Birinchi liga, "SHarq". May oyining eng yaxshi murabbiyi Aleksandr Mochinov
11 iyu 2014 17:10
Yangiliklar
Birinchi liga, "SHarq". May oyining eng yaxshi murabbiyi Aleksandr Mochinov
Xabaringiz bo'lsa kerak, saytimiz orqali birinchi ligaga etibor qaratgan xolda, oyning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlab uni ommaga elon qilib bormoqdamiz.
Ortda qolgan may oyi yakunlari bo'yicha ham saytimiz xodimlari bilan maslahatlashgan xolda oyning eng yaxshi murabbiyini aniqladik.
Unga ko'ra may oyining eng yaxshi murabbiyi deb Aleksandr Mochinovni topdik. Bu bejiz emas albatta. CHunki Aleksandr Vladimirovich boshqaruvidagi "Oq-tepa" may oyida o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Mazkur oy davomida uning jamoasi jami 6ta o'yin o'tkazdi. Etiborlisi Mochinov jamoasi ularning 5tasida g'alaba nashidasini surdi. Qolgan bir o'yinda o'z maydonida yon qo'shnisi "NBU-Osiyo"ga yirik (3:0) hisobda imkoniyatni boy berganini ham aytib o'tish kerak. Lekin ikkinchi davraning dastlabki o'yinida "Oq-tepa" "bankirlar"dan revansh olishga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa Mochinov jamoasi turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
Undan keyingi o'rindan esa "Xotira-79" bosh murabbiyi joy oldi. Haqiqatdan ham Usmon Asqaraliev jamoada yaxshi ish olib bormoqda. Bu yil ligada ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan uychiliklar har xolda o'tgan yilgiga nisbatan ijobiy natija qayd etmoqda. Tabiiyki bunda Usmon Ahmedovichning roli katta. Aytish lozimki, Asqaraliev aprel oyida ham eng yaxshi murabbiylar uchligidan o'rin olgandi.
May oyining eng yaxshi murabbiylari uchligini "Obod" drijjyorlari yakunlab beradi. Toshkent jamoasi bo'lmish "Obod" natijalariga etibor qaratadigan bo'lsak, jamoa o'tkazilgan 6ta o'yinning 3tasida g'alaba qozongan. Bir uchrashuvda durang qayd etgan bo'lsa, 2ta bahsda raqibiga imkoniyatni boy bergan. Etiborlisi jamoa safarda 6 ochko jamg'argan. SHu bois "Obod"ni amalda boshqarib kelayotgan Farhod Safarov va uning yaqin yordamchisi, tegishli licenziyaga ega bo'lgan Xayrulla Abdievni 3-o'ringa loyiq deb topdik.
May oyining eng yaxshi murabbiyi
1. Aleksandr Mochinov - "Oq-tepa"
2. Usmon Asqaraliev - "Xotira-79"
3. Xayrulla Abdiev, Farhod Safarov - "Obod"

Fikrlar