So’nggi yangiliklar

21:40Жамшид Саидов: "Биринчи бўлимда хатоларимиз кўп бўлди"  0 21:36Виталий Левченко: "Ғалабани қўлдан чиқардик"  3 21:21"Реал" кейинги баҳсда чемпионликни нишонлашни хоҳламаяпти  5 20:55FourFourTwo рейтинги. Алонсо учинчи, Анчелотти тўртинчи ўринда  5 20:36ФИФА рейтинги. Ўзбекистон футзал жамоаси 11 ўринда  8 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Қизилқум" билан ўйиннинг сўнгги дақиқасида ғалабани қўлдан чиқарди  52 19:45АПЛнинг бир қанча клублари Дюмфрисга қизиқиш билдирмоқда  1 19:16Франция президенти Мбаппе Олимпиадада ўйнашини хоҳламоқда  7 18:47Малайзия терма жамоаси футболчисига кислота сепилди  3 18:18"Андерлехт" "Бавария" дарвозабонига қизиқмоқда  1 17:49"Бавария" вингери машғулотларга киришди  1 16:55Бьелса Уругвай терма жамоасига ҳаваскорлар лигасидан футболчи чақирди  3 16:28Магуайр жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмида майдонга туша олмайди  2 16:00Маккенни "Ювентус"да қолмоқчи  0 15:33"Навбаҳор" "Локомотив"га ҳеч қандай имконият қолдирмаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  15

"Biz hali ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'lamiz" - "Bunyodkor"ning yangi sardori Yangiliklar

"Biz hali ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'lamiz" - "Bunyodkor"ning yangi sardori

Xabaringiz bor, so'nggi paytlarda "Bunyodkor" jamoasida malum bir jabhalarda o'zgarishlar yuz bermoqda.

Bu nafaqat klub boshqaruv tizimi, murabbiylar shtabida, balki jamoada ham ro'y berayotganini aytish joiz. Bilasiz, "Bunyodkor"ni uchrashuvlarda sardor sifatida Davronjon Ergashev boshlab tushayotgan edi. Endilikda esa sardorlik vazifasi Avazbek O'lmasalievga ishonib topshirildi. Biz bu borada "qaldirg'ochlar"ning yangi sardorining fikrlari bilan qiziqdik. 


- "Bunyodkor" jamoasining yangi sardori etib tayinlandingiz. Sardorlik bog'ichini qanday qabul qilib oldingiz?

- Murabbiylar va jamoadoshlarim ishonch bildirib sardorlikni berishdi. "Bunyodkor"da barcha futbolchilar maydonda borini beradi. Bu esa tabiiyki jamoa sardoriga yaxshi. "Bunyodkor"dek jamoani etakchisi bo'lish katta sharaf, deb o'ylayman. Masuliyat ham nihoyatda katta. Bu tasodif emasligini, murabbiylar qarori qanchalik to'g'ri ekanligini o'yinlarimiz orqali oqlashga harakat qilaman. 

- Faoliyatingizda avval ham sardor sifatida harakat qilganmisiz?

- Yo'q. Rasmiy o'yinlarda bunday holat yuz bermagan. Bilasiz, jamoalarda vice-sardor, degan narsa bor. Men hattoki, vice ham emasdim. Nasib, qilsa "Nasaf" bilan o'yin men uchun sardor sifatida debyut bo'ladi. 

- Sizningcha murabbiylar bunday qarorga kelishiga nima sabab bo'ldi, jamoa ichki muhitida o'zgarish yuz berdimi?

- "Bunyodkor"da ichki muhit har doim yaxshi bo'lib kelgan. Bundan keyin ham yaxshiligicha qoladi. Nima uchun bunday qarorga kelishgani murabbiylarga ayyon.

 

- Mavsum startidan keyin "Bunyodkor"ni taniy olmay qoldik...

- Dastlabki 5-6 turni yaxshi o'tkazdik. Muhim g'alabalar qo'lga kiritildi. Lekin aytganingizdek ko'p ochkolarni yo'qotdik. Mana endi jamoamiz barqarorlashib bormoqda. Qolgan uchrashuvlarda maksimal ochko to'plash uchun bor kuchimizni ishga solamiz. 

- Oldinda Qarshida  "Nasaf" bilan uchrashuv kutmoqda. O'tgan safar mo'jiza mag'lubiyatdan qutqargandi...

- Hech qaysi jamoa bilan oson bo'lmaydi. SHuning uchun oldinda qizg'in to'qnashuvlar bisyor. Xudo xohlasa, 24 sentyabr oqshomida butun vujudimiz g'alabaga qaratilgan bo'ladi. Qolganini vaqt ko'rsatadi. O'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. SHoshilmang, biz hali barchaga bosh og'riq bo'la olamiz. SHaxsan men bunga ishonaman. 

- Aleksandr Krestinin nimani o'zgartirdiki, natijalar sekin-asta o'zgarmoqda?

- O'yin uslubi o'zgardi, biz endilikda hujumga etibor bermoqdamiz. O'yinni raqib maydonida quryapmiz. Vaziyatlar ko'p yaratmoqdamiz. Natija ham keladi, albatta. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика