya qilingan bo'lsa, Soriano, Arnautovich va Kambyasso jarohatlari tufayli jamoaga yordam berolmaydi. Bunday vaziyatda hujumda bor umid Sansone-Berrou duetidan. Albatta Stefano Piolining hayoli asosan "Napoli"ga qarshi javob bahsi bilan band, shuning uchun bu o'yinda rotaciyaga qo'l urilishi deyarli aniq. Ayniqsa, Origi o'zini yaxshi holatda bo'lsa, hujumda Jiruning o'rnini egallaydi. SHuningdek, oldingi chiziqda Rebich va De Ketelare hamda Aleksis Salemakersga imkon berilsa ajab emas.
Birinchi davrada "Milan" ishonchli tarzda (2-0) g'alaba qozongan. Mutaxassislar bo'lajak to'qnashuvda ham amaldagi chempionlarning imkoniyatlarini yuqoriroq baholashmoqda. Ammo "rossoneri"ga oson bo'lmasligi aniq. "Bolonya" shu mavsumning o'zida ham etakchilarga etarlicha muammo tug'dira olishi mumkinligini isbotlay oldi. SHuningdek, Motta jamoasi evrokuboklar kurashidan hali chiqib ketganicha yo'q.
"Napoli" - "Verona"
SSC Napoli |
Serie A . 30-tur 15/04/2023, 22:00 0
:
0
Tugadi
|
Hellas Verona |
Stadion: Diego Armando Maradona, 42000 tomoshabin
Bosh hakam: Federico La Penna
Osimxen va Simeone hamon jamoaga yordam bera olishmaydi. Biroq Raspadori jangga tayyor, hujumda aynan unga ishonch bildirilsa kerak. "Milan" bilan javob bahsini o'tkazib yuboradigan Angussa va Kim asosiy tarkibda bo'lishi deyarli aniq, qolganlar bo'yicha esa Spalletti oxirgi pallada qaror qabul qiladi. Tajribali murabbiy muhimroq uchrashuv oldidan katta ko'lamdagi rotaciya ishlariga qo'l urishi ham hech gap emas.
Mehmonlar hujumchisi Anri o'yinga tayyor, lekin Zeefek, Xrutich va Lazovichning ishtiroki so'roq ostida qolyapti. SHu bilan birga Velozo va Manyani diskvalifikaciya qilingan. SHunday ekan "Verona"da tarkib bilan yaxshigina muammolar mavjud.
Birinchi davrada ushbu jamoalar yorqin, hujumkor va gollarga boy o'yin ko'rsatib berishgandi. "Napoli" o'shanda 5-2 hisobida ustun kelgan. Neapolliklar bu safar ham favorit, ammo jamoa bahsga u qadar jiddiy qaramasligi hech kimga sir emas. "Verona" uchun esa bellashuv juda muhim.
"Sassuolo" - "Yuventus"
Sassuolo Gregoire Defrel - 64' |
Serie A . 30-tur 16/04/2023, 22:00 0
:
1
Tugadi
|
Juventus |
Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 19566 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Rapuano
Mezbon "Sassuolo"da tarkib bilan muammolar yo'q. Bosh murabbiy Dionizi qaydnomadagi barcha futbolchi xizmatidan foydalana oladi. Katta ehtimol, bosh undan jiddiy syurprizlar guvohi bo'lmaymiz. Hujumda Lorente, Pinamonti va Berrardi tushiriladi, yarim himoyada esa bazi o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
"Yuventus" haqida gapirsak, futbolchilar "Sporting" bilan Evropa Ligasi doirasidagi o'yindan keyin qanday jismoniy holatdaligi muhim. Hujumda Milik va Keza juftligini ko'rishimiz ham mumkin. Himoya markazida Rugani o'yinni boshlashi kutilmoqda.
Jamoalarning avvalgi bahsida "Yuventus" 3-0 hisobida zafar quchgandi. Hozir ham "keksa sionora" favorit. "Sassuolo" noqulay raqib bo'lishiga qaramay, yaxshi formada bo'lgan va har bir ochko uchun kurashayotgan turinliklar zafar quchsa ajab emas.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar