Birodar Abduraimov 75 yoshga to'ldi
14 may 2018 13:42
Yangiliklar


Birodar Abduraimov 75 yoshga to'ldi
Bugun o'zbek futbolining barhayot afsonasi, mamlakatimizda kattayu kichik muxlisning aziz futbolchisi bo'lgan Birodar Hasanovich Abduraimov 75 yoshni nishonlamoqda.
O'zbekistonda XX asrning eng yaxshi futbolchilaridan bir, "SHuhrat" medali va "O'zbekiston iftihori" ko'krak nishoni sohibi Birodar Abduraimovni tanimagan va bilmagan ishqiboz topilmasa kerak.
O'z vaqtida "Paxtakor" tarkibida betakror o'yinlari bilan muxlislar qalbini zabt etgan Birodar Hasanovich o'zbek futbolining rivojiga katta hissa qo'shgan va hozirda ham qo'shib kelmoqda. Birodar Hasanovichning o'g'illari Azamat, Jasur va Bahodir otasi kabi futbolchi sifatida muxlislar mehrini qozona olishgan.
Biz saytimiz nomidan Birodar Abduraimovni 75 yoshi bilan tabriklaymiz. Doimo sog'-salomat bo'ling Birodar Hasanovich!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar