So’nggi yangiliklar

08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  3 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  18 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3

Biz seni tanidik Liverpul Yangiliklar

Biz seni tanidik Liverpul

APL 26-turida Liverpul Enfildda “Manchester Yunated”ni 7-0 hisobida mag'lub qildi.

Ko'zlari qonga to'lgan «Liverpul» .


Premer-liga planetamizning birinchi raqamli chempionati ekanligini mana shunday o'yinlar orqali isbotlab beradi va isbotlab kelmoqda ham. Bugun futbolchilar murabbiy uchun, Klopp uchun o'ynashdi. Maydonda futbol o'lchovlariga sig'maydigan voqealar bo'lib ketdi. Aslida “Manchester Yunayted” u qadar yomon o'ynamadi, shunchaki «Enfild» yigitlarining ko'zlarida olov yondi. Robertson ilk taymning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, Trend himoyada xatolarga yo'l qo'ymadi, Van Deyk qala qo'mondonligiga qaytdi yangi kelganlar (Nunes va Gakpo ikkalasida ham dubl) jamoaning bir bo'lagi sifatida sinxronlashdi. Bahs katta ehtimol «Liverpul»ning joriy mavsumdagi burilish nuqtasi bo'ladi. Biz nihoyat «Liverpul»ni tanidik. Klopp bunga majbur qildi barchani. Principial raqib ustidan yirik g'alaba omadsiz o'yinlardagi g'uborlarni yuvib ketadi. Nihoyat Klopp yangi kelganlarni jamoa o'yiniga singdira oldi.

Manchester Yunaytedda hammasi joyida.


“Qizil iblislar” yirik mag'lubiyatga munosib emasdilar. Raqib tomonidan berilgan 8 aniq zarbaning 7 tasi gol bilan yakunlandi. SHunchaki bugungi kecha «Liverpul»niki edi. Ten Xag o'yin yakunigacha xotirjam tarzda bahsni kuzatdi. Bugun Klopp jamoasi shunday o'ynadiki istalgan raqib «Enfild» sexriga dosh berolmasdi. “Manchester Yunaytedning keyingi o'yini Evropa Ligasi doirasida «Betis»ga qarshi bo'larkan (katta ehtimol yirik g'alaba qozoniladi). Ispanlar “Old Traffordga hammasiga shay holatda kelaverishsin (ularga oson bo'lmaydi). Ten Xag va «Manchester» bilan hammasi joyida, bugun shunchaki ularning kuni emas edi.

Jaloliddin Xalilov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика