So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  18 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  74 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

Birodar Abduraimov: "O'g'limni tabriklayman" Yangiliklar

Birodar Abduraimov: "O'g'limni tabriklayman"

Teglar :  Azamat Abduraimov
Bugun shou dasturidan so'ng barcha qatnashchilar poytaxtimizdagi Yakkasaroy restoraniga taklif etildi.

Bir piyola choy ustida tabdirning badiiy qismi davom ettirildi. Mehmonlar so'zga chiqib, o'zining 50 yoshlik yubileyini nishonlayotgan Azamat Abduraimovni tabriklashdi. So'zga chiqqanlar orasida O'zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov, yana bir guruh kino va teatr aktyorlari, Azamat akaning otasi Birodar Abduraimov, futbolimiz afsonasi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi 12-Osiyo o'yinlari g'oliblari bor edi. 

"Futbolchilarimiz o'sha paytda faoliyatlarining eng gullagan va shu bilan birga kuchga to'lgan davrini o'tkazishayotgandi. Hamma chiziqlarda kuchli o'yinchilar jam bo'lgan edi. Himoyada Andrey Fyodorov, Farhod Magometov, yarim himoyada Mirjalol Qosimov, Ilhom SHaripov, Stepan Atoyan, hujumda Igor SHkvirin, SHuhrat Maqsudov, Azamat Abduraimov o'ynardi. Lekin jarohat olganlar ham yo'q emasdi. SHunga qaramay, 14-15 futbolchi shu 7ta o'yinda g'alaba qozonib, yakunda Osiyo o'yinlari g'olibi sifatida Toshkentgan qaytgandik. Bilasizmi, bizga Osiyo o'yinlarining kutilmagan jamoasi sifatida qarashgan. Futbol mutaxassislari, xususan afsonaviy Valeriy Lobanovskiy juda iliq fikrlarni bildirgandi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bor, degandek, ayrim jamoalarning jiddiy etirozlariga ham duch kelganmiz. Sababi, biz bir xil rangdagi futbolka va getralarda qita o'yinlariga borgan edik. Boshqa jamoalar bilan futbolchilarimizning kiyimi bir xil rangda bo'lib qolganda yaxshigina etiroz bildirishgan. Xatto raqiblarimiz tomonidan OFKga shikoyat xati ham yozilgandi. SHunga qaramay, yakunda yuzimiz yorug' bo'lib, O'zbekistonga qaytib kelgandik. Fursatdan foydalanib, o'g'limni bugungi yubileyi bilan tabriklayman. Bir zumda 50 yoshni ham qarshilabdi (kuladi). Hamisha u bilan faxralanib yuraveraylik", - deydi Birodar Abduraimov. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика