So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  12 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

Biz g'alaba mashinasi emasmiz, biz uchun natija JCH bo'lishi kerak! Yangiliklar

Biz g'alaba mashinasi emasmiz, biz uchun natija JCH bo'lishi kerak!

Osiyo o'yinlarida qatnashgan futbolchilarimiz haqida to'xtalib o'tish niyatida emasmiz. CHunki ular qo'ldan kelganini qildilar.

Janubiy Koreya safida Angliya Premer-ligasi o'yinchisi turgan bir paytda, biz mash-mashalar bilan zo'rg'a yakunlab olganimiz Superliga futbolchilari bilan qatnashdik.

Saytimizda chiqqan maqola mag'zini tushunmagan aksar o'quvchilar jurnalistlarni ayblayaptilar. "Kecha maqtayotgan edingiz-ku!" Bugun biz futbolchi va murabbiylarni tanqid qilmayapmiz. Tizim hamon eskiligicha qolayotgani achinarli!

Tarkibga nazar tashlasangiz, eng kerakli o'yinchilarimizda charchoq alomatlarini ko'rasiz. Ular mana ikki yildirki, dam nimaligini bilmaydilar. 2017 yilning so'nggi kunlarini eslang. Yangi yil arafasida ham yig'in bo'ldi. Yangi yil o'tib yana yig'ilishdi. Superliga o'yinlari o'z yo'lida qolib ketdi. Yig'in, yig'in, yig'in! Osiyo chempionatini yutdik, bo'ldi!

Etiborni BAAdagi Osiyo Kubogiga qaratish kerak bo'lgan bir paytda biz Osiyo o'yinlari haqida o'ylashni boshladik va Eron, Senegal, Marokash, Urugvay kabi terma jamoalar bilan o'yin biz uchun Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tadi. Bizdagi yigitlarning tagini surishtiring, bunday katta bosimni ko'tara olmaydi. Sababi yoshligida ularning tanasi kerakli ozuqa bilan to'yinmagan.

O'FAda odam anatomiyasini o'qigan biron mutaxassis bormi, yo'qmi? Necha yillardan beri arzimas natijalarni deb MTJning porloq futbolchisi bo'lishi kerak deb aytadigan o'yinchilarni yo'qotib qo'ymoqdamiz. Kuper nima deganini bilasizmi? Menga bugun kim tayyor bo'lsa, o'shani o'ynataman! Unga kelajagi porloq, ammo kelajakkacha etib bormaydigan futbolchi kerak emas. To'g'ri qiladi ham. MTJ bu shunday joyki, unga kim tayyor bo'lsa o'sha kirishi kerak. Bu ikki yildan keyin zo'r o'yinchi bo'ladi, terma jamoaning asosiy tarkibida o'ynaydi deyish noto'g'ri.

1995 yilda tug'ilganlarni allaqachon tinch qo'yishimiz kerak edi. Javohir Sidiqov Bangladesh, Qatar kabi terma jamoalarning kecha futbol o'ynashni o'rgangan futbolchilari bilan raqobatlashib yurgandan, "Qo'qon-1912" tarkibida to'p tepganida, balki qo'qonliklar hozir kuchli oltilikda bo'larmidi. MTJning kelajagi deya qaralayotgan futbolchi endi mavsumni qolgan qismini o'rtamiyonalarga qarshi o'tkazib yurishga majbur. SHunday ekan, qanday qilib u Osiyo Kubogiga yaxshi formada tayyor bo'ladi? "Nasaf" o'yinchilari yil davomida bir nechta turni qo'yib yubordilar, bu yig'inlar ko'pligidan. "Nasaf" ham oltitalikka kira olmadi. Aziz G'anievni biron hafta dam olmagani, jiddiy jarohat olishiga sabab bo'ldi. Mashinani dam bermay haydayversangiz "remeni" uziladimi? Yashang, futbolchining sog'lig'i ham shunday. "Pokoy" degan narsa bor.

Biz Osiyoning Germaniyasi emasmiz, yo'limizda duch kelgan musobaqani yutib ketadigan. Germaniyada o'yinchilar shunchalik ko'pki, har bir terma jamoaga etib ortib qolyapti. Bizda esa malum bir guruhni bir nechta terma jamoada yugurtiramiz. SHunga ham muxlis o'ylaganidek, biz futbolchini tanqid qilmayapmiz. Ikrom Aliboev ham o'zini bosib olsin. "Tvitter"da piching qilishdan avval MTJ darajasida biron narsani qoyil qilsin. SHu futbolchilar ayta olmagan gapni, futbolchilar nomidan aytyapmiz, tinch qo'ying ularni, o'ynasin Superligasida, oilasini boqsin! FIFA kunlari bor yig'inlarga.

Endi bu yigitlarning aksari keliboq Kuper yig'iniga qo'shiladi. Keyin yana Superliga, keyin Osiyo Kubogiga tayyorgarlik. Ronaldu va Messi nima uchun "qariganida" ham yulduz? Dam olishni biladi, payti bor hamma narsaning. Ularni rahbariyat yoki murabbiy har ko'yga solmaydi va bunga ular rozi ham bo'lmaydi. Ularning ligasi esa futbolchilarni himoya qiladi. Klublari MTJdan boshqasini tan olmaydi. Buning bari ortida shaxsiy manfaat emas, MTJ yotadi. Ular yaxshi biladiki, futbolchi bu nihol, uni parvarishlamasa qurib bitadi.

Keling so'rovnoma o'tkazamiz. Bizga mayda-chuyda musobaqalar kerakmi 4 yilda 3-4 marta g'olib bo'ladigan yoki 4 yilda bitta chiqadigan JCH? Maqolani o'qir ekansiz, iltimos qilardikki, so'rovnomada ham qatnashib ketishingizni. Balki O'FA xalqni eshitar?

Barcha terma jamoalar Osiyo o'yinlarini Tokio olimpiadasi yo'lida tayyorgarlik musobaqasi sifatida qarayotgan bir paytda, biznikilar charchab, bor kuchini berib turib ham kechirim so'rab o'tiribdi. SHaxsan, "CA" muxbirlari musobaqadan oldin natija haqida yozmagan.

Bugungi maqola va videolardan keyin ko'plab munozara ketdi. Xato qilishdan avval, uning xato ekanini tushunib etishimiz kerak. Har bir ishda, xabar chiqarishdan oldin ham natija qo'yishdan oldin ham.

Maqola so'nggida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning jurnalistlar bilan doim birga ekanliklarini aytib o'tganlari va ular davlat himoyasida ekanliklarini eslatib o'tamiz! Futboldagi OAV, jahon chempionatini istaydi! Xalqni bayram qilishini istaydi! Futbolni o'yinchoq bo'lishini jim kuzatib tura olmaydi! Aynan OAVni rivojlantirish yo'lida SHavkat Miromonovich tomonidan jurnalistika universiteti tashkil qilindi va birinchi marta "Sport" fakulteti bakalavr tizimidan faoliyat yurita boshladi. 2018 yil qabuliga ko'ra, 10 nafar talaba mazkur fakultetga o'qishga kirdi.

Azimsher Qodirov.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика