"Biz "Real" haqida o'ylamasligimiz kerak" - Gavi
31 mar 14:01
Yangiliklar
"Biz "Real" haqida o'ylamasligimiz kerak" - Gavi
U "Jirona"ga qarshi o'yinda 4-2-3-1 sxemasining chap qanotida harakat qildi.
"Murabbiy meni maydonda turli poziciyalarda ko'radi, har qanday nuqtada o'ynay olishimga ishonaman, chunki menda to'g'ri mentalitet bor, garchi bazi poziciyalar men uchun qulayroq bo'lishi mumkin. Lekin men o'z ishimni bajarishga va yaxshi natijalar ko'rsatishga doim tayyorman.
Biz "Real" Madrid haqida o'ylamasligimiz, faqat o'zimizga etibor qaratishimiz kerak, chunki hammasi o'zimizga bog'liq. Agar barcha o'yinlarda g'alaba qozonsak, La Liga chempionligini qo'lga kiritamiz. Biz o'zimizga ishonamiz va muxlislarimiz ham bizni qo'llab-quvvatlamoqda", – dedi Gavi.
Gavi joriy mavsum "Barselona" safida 28 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar