Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 6-tur statistikasi
04 may 2014 10:08
Yangiliklar
Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 6-tur statistikasi
27-28 aprel kunlari birinchi liganing “SHarq” mintaqasida 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Ortda qolgan turda muxlislar bir qator qiziqarli o'yinlarga guvoh bo'ldi. Odatimizga ko'ra, turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
MEHMONLAR UCHUN OMADLI TUR
6-turda bo'lib o'tgan 6ta o'yinning 3tasi mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlangan. Yana bir bahsda durang qayd etilgan bo'lsa, qolgan 2 bahsda mezbonlarning qo'li baland keldi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, ortda qolgan tur mehmon klublar uchun omadli kechdi.
Xususan “Kosonsoy” mehmoni bo'lgan “Qo'qon-1912” turnir peshqadamini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratib qaytdi, 1:4. Ushbu g'alaba qo'qonliklarni turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarilib olishini taminladi.
Namangan viloyatining yana bir vakili “Xotira-79” jamoasi esa Andijonning “UzDongJu” klubini qabul qilib ishonchli g'alabaga erishdi va o'z hisobiga navbatdagi qimmatli uch ochkoni yozdirib qo'ydi.
Jafar Irismetov boshqaruvidagi “NBU-Osiyo” ham turdan turga ijobiy natijaga erishib bormoqda. “Bankirlar” bu safar Pskentning “Istiqlol” jamoasi mehmoni bo'lib, 2:3 hisobida g'alaba qozondi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Bundan oldingi turda chempionatdagi ilk g'alabasini tantana qilgan “Paxtakor-2” yakshanba kuni o'z maydonida “Oq-tepa”ni qabul qildi. Ko'pchilik ushbu o'yindan oldin mehmonlarni favorit hisoblagandi. Lekin Dilshod Nuraliev shogirdlari osonlikcha taslim bo'lishni istamadi va raqibga dastlabki daqiqalardan boshlaboq, qiyinchilik tug'dira oldi. Uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida “Paxtakor-2”ning raqib darvozasini ikki bor aniq nishonga olgani ham so'zimizni isbotlab turibdi. Ushbu gollarga javoban “Oq-tepa” ham ikki daqiqa ichida ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Yakunda uchrashuv 2:2 natijasi bilan poyoniga etdi.
28 aprel, dushanba kuni turning ikkita o'yini bo'lib o'tdi. Unda muxlislar Toshkent derbisiga guvoh bo'ldi. Jumladan “Bunyodkor-2” o'z maydonida “Lokomotiv-BFK”ni qabul qilib arang g'alabaga erishdi. Muhiddin Ortiqov boshchiligidagi “qaldirg'ochlar” uchrashuvning 90+3-daqiqasida penaltidan to'p kiritib g'alabani o'z tomonlariga og'dira olishdi. Leonid Senkevich jamoasi esa shu tariqa alamli mag'lubiyatga uchradi.
Turning eng so'nggi o'yinlaridan biri Toshkentda o'tib, unda “Obod” CHustning “CHust-Paxtakor” jamoasini qabul qildi. CHempionatning dastlabki turlarida ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan toshkentliklar shu kuni o'zlariga sira o'hshamadi. Aniqrog'i bunga Vitaliy Legay jamoasi yo'l qo'ymadi. O'yinda Farhod SHokirovning kiritgan uchta goli evaziga mehmonlar g'alabani ilib ketdi.
GOLLAR
22ta gol. Ortda qolgan tur o'yinlarida hammasi bo'lib 22ta gol qayd etildi. Bu har bir bahsga o'rtacha 3,6tadan gol demakdir.
Kiritilgan gollarning 10tasi mezbonlar hisobiga yozilgan.
Qolgan 12tasi esa mehmonlarga.
Uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar jami 9ta gol ko'rishdi.
Ikkinchi taymda esa sermahsullik yanada oshdi va 13ta gol kiritildi.
6-turning eng tezkor goli muallifi – Doston Ibrohimov bo'ldi. “Paxtakor-2” o'yinchisi 11 daqiqadayoq “Oq-tepa” darvozasini aniq nishonga oldi!
Aksincha turning eng so'nggi goli muallifi esa – Nodir Mavlonov bo'ldi. “Bunyodkor-2” sardori 90+3-daqiqada “Lokomotiv-BFK” darvozasiga penaltidan to'p kiritib jamoasiga muhim g'alaba keltirdi.
Ushbu turda eng ko'p golni “Qo'qon-1912” urgan, 4ta!
Aksincha eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa esa – “Kosonsoy” bo'ldi, 4ta!
Gol o'tkazmagan jamoalar – “Xotira-79” va “Bunyodkor-2”!
Gol ura olmagan jamoalar – “UzDongJu” va “Lokomotiv-BFK”
3ta penalti. Hammasi aniq.
Penalti tepganlar: Rahmatullo Meliboev (“Qo'qon-1912), Rasul SHuhratov (“Obod”), Nodir Mavlonov (“Bunyodkor-2”).
Ushbu turda 3ta dubl qayd etildi! 2ta gol urganlar: Otabek Haydarov (“Qo'qon-1912”), Abdulatif Abduqodirov (“NBU-Osiyo”), Doston Ibrohimov (“Paxtakor-2”) bo'ldi.
SHuningdek 6-turda bitta o'yinda uchta gol urgan futbolchi ham ucharadi. Bu Farhod SHokirovdir. “CHust-Paxtakor” hujumchisi Toshkentda “Obod” darvozasiga uchta gol kiritib jamoasiga g'alaba keltirdi!
Ushbu turdan keyin ham to'purarlar ro'yxati peshqadami o'zgarmadi. Aniqrog'i “Istiqlol” hujumchisi Isroil Tursunov hamon 6ta goli bilan etakchi bo'lib turibdi.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
Ortda qolgan turning 6ta o'yinida hakamlar jami 26 nafar futbolchini sariq kartochka bilan siyladi.
* SHundan teng yarmi yani13tasi mezbon jamoa o'yinchilari tomon ko'rsatilgan bo'lsa, qolgan yana 13tasi esa mehmonlar hisobiga yozildi.
* “Paxtakor-2” – “Oq-tepa” o'yini turning eng qo'pol bahsi bo'ldi. Mazkur uchrashuvda bosh hakam Rustam Toilbjonov jami 8ta o'yinchini sariq kartochka bilan ogohlantirdi.
* Turning eng intizomli jamoasi “NBU-Osiyo” bo'ldi. Etiborlisi “bankirlar” “Istiqlol” bilan o'yinda birorta ham sariq kartochka olmasdan boshqalarga namuna bo'ldi.
* Aksincha ushbu turda eng ko'p ogohlantirish olgan jamoa esa “Paxtakor-2” bo'ldi, 5ta sariq!
* 6-turda bosh hakam tomonidan qizil kartochka olib maydonni barvaqt tark etgan o'yinchi ham uchradi.
* Ushbu qizil kartochka “Obod” – “CHust-Paxtakor” uchrashuvida qayd etilib, u mezbonlar azosi G'ayrat Umirovga ko'rsatilgan!
6TA O'YINNI JAMI 2802TA TOMOSHABIN KUZATDI!
Ortda qolgan turning jami 6ta o'yiniga hammasi bo'lib 2802 nafar tomoshabin qadam ranjida qilgan! Bu har bir bahsga o'rtacha 467tadan muxlis deganidir! Albatta bitta o'yinga ishqibozlar tashrifi 500tadan oshmayotgani achinarlidir. Garchi ushbu maqolamizni birinchi liganing ayrim klubi rahbarlari o'qisada, afsuski ular ham tomoshabinlarning stadionga tashrifini oshirish uchun turli xil loyixalarni ishlab chiqmaydi.
Etibor bering: “Bunyodkor-2” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuviga atiga 23ta (!!!) ishqiboz kirgan!
Toshkentda o'tgan “Obod” – CHust-Paxtakor” to'qnashuvini esa 58ta (!!!) muxlis bevosita stadiondan turib kuzatgani uchrashuv qaydnomasida ko'rsatilgan.
Eng ko'p tomoshabin esa Uychida kechgan “Xotira-79” – UzDongJu” bahsi bo'ldi. 1630ta tomoshabin!
1630ta tomoshabinni birinchi liga o'yinida eng yuqori ko'rsatkich bo'lgani, ligaga bo'lgan etibor qay darajada ekanligini ko'rsatib turibdi. Afsuski bu narsa mana bir necha turlarki beetibor qoldirilib kelmoqda.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Xotira-79 – Uz-Dong-Ju – 2:0. 1630 tomoshabin.
Kosonsoy – Qo'qon-1912 – 1:4. 828 tomoshabin.
Istiqlol – NBU-Osiyo – 2:3. 153 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Oqtepa – 2:2. 110 tomoshabin.
Bunyodkor-2 – Lokomotiv-BFK – 1:0. 23 tomoshabin.
Obod – CHust-Paxtakor – 2:3. 58 tomoshabin.
6-TURDAN KEYINGI VAZIYAT
To'purarlar:
Isroil Tursunov (Istiqlol) – 6ta.
Abdurazzoq Jo'raev (Kosonsoy) – 4ta.
Maruf Ahmadjonov (Oq-tepa) – 4ta.
Abdulatif Abduqodirov (NBU-Osiyo) – 4ta.
Islombek Isoqjonov (Xotira-79) – 4ta.
Farhod SHokirov (CHust-Paxtakor) – 4ta.
BUGUN UCHRASHADILAR
Bugun mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida birinchi liganing 7-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda muxlislar quyidagi qarama-qarshilikka guvoh bo'ladi.
7-tur. 4 may (yakshanba)
“CHust-Paxtakor” – “Oq-tepa”
“Lokomotiv-BFK” – “NBU-Osiyo”
“Qo'qon-1912” – “Istiqlol”
“Uz-Dong-Ju” – “Paxtakor-2”
“Bunyodkor-2” – “Xotira-79”
“Obod” – “Kosonsoy”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | Kosonsoy | 6 | 4 | 0 | 2 | 13 - 9 | 4 | 12 |
2 | Qo'qon-1912 | 6 | 3 | 3 | 0 | 9 - 2 | 7 | 12 |
3 | Oq-tepa | 6 | 3 | 1 | 2 | 11 - 8 | 3 | 10 |
4 | Xotira-79 | 6 | 3 | 1 | 2 | 8 - 6 | 2 | 10 |
5 | UzDongJu | 6 | 3 | 0 | 3 | 9 - 9 | 0 | 9 |
6 | Obod | 6 | 3 | 0 | 3 | 10 - 10 | 0 | 9 |
7 | NBU-Osiyo | 6 | 3 | 0 | 3 | 8 - 8 | 0 | 9 |
8 | Bunyodkor-2 | 6 | 2 | 1 | 3 | 6 - 7 | -1 | 7 |
9 | Istiqlol | 6 | 2 | 1 | 3 | 10 - 14 | -4 | 7 |
10 | CHust-Paxtakor | 6 | 2 | 0 | 4 | 7 - 11 | -4 | 6 |
11 | Lokomotiv BFK | 6 | 1 | 3 | 2 | 4 - 6 | -2 | 6 |
12 | Paxtakor-2 | 6 | 1 | 2 | 3 | 5 - 10 | -5 | 5 |

Fikrlar