Birinchi liga. "Xotira-79"ning dastlabki maqsadi kuchli sakkizlikka kirish
03 mar 2014 09:00
Yangiliklar

Birinchi liga. "Xotira-79"ning dastlabki maqsadi kuchli sakkizlikka kirish
Birinchi ligaga etibor qaratgan xolda, unda ishtirok etuvchi klublar haqida turkum maqolalarimizni berishda davom etamiz.
O'tgan yili birinchilikda debyut mavsumini o'tkazgan "Xotira-79" bu yil ham turnirda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi. SHuning uchun ayni paytda jamoaning mavsumga hozirligi qizg'in tus olgan.
BOSH MURABBIYLIKKA USMON ASQARALIEV OLIB KELINDI
Uychi tumanining "Xotira-79" jamoasi o'tgan yili birinchi liganing birinchi bosqichida o'zini ko'rsata olmagandi va natijada ula ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kirita olmagandi. Klub rahbariyati yo'l qo'yilgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqargan xolda, bu yil hammasini boshdan boshlamoqchi. Buning uchun ular eng avvalo bosh murabbiy postiga namanganlik taniqli murabbiy Usmon Asqaralievni olib keldi. Boy tajribaga ega bo'lgan Asqaraliev "Navbahor"dan ketgach, malum muddat ishsiz yurgandi. Endilikda Usmon Ahmedovich "Xotira-79"da mahalliy yoshlarni tarbiyalash bilan bir qatorda, Uychi tumanida barqaror jamoa tuzish ustida ish olib bormoqda. Bosh murabbiyga Dilshod Sultonov yaqindan yordam berib kelmoqda. SHuningdek jamoada bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan SHavkat Ahmedov ham o'z vaqtida mashg'ulotlarni o'tkazishda Asqaralievga assisentlik qilib kelmoqda.
JAMOANING YILLIK BYUDJETI 300 MILLION SO'MNI TASHKIL ETADI
Tuman jamoalarining yil davomidagi sarf-harajatlari u qadar katta summani tashkil etmaydi. CHunki tumanda jamoa oldiga birinchi navbatda mahalliy yoshlarni to'g'ri tarbiyalash va barqaror klub shakllantirish asosiy vazifalardan biri sifatida qo'yiladi. Aytishlaricha "Xotira-79"ning bu yilgi buyudjeti 300 million so'm atrofida ekan. Bilishimizcha birinchi liganing ayrim jamoalarida ham huddi shunday. Ko'ramiz bunday yillik buyudjet bilan Uychida qanday jamoa tashkil etilar ekan.
YIG'INGA 1 FEVRALDAN KIRISHILDI
Ko'pincha birinchi liga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikni fevral oyidan boshlaydi. Jumladan bugungi maqolamiz bosh qaxramoni "Xotira-79" ham yig'inni fevral oyining ilk kunidan boshladi. Mashg'ulotlarni bosh murabbiy Usmon Asqaraliev o'tkazdi. Bosh murabbiy betob bo'lib qolgani sababli bugun Andijonda "O'zDongJu" qarshi kechgan bahsga kela olmagan. Xotira-79 bu yil tarkibni yoshartirishga katta etibor qaratgan xolda, mahalliy yoshlarni sinovdan o'tkazmoqda. Yig'inning birinchi bosqichida 40 nafar futbolchi mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Bugungi kunga kelib esa ularning soni 28taga qisqardi. O'z vaqtida oliy ligada o'ynagan darvozabon Lochin Dolimov va himoyachi Maqsud Hayitov ayni damda jamoa bilan birga. SHuningdek birinchi liga miqyosida tajribali o'yinchi hisoblangan Alimardon Mirzaev ham joriy mavsumni "Xotira-79"da boshlash arafasida. Navbahor jamoasidan ham bir qator mahalliy yoshlar kelib qo'shilgan. Ulardan biri Javlon Xolmirzaevdir. Klub rahbarlarning aytishicha, tarkib asosan namanganlik futbolchilardan tashkil etilmoqda. Uychi tumanidan etishib chiqayotgan 1995 yil va undan kichik yoshda bo'lgan bir qator iqtidorli futbolchilar ham tarkibga jalb etilgan. Klub shu kungacha 18 nafar futbolchi bilan rasman shartnoma imzolashga erishdi. Tarkibdagi futbolchilarning eng qariyasi 1984 yil bo'lsa, eng yoshi 1996 yildagi futbolchilardir.
MAQSAD KEYINGI BOSQICHGA CHIQISH
"Xotira-79"ning bu yil o'z oldiga qanday vazifa qo'yayotganini bilish maqsadida jamoa boshlig'i Ilhomjon Atavalievga murojaat qilganimizda, eng avvalo birinchi bosqichni muvaffaqiyatli o'tkazib, keyingi bosqichga yo'l olish ekanligini malum qildi. Eslatib o'tamiz Mavsum-2013 da ilk bor birinchi ligada qatnashgan jamoa debyut mavsumida ikkinchi bosqichga chiqa olmagandi.
"PAXTAKOR" STADIONIDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
"Xotira-79"ning uy stadioni nomi "Paxtakor" deb ataladi. 5000ga yaqin muxlis uchun mo'ljallangan stadionda ayni paytda tamirlash ishlari ketmoqda. O'tgan yili bu stadionning maydoni ayrim klub murabbiylarida iliq taassurot qoldirgandi. Sifatli o'yin ko'rsatish uchun eng avvalo maydonni ideal xolatga keltirish zarur. Jamoa boshlig'i Ilhomjon Atavalievning bizga aytishicha, bu yil ham maydoning sifatiga katta etibor qaratgan xolda, yil boshida kerakli urug'lar olib kelinib, joiz bo'lgan ishlar amalga oshirilgan. Bu borada klub vakillari bizni ishontirib shuni aytdiki, bu yil ham maydonning xolatini ideal ko'rinishda bo'ladi. SHuningdek stadionning boshqa qismlarini ham qoniqarli xolatga keltirish uchun tamirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan mehmon va mezbon jamoalarning kiyinish va echinish xonalaridagi sharoitlar yaratilmoqda.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar