So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  6 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

Biz ham reglamentni o'qiymiz! (1-qism) Yangiliklar

Biz ham reglamentni o'qiymiz! (1-qism)

O'tgan hafta oliy liganing 2016 yilgi mavsumi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.

Bir necha yillardan buyon bir xil scenariy asosida kechadigan mazkur tadbir bu safar ham deyarli o'zgarishlarsiz kechdi. Avvalgi yillardan farqli ravishda bu safar OAV PFL Bosh direktori Farhod Magometovni ko'proq “so'roqqa” tutdi. O'z navbatida Farhod Abdualievich odatdagidan farqli o'laroq klub rahbarlaridan faqatgina “Paxtakor” rasmiylariga va hamkasblarimizga dakki berdi. Keling, tadbirda ko'tarilgan masalalar bo'yicha o'z fikrlarimiz bilan o'rtoqlashsak.

OAVga bo'lgan etiroz xususida

Tadbirda dastavval Farhod Magometov so'ngra PFLning “Sport” bo'limi etakchi mutaxassisi Valeriy Lyotkin OAVga etiroz bildirdi. Farhod Abdualievich o'yinlar sanasining o'zgartirilishiga o'ziga xos sabablar borligini aytgan holda OAVga reglamentni o'qishni tavsiya qilgan bo'lsa, Valeriy Nikolaevich aniq bir izohni keltirmasdan, OAVga hurmat bilan murojaat qilib, o'zining hurmatini ham talab qildi. Quyida har ikkala mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiramiz.

Farhod Magometov: - Albatta, bu yil taqvimda bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. Lekin aytish kerak, bu o'zgarishlarning har birini o'ziga xos sabablari bor. Hech narsa o'z-o'zidan bo'lmaydi. Aniqrog'i, PFL o'z bilganicha o'yinlar muddatini o'zgartirmaydi. Hammasi Ijroiya qo'mitaning qaroriga asoslangan holda amalga oshiriladi. OAV xodimlari O'FF yoki PFLni tanqid qilishdan oldin reglamentni yaxshilab o'qib chiqishlarini so'rab qolardim. Hamma mamlakatda xavfsizlik birinchi o'rinda turadi. Bir nechta uchrashuvlarning o'zgarishi shu bilan bog'liq.

Valeriy Lyotkin: - OAV xodimlariga bitta iltimosim bor. Men sizlarni hurmat qilaman. Futbolga kattagina hissa qo'shyapsiz. Lekin men kabi ko'pni ko'rgan inson uchun yosh jurnalistni radioda chiqib gapirgandek, har xil gaplarni gapirishi yoqimsiz holatdir. Agar qandaydir savollaringiz bo'lsa, bemalol javob qaytarishga tayyorman. 

Xo'sh, OAV reglamentni o'qimasdan tanqid qiladimi? Keling, quyida shu savollarga javob topish maqsadida Farhod Abdualievich tavsiya qilganidek, reglamentga ko'z yugurtiramiz. Agar bizning tanqidlarimiz asossiz bo'lsa, hech qanday gap-so'zsiz uzr so'rashga ham tayyormiz. Mabodo buning aksi bo'lsa, qolgani PFLga havola. Demak, boshladik. Reglamentning “Ishtirokchilar va musobaqani o'tkazish shartlari” deb nomlangan 4-bo'limining 4ta bandida o'yinlar sanasini qanday vaziyatlarda o'zgartirish mumkinligi haqida yozib qo'yilgan.


4-BO'LIM. ISHTIROKCHILAR VA MUSOBAQANI O'TKAZISH SHARTLARI

4.16. Oliy liga, Yoshlar Birinchiligi, Birinchi liga va O'zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvlarni boshlanish vaqti 12:00 - 20:00 oralig'iga belgilanadi. Yoz oylarida uchrashuvlarni 17:00dan oldin boshlash taqiqlanadi. 

So'nggi tur o'yinlarining boshlanish vaqtini PFLning “Sport” bo'limi belgilaydi. 

4.24. Uch va undan ko'p futbolchisi milliy terma jamoaga, besh va undan ko'p o'yinchisi Olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan klublar hamda OFK doirasidagi musobaqalarda qatnashadigan jamoalarning o'yinlari muddati o'zgarib qolsa, O'zbekiston chempionati va O'zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvlarini boshqa muddatga ko'chirishga haqqi bor.

4.32. Uchrashuvlar tasdiqlangan taqvim bo'yicha o'tkaziladi yoki o'yinlar sanasini PFLning “Sport” bo'limi belgilaydi. 

4.33. Uchrashuvlar quyidagi holatlarda boshqa muddatlarga (kun yoki soat) ko'chiriladi: 

- “fors-major” holatlari sababli uchrashuvni boshlash, davom ettirish, yakunlashning imkoniyati bo'lmasa. Bunga quyidagi holatlar kiradi: avariya, yong'in, toshqin, er qimirlashi va tabiatning boshqa hodisalari. Bundan tashqari, musobaqa tashkilotchilariga bog'liq bo'lmagan hodisalar shu jumlasiga kiradi. 

Endi reglamentdagi shu qoidalar bo'yicha taqvimdagi o'zgarishlarni tahlil qilamiz. PFL rasmiy sayti oliy va birinchi liganing so'nggi ikki tur o'yinlari reglamentning 4-bo'lim, 16-bandiga asosan bir vaqtda o'tkazilishini elon qilgandi. Yuqorida o'sha 16-bandni keltirdik. Bandda o'yinlar bir vaqtda boshlanishi haqida gap yo'q. SHunchaki, uchrashuvlarning boshlanish vaqtini PFLning “Sport” bo'limi belgilaydi, deyilgan. Demak, qurani o'tkazadigan bo'lim istasa barcha o'yinlarning boshlanish vaqtini har xil soatlarga belgilashi yoki bir paytda start olishini taminlashi ham mumkin. Yana bir gap: 16-bandda so'nggi turlar deyilgan, yani aynan oxirgi ikki tur emas! PFLning bu qarorini hamma hurmat qiladi, lekin bu yil so'nggi turlarning boshlanish vaqti 14:00ga belgilangan bo'lsa-da, uch kun davomida o'tkazildi. Natijada shu qaror tufayli PFL keskin tanqidlar ostida qolib ketdi. Bir tahlil qilaylikchi, bu erda OAVning tanqidi asossizmi yoki asosli? Xo'p, reglamentda so'nggi tur o'yinlarining boshlanish vaqtini PFL belgilashi yozib qo'yilgandir. Ammo PFL rasmiy saytida o'sha band bo'yicha elon qilingan xabarda so'nggi ikki tur o'yinlari bir vaqtda boshlanishi malum qilingan. (Buni o'z ko'zi bilan o'qishni istaganlar PFLning rasmiy saytiga kirib, yangiliklar arxividan shu xabarni topib, o'qishlari mumkin). O'z-o'zidan malum, bir vaqt degani bir kun degani. Qanday qilib, bir vaqt deganda uch kunni tushunish mumkin? Agar bu erda OAV asossiz tanqid qilgan bo'lsa ham bu PFLning aybi. CHunki reglamentda aniq gap yozilmagan yoki rasmiy xabarda bunga izoh berilgani yo'q. Qolaversa, yuqorida takidlaganimizdek, PFL rasmiy saytidagi rasmiy xabarda BIR VAQTDA deb yozib qo'yilgan. SHunday ekan, bu erda qanday qilib OAVni ayblash mumkin?


Endi tanqidlar yanada keskinlashishiga sabab bo'lgan qarorga to'xtalaylik. Yuqorida takidlaganimizdek, dastavval oliy liganing so'nggi tur o'yinlari bir vaqtga belgilangan bo'lsa-da, o'yinlar uch kunga bo'lib chiqildi. Oddiy misol, oliy liganing 30-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv reglamentning 4-bo'lim, 32-bandiga asosan noyabrning 20 sanasidan 19 kuniga ko'chirildi. PFLning bu qaroriga etiroz yo'q, chunki o'zgarishga asos qilingan reglamentdagi bandda o'yinlar vaqtini PFL belgilashi yozib qo'yilgan, biroq undan oldin qabul qilingan qarorchi? Ko'rinib turibdiki, PFL bu erda o'ziga-o'zi qarshi chiqyapti. YO fikrimiz noto'g'rimi? Unda nega rasmiylarimiz OAVdan xafa bo'lib, bizga etiroz bildiryapti?! Aytgancha, Farhod Abdualievich tadbirda o'yinlar sanasi o'zgarishini Ijroiya qo'mitani qarori va xavfsizlik bilan izohladi. Reglamentning 4-bo'lim, 33-bandida uchrashuvlar bir nechta holatlarda boshqa muddatga ko'chirilishi mumkinligiga ko'zimiz tushdi. Garchi So'nggi turdagi o'zgarishlar bu band asos qilib keltirilmagan bo'lsa-da, biz asosni shu banddan izlashga harakat qildik. Boisi, o'yinlar vaqtini PFL belgilar ekan, qaysidir bandga asoslanishi aniq. Lekin “Bunyodkor” – “Qo'qon-1912” o'yini 33-bandda keltirilgan vaziyatlarga to'g'ri kelmasligi malum bo'ldi. Aslida bu faqat mazkur o'yin bilan bog'liq emas. Xuddi “Bunyodkor” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi kabi reglamentning 4-bo'lim, 32-bandiga asosan muddati o'zgartirilgan o'yinlarga ham tegishdi. Xullas, 33-bandda uchrashuvlar quyidagi holatlarda boshqa muddatlarga (kun yoki soat) ko'chiriladi, deb yozib qo'yilgan: - “fors-major” holatlari sababli uchrashuvni boshlash, davom ettirish, yakunlashning imkoniyati bo'lmasa. Bunga quyidagi holatlar kiradi: avariya, yong'in, toshqin, er qimirlashi va tabiatning boshqa hodisalari. Bundan tashqari, musobaqa tashkilotchilariga bog'liq bo'lmagan hodisalar shu jumlasiga kiradi. Buni yuqorida ko'rib chiqqan bo'lsakda, eslatib o'tishni lozim, deb bildik. Aytingchi, xo'p, o'yinlar vaqtini PFL belgilar ekan, nimagadir asoslanishi kerakku?! Agar Farhod Magometov takidlaganidek, xavfsizlik, yani milliy-mamlakat xavfsizligi birinchi o'ringa chiqadigan bo'lsa, buni ham reglamentga kiritish kerak. OAVda faoliyat ko'rsatadiganlar uchun ham mamlakat xavfsizligi birinchi o'rinda turadi. PFL buni reglamentga kiritmagan ekan, bu uning aybi. Buning uchun ogohlantirilmagan OAVdan xafa bo'lishga yoki ularga etiroz bildirishga asos yo'q.


Yana bir qoidaga ko'ra, o'yinlar muddati o'zgartirilishi mumkin. 4-bo'limning 24-bandiga ko'ra, malum nafardagi futbolchilari milliy va olimpiya terma jamoalariga chaqirilgan klublar o'z o'yinlarini boshqa muddatga ko'chirishga haqqi bor. Bu band ham so'nggi tur o'yinlari uch kunga bo'lib chiqilishiga asos bo'la olmaydi. Yodingizda bo'lsa, mavsumning ikkinchi turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv aynan shu bandga ko'ra boshqa muddatga ko'chirilgandi. Aslida o'sha o'zgarish asosli bo'lsa-da, PFLning taqvimga javob beradigan bo'limi terma jamoamizning yig'inini inobatga olmagani uchun tanqid qilingandi. Vaholanki, o'sha vaqtda terma jamoamiz Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rishi oldindan aniq edi. Tanqidga taqvim tuzilishida shu inobatga olinmagani yoki terma jamoa murabbiylari bilan maslahatlashilmagani sabab bo'lgandi. 

Biz faqatgina so'nggi tur o'yinlari borasida so'z yuritdik. Vaholanki, bu yil ham nafaqat oliy ligada, balki birinchi ligada ham bir qator o'yinlar boshqa sanalarga ko'chirildi. Oliy ligada o'yinlar muddati yuqoridagi sabablar tufayli o'zgartirilsa, birinchi ligada bunga klublarning o'zlari “aybdor” bo'lmoqda. Sababi, quyi liga jamoalari O'zbekiston Kubogida qancha uzoqroqqa borishsa, chempionatdagi o'yinlarining soni va muddati shunchalik ko'p o'zgaryapti. O'zbekiston Kubogi bilan birinchi bosqichdan keyinoq xayrlashgan klublar tanaffusga chiqib, dam olayotgan bir vaqtda boshqalar yozning qoq chillasida qoldirilgan o'yinlarni o'tkazib yuribdi. Bunga yuqorida aytganimizdek, o'zlari “aybdor”. Ular O'zbekiston Kubogida PFL uchun kutilmaganda matonat ko'rsatib qo'yishmoqda. Xo'sh, aytingchi, bu tanqidga asos bo'la oladimi? Yoki bu o'zgarishlar ham reglamentda yozilmagan xavfsizlik yoki yuqoridagi 4ta bandga to'g'ri keladimi? Endi bir o'ylab ko'ring, biz jurnalistlar reglamentni o'qiymizmi-yo'qmi?! Tanqidlarimizda asos bormi-yo'qmi?! Xulosa o'zingizdan. 

Farhod Abdualievich OAVga oxirgi marta qachon etiroz bildirganini eslay olmayman. O'sha vaziyatda hamkasblarim futbolimiz rahbarining hurmatini joyiga qo'yib, bu etirozga jiddiy javob qaytarmadi. Aslida Farhod Magometov va Valeriy Lyotkinning etiroziga munosib tarzda javob bera olamiz. Javob berganda ham o'zlari tasdiqlagan reglament bo'yicha javob berishga bilimiz etadi. Ammo qura tashlash marosimi bu - rasmiy tadbir. Bunday tadbirda rahbar bilan tortishish boshqalar oldida bizning ham, rahbarning ham hurmatiga to'g'ri kelmaydi. Ayniqsa, rahbar insonga barchaning ichida kamchiliklari aytilsa, unga bo'lgan hurmat yo'qolishi mumkin. SHu bois, biz buni o'zimizga lozim, deb topmadik. SHunga mos ravishda futbolimiz rahbari ham hammaning ichida OAVga jiddiy etiroz bildirmagani maqul. Agar etirozi bo'lsa, PFLda matbuot kotib bor. Unga jurnalistlarni uchrashuvga chaqirishni buyurilsa biz doimo labbay, deb javob qaytaramiz. O'sha alohida yig'ilishda kim haq-u, kim nohaq ekanligini bilib olamiz. Hozirgi holatga o'xshab, biz reglament bo'yicha ham tanqid qilsak, bizga etiroz bildirilsa, ular o'zlarini, biz o'zimizni haq, deb yuraversak hech narsaga erisha olmaymiz. Futbol bizniki yoki PFLniki emas, balki xalqniki, butun mamlakatniki! Uni hech kim o'ziniki qilib, oyoq osti qilishga haqqi yo'q! Garchi cho'ntagidan pul sarflasa ham!

(Davomi bor...)

Furqatbek Nishonov


Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика