So’nggi yangiliklar

22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  3 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  0 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  8 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1

Birinchi liga. Oliy liga uchun jiddiy kurashmayotgan “Xorazm” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Oliy liga uchun jiddiy kurashmayotgan “Xorazm” haqida

Birinchi liga klublarining birinchi bosqichdagi ishtirokiga oid statistik maqolalarni berishni davom ettirgan xolda, bugun Urganchning “Xorazm” jamoasiga navbatni berdik.
Mavsum boshida shaxsan o'zimiz klub rahbari Sultonboy Nurmetov bilan suhbatlashib, jamoa oldiga qo'yilgan vazifa nimalardan iborat ekanligini so'raganimizda, bu yil elitaga chiqish uchun kurashishin takidlab o'tgandi.

CHempionat avvalida urganchliklar buning uchun astoydil kurashayotgandek tuyulgandi. Lekin birinchi bosqich yakunlariga kelganida, “Xorazm” ham ko'plab jamoalar singari “tezlikni” pasaytirib yubordi. Bunga nima sabab bo'layotgani esa bizga qorong'u.

Oliy ligaga chiqish uchun vazifa qo'yilgan ekan, demak maqsadga erishish uchun jamoa har jihatdan uning past-balandligidan o'tishiga to'g'ri keladi. Ammo Mansur Davletov boshqaruvidagi jamoani bunday deya olmaymiz. “Xorazm”ning 21-turda safarda “SHerdor” bilan kechadigan o'yinga bormagani ham fikrlarimizni to'liq isbotlaydi. Bunday xunik ishlarni qilgan jamoani bu yil oliy ligaga chiqishini kutish mantiqan ham to'g'ri kelmaydi. Lekin urganchliklarning bu yo'ldagi ishlariga omad tilaymiz.
 
Urganch jamoasi birinchi bosqichda raqiblari darvozasiga jami 38ta to'p kiritgan. Birinchi liga toifasida etakchi o'yinchilardan biri sanalgan Nizomjon Norov bu yil “Xorazm” safida birinchi bosqichda eng to'p kiritgan futbolchiga aylandi. Surxondaryo futboli tarbiyalanuvchisi bo'lgan Norov joriy mavsum avvalida “Xorazm” tarkibiga kelib qo'shilgandi. 25 yoshli hujumchi hozircha o'z hisobiga 8ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.

“Xorazm”ning ortda qolgan uchrashuvlarida o'tkazib yuborgan gollariga etibor qaratadigan bo'lsak, bu borada G'ayrat O'daev va Ravshan Jumaniyozovni 22ta o'yinda 24ta to'p o'tkazib yuborganini ko'rish mumkin.
 
Kim qancha gol urdi?


Futbolchi

Gol

pen.

Nizomjon Norov

8

(2)

Marat Hoshimov

4

(1)

Ilyos Xayrov

3

Qadamboy Nurmetov

3

SHahzod Mannonov

3

(1)

Jasur Otajonov

2

MirzabekQuryozov

2

Rinat Bayramov

2

Sarvarbek Jumaniyozov

2

(1)

Abror Xusinov

1

Marks Quramboev

1

Mamur Abdullaev

1

Sanjar Baratov

1

Temur Bekchanov

1

Temur Ismoilov

1


Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz. 

O'yinlar

20

Gollar

35

Uyda

19 (54,29%)

Safarda

16 (45,71%)

O'tkazib yuborilgan gollar

21

Uyda

7 (33,33%)

Safarda

14 (66,67%)

O'rtacha urilgan gollar

1,75

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,05

Uydagi ochkolar

24/30 (80 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

16/30 (53,33 %)

Eng yirik g'alaba

4:1 - Spartak, Guliston

Eng yirik mag'lubiyat

1:4 - SHurtan

Gol o'tkazmagan o'yinlar

6 (30%)

Gol ura olmagan o'yinlar

2 (10%)

Irodali g'alaba

2

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

3

Yirik g'alaba

2

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/1

Ogohlantirish (o'rtacha)

49 (2,45)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

2 (0,1) - 2/0

Muxlislar (jami/o'rtacha)

62474/3124



Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика