So’nggi yangiliklar

21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  0 20:51Пепе фаолиятини якунлади  2 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  0 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  14 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  3 19:19Ансельмино "Челси"га ўтгандан кейин: "Болалигимдан буни орзу қилардим"  1 18:50Сиаваш Ҳақназарий: "Биринчи давра қандай ўтгани ҳақида гапиришни истамайман. Янги бош мураббий жамоавий руҳимизни ўзгартирди"  1 18:23ПРО-Лига. "Шўртан" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:16ПРО-Лига. "Арал" – "Дўстлик": Асосий таркиблар маълум  1 18:11Жаҳон чемпионати саралаш босқичи. Ўзбекистон - КХДР учрашувини Аҳмад ал Каф бошқариб боради  15 17:54Буни кўрдингизми? Де Брюйне услубини ўзгартиради   4 17:30Энцо Фернандес янги мавсумда "Челси"нинг сардорларидан бири бўлади  0 17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0

Birinchi ligada o'zgarishlar vaqti keldi Yangiliklar

Birinchi ligada o'zgarishlar vaqti keldi

Teglar :  1-liga PFL
Biz avvalgi yillardan farqli ravishda bu yil quyi ligaga nisbatan ko'proq etibor berdik.

Etiboringizga jamoalarning uy stadionlaridan tortib, tur tahlillarni havola qildik. Tur o'yinlari oldidan taxminlarimizni berib bordik. Asosiy uchrashuvlarning sharhlarini nazardan chetda qoldirmadik. Quyida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar, murabbiy va futbolchilar bilan intervyular uyushtirdik. Xullas, quyini qo'ldan kelgancha yoritishga harakat qildik. Oxirgi uch mavsumdan buyon birinchi liga bahslarini deyarli muntazam ravishda kuzatib kelyapman. Aniqrog'i, uchrashuvlarni bevosita stadionda tomosha qilyapman. Bu yil avvalgi mavsumlardan farqli ravishda uzoq va yaqin safarlarga ham chiqdim. Bevosita stadion va maydonlarning holati, echinish xonalari haqida taassurotga ega bo'ldim. Qolaversa, klub rasmiylarining so'zidan kelib chiqqan holda jamoalarning moliyaviy holati qanday ekanligini bildim. Qisqasi, o'zimga yarasha xulosalarga keldim. 


REGLAMENTDA NIMA DEYILGAN?

PFL ishlab chiqqan Reglamentga ko'z yugurtirsangiz 3-bo'lim klublar qo'yilgan talablar uchun ajratilganiga guvoh bo'lasiz. Talablar soni 17ta. Quyida o'sha talablar bilan tanishib chiqamiz. Keyin o'z-fikr mulohazalarimiz bilan o'rtoqlashamiz. 

Futbol klublariga qo'yilgan talablar

Oliy va birinchi ligada ishtirok etadigan klublari xususiy ham bo'lishi yoki qaysidir tashkilotga qarashli ham bo'lishi mumkin.

1. O'FF va PFL azosi bo'lishi kerak. O'zining faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonun-qoidalaridan kelib chiqqan holda olib borishi lozim.

O'zining ramzi, emblemasi va firma qog'oziga ega bo'lishi kerak.

Jamoaning nomi klub nizomida qayd qilinishi lozim.

Farm-klub asosiy jamoaning nomi bilan nomlanadi.

2. Futbol boshqaruvi bilan bog'liq savollarning javobida O'FF va PFLga bo'ysunishi kerak.

3. O'zbekiston Respublikasining amaldagi Fuqarolik kodeksiga ko'ra, yuridik shaxs hisoblanadi.

4. FIFA va OFKning licenciyasiga ega murabbiylari bo'lishi lozim (licenziyasi yo'q murabbiylar bilan shartnoma tuzish qatiyan taqiqlanadi).

5. Oliy liga klublari rasmiy uchrashuvlarni o'tkazish uchun eng kamida 5 ming muxlisni (birinchi liga jamoalari uchun bu talab 3 mingni tashkil qiladi) qabul qilishga mo'ljallangan stadionga ega bo'lishi yoki ijaraga olinganligi haqidagi shartnomasi bo'lishi lozim (stadionning yoritgichlari kamida 1200 lyuks darajada yoritishi kerak). 

6. Mashg'ulotlar o'tkazadigan bazasi, futbol maydoni va infrastrukturasiga ega bo'lishi kerak.

7. BO'SM o'quv ishlarini olib borishi uchun sport bazasi bo'lishi lozim. Unda etarli maydonlar, mashg'ulot maydonlari, trenajer zali, o'quv xonalari bo'lishi kerak.

8. Klub bosh homiysi tomonidan tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan (hujjatlashtirilgan) moliyaviy nizomga ega bo'lishi shart.

Jamoa PFL buxgalteriyasiga har oyda bir marta, mavsum oxirida yillik moliyaviy hisobot topshirishi lozim. 

9. Oliy liga jamoalari infrastrukturasi bor 160 nafar boladan kam bo'lmagan tarbiyalanuvchisi bor futbol maktabiga ega bo'lishi kerak. Birinchi liga klublari esa, BO'SM va maktab-internatlar bilan uzoq yillik hamkorlik shartnomasi tuzishlari lozim. 

10. Oliy liga klublari qoshida ayollar jamoasi bo'lishi kerak. Rahbariyat ayollari jamoasini oliy, birinchi va O'zbekiston Kubogidagi ishtirokini taminlashi, natijalarini nazorat qilib borishi lozim. 

11. 25ta o'rindiqdan kam bo'lmagan avtobusi bo'lishi, aloqa jihozlari (xususan, faks), kompyuter va kompyuterda o'zaro aloqa almashish uchun modem bo'lishi kerak.

12. O'zining matbuot xizmati va veb-saytiga ega bo'lishi kerak.

13. Klub shtatida yurist lavozimi bo'lishi lozim.

14. Xavfsizlikni taminlash uchun o'zining oficeriga ega bo'lishi kerak.

15. Licenziyalash uchun o'zining menejeri bo'lishi lozim.

16. Jismoniy shaxs ikki yoki undan ortiq klubning boshqaruv akciyasini qo'lga kirita olmaydi. 

17. Klub rahbarlari, murabbiylar shtabi, futbolchilar “Halollik deklaraciya”ga imzo chekishi shart. Aks holda musobaqaga qo'yilmaydi.

Yuqoridagi talablar oliy va birinchi liga klublari uchun qo'yilgan. Reglament bo'yicha yana bir talab borki, oliy liga klublari professional, birinchi liga jamoalari yarim professional bo'lsa ham bo'laveradi. Demak, talablar borasida ham qandaydir farq bo'lishi lozim. Ammo har ikkala liga vakillariga qo'yilgan talablarning faqatgina uchtasida farq bor. Aniqrog'i, ikkitasida farq bor, bittasi esa, faqatgina oliy liga klublariga tegishli. Birinchi farq 5-talabda. Unda oliy liga jamoalarining uy stadionining sig'imi eng kamida 5 mingni tashkil qilishi kerak, birinchi liga klublariga bu talab 3 ming, deyilgan. Ikkinchi farq 9-talabda. Oliy liga jamoalari eng kamida 160 nafar bola shug'ullanadigan futbol maktabi ega bo'lishi lozim. Birinchi liga klublari esa, futbol maktab internatlari yoki BO'SM bilan ko'p yillik shartnoma ega bo'lsa, shuning o'zi kifoya, albatta jamoa qoshida rasman maktab faoliyat ko'rsatishi ham shart. Birinchi liga ishtirokchilariga tegishli bo'lmagan talabga ko'ra, oliy liga klublari qoshida ayollar jamoasi ham faoliyat ko'rsatishi shart! Ortda qolgan yilda bir umumiy talab birinchi liga jamoalaridan talab qilinmadi. Bu “Halollik deklaraciya”siga imzo chekish. O'FF qoshidagi “Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish” qo'mitasi katta ehtimol bilan 2016 yilgi mavsumdan boshlab, birinchi liga klublariga ham shu talabni qo'yadi.

Oxirgi yillarga kelib, birinchi liga bilan oliy liga orasidagi tafovut shu darajada kattalashib ketdiki, bu xuddi maktab o'quvchisi va universitet talabasi orasidagi farqqa o'xshaydi. Maktabni bitirgan o'quvchi kollej yoki liceyda tahsil olgan bo'lishi shart, aks holda institut yoki universitetga qabul qilinmaydi. Bizning quyi bilan yuqori ligamiz orasida kollej yoki licey saviyasidagi musobaqa yo'q. Aslida avvaldan yo'q, chunki ilgari bunga muhtoj bo'lmaganmiz, lekin bugun bu bizga kerak. Reglamentdagi talablarga etibor qaratadigan bo'lsangiz, birinchi liganing saviyasi deyarli oliy liganiki bilan teng bo'lishi lozim. Garchi Reglamentda birinchi liga klublari yarim professional bo'lsa ham bo'laveradi, deyilgan bo'lsa-da! Agar bu talablar bir necha yillardan buyon amalda talab qilib kelinayotganini inobatga oladigan bo'lsak, o'z-o'zidan farq yildan-yilga qisqari lozim. Bizda aksincha, borgan sari saviya orasidagi tafovut oshib boryapti. Agar PFL ligalar orasidagi saviyani bir-biriga yaqinlashtirish haqida bosh qotirmaydigan bo'lsa, tez orada bundan ham yomonroq ahvolga tushib qolamiz. 

Talab professionallarga xos ekan, birinchi ligada ham faqat professional klublar qatnashsin. Aslida oliy ligamizda ham rostkamiga professional klubni topish mushkul bo'lib turgan bir vaqtda, quyidagilarga bunday talabni qo'yish mumkinmikan, dersiz. PFL bunisini o'ylamasligi shart! SHunchaki, talab qilsin! Aks holda chempionatimiz orqaga qarab ketaveradi. Kerak bo'lsa, oliy va birinchi liga ishtirokchilari sonini kamaytirish orqali bo'lsa-da, shunday yo'l tutilsin. Bo'lmasa bu yil bo'lgani kabi quyida oliy liga uchun kurash olib borgan “Obod” va “Oq-tepa”ni yo'llanmani qo'lga kiritsa oliy ligada qatnashadimi-yo'qmi, “toza” birinchi liga jamoalari bo'lgan mazkur klublar o'z o'rnilarini boshqa talabgorlarga “pullaydimi”, degan gap-so'zlarni ko'paytirib boraveramiz. Hatto hozir ham “Obod”ni oliy ligada qatnashishiga ishonmayotgan klublar bor. 

Albatta chekka-chekka qishloqlarimizda yarim professional klublar tashkil etilgani quvonarli holat. Mahalliy ishqibozlarga bu juda ham kerak. Qolaversa, futbolimizda klublar xususiy bo'lib, olti-sotdilarni, jamoaning nomini qora qiladigan har qanday nomaqbul ishlarni o'zining yuziga tushgan dog' sifatida qabul qiladigan rahbarlar paydo bo'lsa, bundan albatta yutuqqa erishamiz, biroq jamoa professional darajada emas ekan, uni birinchi ligaga qo'ymaslik kerak! Birinchi liga oliy liganing davomchisi. Quyida g'olib bo'lganlar har tomonlama yuqoriga chiqishga loyiq bo'lishi shart. Tabiiyki, havaskor, yarim professional klub oliyda o'ynashga loyiq bo'lavermaydi. Qolaversa, birinchi liga oliy liganing uzviy davomi ekan, quyida kichik tumanlar, shaharlar, qishloqlar, mahalla jamoalari va farm-klublar o'ynamagani maqul. Yo'q, farm-klubdan boshqasi o'ynayversin, faqat mahalla, maktab, kollej yoki licey stadionlarida emas, balki talablarga to'liq javob beradigan o'yingohlardan foydalansin. To'g'ri, kichik tuman, shaharcha, qishloq va mahallalarda jamoa tuzish, u erga taniqli klublari kelishi, xalqimiz tanigan, hurmat qilgan futbolchilarni kichik maydonlarda to'p surishi etiborga molik, aniqrog'i, ajoyib holat. Biroq bu birinchi liga. SHunday ekan, talab ham shunga mos bo'lishi shart! Birinchi liga klublari o'rtasidagi bellashuvni ko'rgan xorijlik mehmonlar o'yinni mahalla yoki kollej, licey jamoalari ishtirokidagi chempionat deb o'ylamasin! 


MOLIYAVIY HOLAT 

Futbolimizdagi moliyaviy holatni soddaroq usulda tushuntirishga harakat qilamiz. Bugungi kunda oliy liga klublarining yillik smetasi 7-8 milliard so'mdan 20 milliardgacha. Quyidagi jamoalarning smetasi esa, 100-400 million so'm atrofida. Oliy ligaga chiqishga harakat qilgan klublarning smetasi uzog'i 800 millionga etadi. Endi o'rtadagi tafovutga etibor qarating. Aytingchi, quyidan oliy ligaga chiqqan qaysi jamoa moliyaviy tomondan yuqoridagi sharoitga moslasha oladi? Fikrimcha, hech biri. Albatta, quyida uzog'i 1 milliardga yaqin mablag' sarflagan klub yuqoriga chiqqanida yillik smetasini 3 milliardgacha olib chiqishi mumkin, biroq bu summaga jamoaga qanday saviyadagi futbolchilarni taklif qilishini oldidan taxmin qilish qiyin emas! Tabiiyki, jamoa o'sha yilning o'zidayoq oliy ligadan tushib ketadiganlarning asosiylaridan biriga aylanadi. To'g'ri, xorijda ham klublarning moliyaviy imkoniyati teng emas, ammo bu darajada katta farq yo'q. Yoki jamoalar bu darajada havaskor emas! Eng asosiysi, ularda o'sha imkoniyati cheklangan klublarning futbol maktablari bor. Ular o'sha saviyasi past futbolchilardan ko'ra, o'z tarbiyalanuvchilariga o'ynash imkoniyati yaratib beradi. Tarbiyalanuvchilari ko'zga ko'rinsa ularni sotadi va bir-ikki so'm mablag' ishlab topadi. Bizning Reglamentda ham bolalar futboliga alohida ahamiyat qaratish uchun klublarga talab qo'yilgan. Lekin aytingchi, bugungi kunda o'sha talabni qaysi klub bajaryapti? Bir nechta etakchi klublarimizni inobatga olmasa, qolganlar pulni shunchaki havoga sovurayotgani hech kimga sir emas! Tarbiyalanuvchilari yo'qligi sababli jamoaga futbolchilarning kelib-ketishi to'xtamaydi va indamay quyiga ravona bo'laveradi. Birinchi liga haqida gapirmasa ham bo'laveradi?! Quyida qaysi jamoaning rasman futbol maktabi bor, iqtidorlarni etishtirib beryapti, bilmadim!? 


O'ZGARISHLAR VAQTI KELDI

Oxirgi yillarda oliy ligada futbolchilarning narxi suniy ravishda o'sib ketdi. Natijada klublarning yillik smetasi ham yildan-yilga ko'tarilib bormoqda. Bir vaqtlar O'FF klublarga smeta bo'yicha minimal talabni qo'ygandi, natijasini ko'rib turibsiz. Endi quyidagilarga ham shunday talab qo'yish lozim. SHundagina oliy liga bilan birinchi liganing moliyaviy holatini bir-biriga biroz yaqinlashtirish mumkin. Buning uchun yuqorida aytganimizdek, oliy bilan quyi liga ishtirokchilari sonini kamaytirishdan ham qo'rqmaslik kerak. Qaysi jamoa talabni bajarsa, o'sha klub musobaqada qatnashsin. Uzoq shahar, tuman, qishloq va mahallalarda tashkil qilingan havaskor klublar uchun alohida musobaqa tashkil qilgan maqul. Yani, birinchi ligadan keyin xuddi shu formatda o'tkaziladigan ikkinchi liga. Baribir havaskor, yarim professional klublar oliy liga uchun kurashmaydi. Natijada hech bo'lmasa dastlabki ikki liganing saviyasini oshiramiz. Baribir bizda Evropada bo'lgani singari 7-8ta liga tashkil qilishning iloji yo'q. Garchi jamoalarning soni ko'p bo'lsa-da, ularning moliyaviy holati bunga yo'l qo'ymasligi aniq.

Yaqinda birinchi ligaga chiqish uchun “pulka” o'yinlari bo'lib o'tdi. “Pulka” davom etayotgan bir vaqtda hamkasbimiz “G'allakor-Barsa” jamoasi bosh murabbiyi Furqat O'rolov bilan suhbatlashdi. G'allaorolliklar ustozi hamkasbimizning savollariga javob qaytarar ekan, “pulka”dan oldin PFLda yig'ilish bo'lganini, birinchi ligada moliyaviy tomondan loyiq bo'lgan klublar qatnashishi aytilganini takidlab o'tdi. Bu qaysidir manoda “pulka”ning hech qanday ahamiyati yo'qligidan darak beradi. Nima bo'lishini kelasi yil fevral oyida bilib olamiz. 

Nima demoqchimiz? Oliy va birinchi ligani shunchaki, rasmiyatchilik uchun o'tkazishdan voz kechish vaqti keldi. PFL shu haqida o'ylab ko'rsa, yomon bo'lmasdi. 

Furqatbek Nishonov




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика