So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

Birinchi liga. Lokomotiv-BFK – Cementchi. Prevyu Yangiliklar

Birinchi liga. Lokomotiv-BFK – Cementchi. Prevyu

O'zbekiston Birinchiligi birnchi davra uchrashuvlari o'zining eng qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Musobaqa jadvalida  ham jamoalarning asta-sekinlik bilan  ikki guruhga ajralib borayotganini kuzatishingiz mumkin.

Kuni kecha mamlakatimiz bo'ylab 11-tur uchrashuvlari ham o'z yakuniga etdi. Cementchi navbatdagi  12-turni Toshkentda  Lokomotiv-BFK klubisha qarshi maydonga tushadi.

Navbatdagi raqibimiz  Lokomotiv-BFK jamoasi  xakida!

Lokomotiv-BFK jamoasi 2003 yil tashkil etilgan bo'lsada, 2005 yilgacha Lokomotiv-2 deb nomlangan.  2006 yildan Lokomotiv-BFK yani “Lokomativ bolalar futbol klubi” deb yuritila boshlangan.

2004- yildan birinchi liga bahslariga qo'shilgan. Lokomotiv-BFK  jamoasining eng yaxshi ko'rsatkichi 2010 yil 6-o'rin. Lokomotiv-BFK  jamoasi bilan “Cementchi” 4 marotaba rasmiy uchrashuvlarda to'qnash kelishgan. Ikki uchrashuv Toshkentda, yana ikki uchrashuv Quvasoyda o'tkazilgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning 3tasida  jamoadoshlarimizning qo'li baland kelgan bo'lsa eng so'nggi Toshkentda bo'lgan uchrashuvda nursiz durrang qayt etilgan. To'plar nisbati (12:2) ustunlik “Cementchi” tarafda.

O'tkazilgan uchrashuvlar:

15 aprel 2015 yil. O'zbekiston birinchiligi 7-tur uchrashuvi

Cementchi (Quvasoy) - Lokomotiv-BFK (Toshkent) 5:1

15 noyabr 2015 yil  O'zbekiston birinchiligi 36-tur uchrashuvi

Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Cementchi (Quvasoy) 0:3

15 avgust 2016 yil O'zbekiston birinchiligi 21-tur uchrashuvi

Cementchi (Quvasoy) - Lokomotiv-BFK (Toshkent)  4:1

12 oktyabr 2016 yil O'zbekiston birinchiligi 31-tur uchrashuvi

Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Cementchi (Kuvasay) – 0:0

Hakamlar: R. Abduvoxidov (Qarshi), I. Jo'raev (Toshkent vil.), X. Xudoyberdiev (Toshkent vil.)

Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).


Navbatdagi raqibimiz Lokomotiv-BFK jamoasi  ushbu mavsumda birinchi liga bahslarida 10ta uchrashuvda maydonga tushib 4ta g'alaba 1ta durrang va 5ta mag'lubiyat bilan raqiblar darvozasiga 14ta to'p kiritib o'z darvozalaridan 17ta to'p olib chiqqan. Musobaqa jadvalida esa 13 ochko jamg'argan holda 10 pog'onani egallab turibdi.

Navbatdagi 12 turni jamoamiz 28 may sanasida Toshkentda Lokomotiv-BFK  jamoasiga qarshi maydonga tushadi, uchrashuv 17:30da boshlanadi.


Cementchi matbuot kotibi: Zuxriddin Abdullajonov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика