So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

Biroz kamtarroq bo'ling Yangiliklar

Biroz kamtarroq bo'ling

8 sentyabrning farahbaxsh tongi. Hamma odatdagi ishiga shoshilmoqda. Bu vaqtda Franciya terma jamoasi va Bavariya klubi futbolchisi Frank Riberi Goal nashri muxbiri bilan suhbatlashib o'tiribdi.

Jurnalist undan intervyu olar ekan, yarim himoyachiga Germaniya superkubogining Borussiya (Dortmund)ga qarshi o'yinidagi bir holatni eslatdi. O'shanda Riberi o'zini ushlab qolmoqchi bo'lgan Robert Passlakning yuziga chap qo'li bilan ikki marta zarba berib, kamiga tirsagi bilan boshiga turtishga ham ulgurgan va atigi sariq kartochka bilan jazolangandi. Frank mazkur vaziyatga izoh berar ekan, o'zini hech nimani bilmaganga solib, quyidagi jumlalarni aytdi: Ha, faoliyatimda bunday holatlar ham bo'lib turadi. Axir men juda hissiyotli, kuchli insonman. Men bunda hech bir yomon jihatni ko'rmayapman. Eng muhimi, kim ekanimni do'stlarim yaxshi bilishadi: men ulkan qalb sohibi bo'lgan yaxshi yigitman.

Oradan bir necha kun o'tgach, Aleksis Sanches ham OAVda bosh mavzuga aylandi. Gap shundaki, chililiklar JCH-2018 saralashi uchun bo'lgan bahsda Boliviya bilan nursiz durang qayd etishdi va o'z imkoniyatlarini sezilarli darajada pasaytirib yuborishdi. SHunda muxbirlar futbolchiga qaltis savol berishdi: Aleksis dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida yurishiga nima xalal beryapti? SHunda Sanches ularga antiqa javob qaytarib, barchani hayratga soldi. Men hech kimga havas qilmayman va hech bir futbolchidan kam emasman. O'zimni Messi va Ronaldular darajasidagi futbolchi deb bilaman. CHunki mening imkoniyatlarim ularnikidan aslo qolishmaydi.

To'g'ri, bunday oliftagarchilikni Riberidan kutish mumkin, ammo doim kamtar futbolchi sifatida tanilib kelgan Sanchesning yuqoridagi gaplari unda ham manmanlik illati borligini ko'rsatmoqda. Bu esa Aleksisning o'zini yaxshi ko'radigan quyidagi futbolchilar qatoriga qo'shilishini taminladi.

Krishtianu Ronaldu


Men so'nggi 20 yillikdagi eng kuchli futbolchiman, - degandi Krishtianu Ronaldu Italiya nashrlaridan biriga bergan intervyusida, - va bu o'zimning fikrim emas. Bu haqda mening natijalarim gapiradi. Barchaga yaxshi malumki, Krishtianu o'zining yutuqlariga juda yuqori baho beradi. Ammo kamtarlikdan asar ham bo'lmagan yuqoridagi gaplar Messidan tortib Zidangacha bo'lgan juda ko'p futbolchilarning g'ashiga tegishi tabiiy.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, yani portugaliyalik futbolchi haqida maxsus hujjatli film yaratilganda, Ronalduga savol berishdi: Nega endi bosh qahramon roliga Messi emas, aynan sizni tanlashdi? Krishtianu esa javob berdi: Negaki, film ijodkorlari dunyoning eng yaxshi futbolchisini qidirishgandi. Ha, Ronalduning Lionelga munosabati o'zgacha. Biroq shunday fitnali savol bergan jurnalist ham hurmatga arzimaydi.

Messi haqida yana bir yondashuv: Ehtimol, siz eng yaxshi sifatida Messini tanlarsiz?! Ammo men o'zimni undan ustunroq bilaman. Umuman olganda, raqobatimiz kaminani zarracha tashvishga solmaydi. Axir, men eng yaxshi bo'lganimdan keyin, bu haqda bosh qotirib nima qilaman?! Juda kamtarona so'zlar-a?

Yaya Ture

Ochig'ini aytish kerak, Yaya Ture shunchalik mashhurlashib ketgani uchun agenti Dmitriy Selyukka alohida minnatdorchilik bildirishi kerak. CHunki Selyuk o'z mijozi manfaatlarini himoya qilishda shunday iboralarni ishlatadiki, hayron qolasiz. Turening o'zi ham bazida agenti kabi qizishib ketadi.

Masalan, o'tgan yilgi Angliya chempionatidagi muvaffaqiyatsiz startdan keyin u alamini jurnalistlardan oldi va bir necha yillik ginasini oshkor qilib qo'ydi: Sizlar mening Barselonani tashlab, bu erga kelganim haqida emas, qancha maosh olishim haqida yozasizlar, xolos. Bu - sharmandalik! Axir, men Siti sovrinlarni yutib olishiga ko'mak berish uchun bu erga kelganman. Biroq qachon shu haqda og'iz ochsam, baringiz kulishni boshlaysizlar. Men - Yaya Ture jamoa o'yinini qanchalik o'zgartira olishimni esa birortangiz tushuna olmaysiz.

SHu voqeadan keyin ham Ture bir necha bor o'zini kamsitilgandek tutdi: uning tug'ilgan kunida klub tort tortiq qilmaganida, Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilmaganda va hokazo. Vaholanki, bungacha u ushbu sovrinni ketma-ket to'rt yil hech kimga bermagandi...

Xullas, Ture uning uslubi ko'pchilikka yoqmasligini yaxshi biladi. Qizig'i shundaki, unda javoblar doim tayyor. O'zimga haddan ortiq bino qo'yganmanmi? Yaxshisi, bu savolga Manuel Pellegrinining so'zlari bilan javob beraman. U mening o'yinimdan qoniqqan paytlarda aytardiki, dunyo faqat uch nafar qora tanlini hurmatga loyiq deb biladi: Martin Lyuter King, Nelson Mandela va Yaya Ture. Men uning hazilini yuksak qadrlayman.

Mario Balotelli

O'z-o'ziga baho berish lozim bo'lsa, uncha-muncha buyuk futbolchilar Balotellining oldida ip esholmay qolishadi. 2012 yilning yozi: Faqat Messi mendan kuchliroq. Ammo farq unchalik katta emas. Oradan bir yil o'tgach, Marioning ro'yxati biroz kengaydi va sal kuchliroqlar safidan Messi, Zlatan va Ronaldular o'rin olishdi.

Berluskoni Italiyaning eng zo'r futbolchisi sifatida Kassanoni tan olishini aytganda esa Marioning asabi buzildi: YO u men haqimda hali bilmaydi yoki Silvio adashdi. Takidlash lozim, bu gap 2011 yilda, Balotelli Milanga o'tishi oldidan aytilgandi. Super Marioning hazillashish uchun topgan vaqtini qarang...

Zlatan Ibragimovich

Agar bu yorug' olamda manmanlar klubi bo'lganida va Ibragimovich uning azosi sanalganda, aniqki, Zlatanni boshqalarga hurmatsizlik uchun jamoadan haydab yuborishardi. Zlatan o'zini hammadan - futbolchilardan, murabbiylardan, tadbirkorlardan, ovchilardan, xullas, butun dunyodan ustun qo'yishiga isbot kerak bo'lsa, uning har bir so'ziga etibor berib, kuzatib yuring.

Men asl vinoga o'xshayman: yildan-yilga o'tkirlashib boraveraman.

Parijdan ketayotganimda birdan yomg'ir quydi. Hattoki, osmon ham ketishimga chiday olmadi.

Bular - so'nggi yozdagi gaplar, xolos. Agar Ibra haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz, Mensiz o'tadigan jahon chempionatida ko'radigan hech vaqo bo'lmaydi kabi gaplarga duch kelasiz. Darvoqe, Arsenal ko'rigi bilan bog'liq ko'hna voqea ham juda ajoyib. Aytishlaricha, Malmyoda o'ynayotgan 19 yoshli o'smir kanonirlar vakillari faqat ko'rik uchun kelishganini bilgach, kiyimlarini ham almashtirmay, uyiga qaytib ketgan ekan.

Pele va Maradona

Millionlar o'yini tarixida eng buyuk insonlarni eslamasak, ro'yxatimiz to'kis bo'lmasdi. Boz ustiga, o'z-o'zini maqtashdan Pele ham, Maradona ham sira tortinmaganlar. Harqalay, kimsan - futbol qiroli Pele: Men Messidan ancha kuchli bo'lganman, axir kamina har ikkala oyoqda bir xil o'ynardim, deb tursa, boshqalardan nimani ham kutish mumkin?!

Maradona esa o'zining barchadan ustunligini imkon bo'ldi deguncha, takrorlashdan charchamaydi. Tushunmayman, qachongacha kim kuchli ekani haqida tortishish mumkin? Pelemi yoki men? Istalgan odam albatta, meni tanlaydi-da!

Pele o'ynagan paytlarda himoyachilar maydonda shunchaki, qoziqdek qaqqayib turishgan. Bunday holatda urilgan gollarning qadri bo'ladimi?!

Agar Pele o'zini futbolning Betxoveni deb bilsa, demak men futboldagi Ron Vud va Kit Richards (dunyoga mashhur The Rolling Stones guruhi) ekanman.

Mana shunaqa gaplar... Aytgancha, Leo Messi - Maradonaning ilhomini keltiradigan kishilardan biri. 1986 yilgi jahon chempioni Argentina terma jamoasining hozirgi etakchisini tez-tez nishonga olib turmasa bo'lmaydi. Xullas, Maradonaning ideal iqtiboslaridan biri: Ha, men Messidan ko'ra kuchliroqman. Peledan esa ikki karra zo'rman. Qoyil...

Isroil RAHIMOV tayyorladi

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика