So’nggi yangiliklar

13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  5

Birinchi liga. “SHo'rtan” bir yilning o'zidayoq yana oliy ligaga qaytmoqchi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHo'rtan” bir yilning o'zidayoq yana oliy ligaga qaytmoqchi

G'uzorliklar o'tgan yili yo'l qo'yilgan xatolardan kerakli xulosa chiqargan xolda, bu yil hammasini boshidan boshlamoqchi.
YANGI MAVSUMGA YANGI BOSH MURABBIY BILAN
“SHo'rtan”da oxirgi yillarda murabbiylarning ko'nimsizligi kuzatilmoqda. Xususan o'tgan yili dastlab Edgar Gess va keyinchalik Zoir To'raqulov mavsum so'nggilarida esa Erkin Mirzaev boshqaruv postida ishladi. Oxir-oqibat bu salbiy jihat natijaga ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Jamoa boshlig'i Oblayor Rasulov bu yil bosh murabbiylikka Muxtor Qurbonovni olib keldi. Bir necha yillardan beri “NBU-Osiyo”da faoliyat yuritib kelgan Qurbonov uchun aslida “SHo'rtan” begona emas. Sababi yosh murabbiy ilgari futbolchilik davrida va murabbiylik faoliyatidagi dastlabki yillarni  G'uzor futbol klubida o'tkazgan. Endilikda Qurbonov murabbiy sifatida ishlamoqda. Bosh murabbiyga joriy mavsum Zoir To'raqulov, Jamshid Umarov hamda Erkin Mirzaev yordam beradigan bo'ldi. Muxtor Qurbonov yangi jamoasida ishga anchagina erta kirishdi va u mavsum boshlanishiga qadar o'ylagan rejalarini amalga oshirish uchun ixtiyorida etarlicha vaqt bo'lmoqda deyish mumkin.



Qurbonovning o'zi bilan suhbatlashganimizda bu yil jamoa oldiga qo'yilgan vazifa – oliy liga chiqish ekanligini aytib, faqat bu bilan cheklanib qolmasdan G'uzorda kurashchan jamoa shakllantirib kelasi yil ham “SHo'rtan”ni oliy ligada boshqarish niyati borligini yashirmadi. Murabbiylik sohasida ertaroq ish boshlagan Muxtor Qurbonov oldida bu yil haqiqiy imtihon turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Buni ayni paytda murabbiyning o'zi ham xis etib turgan bo'lsa ajab emas. Maqsadga erishish uchun rahbariyat tomonidan etarlicha sharoitlar yaratib berilmoqda. Ko'ramiz murabbiy bunga qay tariqa javob bera olarqin.

TAYYORGARLIK BOSQICHI 5 QISMDAN IBORAT
Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichi besh qismdan iborat bo'ladi. Hozircha ularning 3tasi ortda qoldi. 7 yanvardan tayyorgarlikni boshlagan “SHo'rtan” uch hafta mobaynida G'uzordagi qarorgohida mashg'ulot o'tkazdi. Keyinchalik esa aniqrog'i 25 yanvardan to 5 fevralga qadar “SHo'rtan”ning yig'ini Toshkentga bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'indan so'ng futbolchilarga qisqa muddatli dam berildi. 10 fevraldan esa uchinchi yig'inga kirishildi. Bu borada klubning poytaxtda kechgan mashg'uloti 24 fevralgacha davom etdi. Bu orada “SHo'rtan” asosiy etiborni sinov-nazorat bahslariga qaratgan xolda, PFL Kubogida ishtirok etishdan tashqari “So'g'diyona” va “Qizilqum” kabi oliy liga vakillari hamda Qozog'iston klublari bilan ham kuch sinashdi. 



ASOSIY TARKIB O'ZAGI DEYARLI SAQLAB QOLINDI
Aytish mumkinki, “SHo'rtan”ni o'tgan yilgi omadsizlikdan so'ng ayrim etakchi o'yinchilar tark etdi. Lekin hozirda Eldor Tojiboev, Zohid Raupov, Asror Aliqulov, Jamol Otaqulov, Botir Qodirqulov, Olim Karimov, Umar Eshmurodov, Aleksandr Vostrikov singari asosiy tarkib o'yinchilarining hamon jamoa yig'inida ishtirok etib kelayotganini ko'rish mumkin. Bundan tashqari jamoaning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida bir qator yangi futbolchilar tarkibga kelib qo'shilyotganini ham aytib o'tish joiz.

Xususan Muxtor Qurbonov qo'li ostida o'tgan yili “NBU-Osiyo”da o'ynagan – Islom Karimov, Husniddin G'ofurov, Jamshid Hoshimov, Abdulatif Abduqodirov, Vusld Magerramov hamda Arayk Boboev hozircha jamoa mashg'ulotlarida qatnashib kelmoqda. Bundan tashqari oliy liga darajasidagi o'yinchilar hisoblanmish Roman Abdulov, SHavkat Nasibullaev, Muqimjon Toshmatov va Viktor Klishin ham joriy mavsumni “SHo'rtan”da o'tkazish ilinjida. Qolaversa “Mashal” futbol klubi tarbiyalanuvchilari bo'lgan, Durbek Kamolov bilan Mahsud Mahmudov ham bu yilgi mavsumni “SHo'rtan”da ijara asosida o'tkazishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Bu futbolchilarning ikkici ham U-19 yoshlar terma jamoasiga nomzod sanaladi.



MOLIYAVIY IMKONIYATLAR QANDAY?
Tan olish lozim, bundan bir necha yillar oldin “SHo'rtan” transfer bozorida katta xaridlarni amalga oshirgani bilan ham ko'chilikni etiborini tortgandi. Xo'sh, bu yil moliyaviy tomondan jamoaning imkoniyatlari qanday? Bizga malum bo'lishicha, klubning bosh xomiysi “SHo'rtanneftgaz” unitar qo'shma korxonasi o'z vaqtida jamoani mablag' bilan taminlay olmayapti. SHu bois pul o'tkazish ishlari o'z vaqtida bajarilmayotgani to'g'risida malumotlar bor. Darvoqe, yodingizda bo'lsa “SHo'rtan” bosh direktori Oblayor Rasulov ham yaqinda o'z chiqishlarining birida, xomiylar tomon bu borada jiddiy etiroz bildirgandi.

“SHo'rtan”ning oldiga bu yil yana oliy ligaga qaytish vazifasi qo'yilgan ekan, avvalo shunga monand xomiylar tomonidan ham etibor etarli darajada bo'lmog'i kerak. Zamonaviy futbolda moddiy jihat ko'p narsani hal etadi. Yurtimizdagi klublarga etibor beradigan bo'lsak, ularning ko'pchiligi o'z futbolchilarini sport kiyimlari bilan taminlagan xolda bir xilda kiyintirib qo'ygan. Har bir klub imkoniyatidan kelib chiqib sport epikirovlarini ishlab chiqaruvchi firmalar bilan kelishuvga erishmoqda. Lekin “SHo'rtan”da hozircha bunday xolatni ko'rmadik. Hamma o'zida borini kiyib yuribdi. Extimol rahbariyat mavsum boshlanishiga oz muddat qolganida bu muammoni bartaraf etar. Yana kim biladi deysiz.



“SHO'RTAN”
RAHBARIYAT
Oblayor Rasulov – Bosh direktor
Ixtiyor Karimov – Jamoa boshlig'i

MURABBIYLAR SHTABI
Muxtor Qurbonov – Bosh murabbiy
Zoir To'raqulov – Katta murabbiy
Jamshid Umarov – Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy
Erkin Mirzaev – Darvozabonlar murabbiy

YIG'INDA QATNASHAYOTGAN FUTBOLCHILAR
Roman Abdulov
Eldor Tojiboev
SHavkat Nasibullaev   
Asror Aliqulov
Botir Qodirqulov
Jamol Otaqulov
Zohid Raupov
Olim Karimov
Umar Eshmurodov
Islom Karimov
Jamshid Hoshimov
Husniddin G'ofurov
Vusol Magerramov
Arayk Boboev
Abdulatif Abduqodirov
Alesandr Vostrikov
Viktor Klishin
Mahsud Mahmudov
Durbek Kamolov
Va bir qator mahalliy yoshlar

Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика