So’nggi yangiliklar

06:30Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Реал Мадрид" - "Бавария" 2:1   0 03:20Томас Тухель: "Футбол қоидалирининг очиқчасига бузилиши"  22 03:12Томас Мюллер ҳакамнинг қарори ҳақида: "Бунақаси Мадридда тез-тез бўлиб туради. Роналдунинг офсайддан урган икки голи бунга мисол"  16 02:57Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", - деди"  28 02:39Марчиняк "Бавария"нинг 103-дақиқадаги голини офсайд сабаб бекор қилди. Ўйиндан ташқари ҳолат ростдан ҳам бормиди?  47 02:12ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Дортмунд" тўқнаш келади!  40 02:00ЕЧЛ. Камбэклар қироли "Реал" "Бавария"ни таслим қилиб, финалга йўл олди. Хоселу – қаҳрамон!  390 01:07Жанни Инфантино: "Ўзбекистондаги Жаҳон чемпионатида юқори сифатли ўйинлар бўлишини кутяпман"  0 00:26ЕКЛ. "Фиорентина" икки ўйин натижасига кўра "Брюгге"дан устун келди ва илк финалчига айланди!  2 23:58Мбаппега Саудия Арабистонига кетишни маслаҳат беришди  4 23:36"Манчестер Юнайтед" дунёнинг энг қиммат клуби деб топилди!  9 23:00ЕЧЛ финали сари йўл. "Реал Мадрид" – "Бавария". Асосий таркиблар аниқ!  44 22:21Кроос: "Бавария"га қарши ўйинни финалдан умуман фарқи йўқ. Математика билан шуғулланиш керак эмас"  3 21:54Рустам Лутфуллин бошчилигидаги ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувига тайинлов олди  4 21:31Рўзиқул Бердиев икки марта жаримага тортилди – ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  17

"Biz ikkinchi "Olimpik" emas, "Surxon"miz" - Sergey Tokov Yangiliklar

"Biz ikkinchi "Olimpik" emas, "Surxon"miz" - Sergey Tokov

"Surxon" jamoasi yangilangan tarkib va murabbiylar shtabi bilan birgalikda Antaliyada tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoani yangi mavsumga Rauf Inileev va Sergey Tokov juftligi tayyorlamoqda. Tarkib yoshartirilgani bilan bir qatorda tajribali futbolchilar va legionerlar ham jalb etilayotganini takidlash joiz. Jamoa yaqinda Artyom Filiposyanning o'tganini elon qildi. Bu hammasimi? Yana o'zgarishlar bo'ladimi? SHu va boshqa savollar bilan "Surxon" murabbiyi Sergey Tokovga yuzlandik. Mutaxassis savollarimizga quyidagicha javob berib o'tdi. 


- Antaliyadagi yig'indan ko'nglingiz to'lyaptimi? Tarkibdanchi?

- Ahil jamoa tuzishga harakat qilyapmiz. Albatta vaqtimiz kam. CHunki jamoani kecha qabul qilib oldik. Oldimizda vaqt bor ekan undan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Mashg'ulotlar reja asosida davom etyapti. O'rtoqlik uchrashuvlarida o'yinimizni yanada shakllantiyapmiz, deya olaman. 

- Rauf Inileev bosh murabbiy sifatida ishlayapti. Bu borada fikringiz qanday? Nega aynan Inileev variantida to'xtalindi?

- Rauf Talgatovich tajribali murabbiy. O'z vaqtida terma jamoa va klublarimizda faoliyat yuritgan. Uning tajribasi bizga zarur. Yakunda Inileev variantida qoldik. CHunki hali etalicha tajribaga ega emasmiz. Bu borada murabbiyning maslahatlari asqotadi. Natijaga kim javob beradi? Barchamiz birgalikda. Masajistdan tortib murabbiylar shtabigacha birlashishimiz kerak. 

- Jamoa tarkibida yana o'zgarish bo'ladimi? Transfer oynasi yopilishiga oz qoldi?

- Rasman 5 nafar legioner. Yana bir xorijlik futbolchi shu kunlarda kelishi kerak. Bu haqida malum qilamiz. 

- Ularda jamoani kuchaytirishga qodir sifat ko'rdingizmi?

- Umid qilamizki, legionerlar o'z sifatlari bilan natijalarga hissa qo'sha olishadi. O'yinlarini ko'rdik, kuzatdik. CHempionatimiz oddiy emas. Legioner o'z chempionatida yaxshi o'ynagani hech narsani anglatmaydi. U kuchli ekanligini isbotlashi kerak. Sifatli legionerlar Superligada ham muammo. Kelayotgan xorijlik futbolchi ligani kuchsiz, deb o'ylashi mumkin. O'zbek futbolchilari ham yaxshi darajada. Legionerlar bilan bemalol raqobatlasha olishadi. 

- "Surxon"ni ikkinchi "Olimpik", deya tariflashmoqda...

- Biz ikkinchi "Olimpik" emas, "Surxon"miz. O'z uslubimiz, futbolga qarashlarimiz bor. Jamoani yoshartirishga harakat qilamiz. Mening fikrim yoshlarga o'ynash imkoniyatini berish lozim. Ular o'sishi zarur. Asosiy maqsadimiz ham shunday. Ammo bu tarkib yuz foiz yosharib ketadi, degani emas. Salohiyatini, potencialini ko'ramiz. O'zini ko'rsatishiga imkon beramiz. Oldimizda 1-2 o'rinni olish vazifasi qo'yilmagan. Maqsadimiz sifatli va muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatish. 

- Artyom Filiposyanning transferi kutilmaganda bo'ldimi?

- Yoshlarga o'rnak sifatida ko'rsata olish mumkin bo'lgan futbolchi. Artyom o'tgan mavsumni Olmaliqda o'tkazdi, yaxshi formada. Yoshlar va tajribaning uyg'unlashishi darkor. SHu bois ayrim tajribali futbolchilar xizmatidan foydalanamiz. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика