So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  7 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. “Yozyovon-Lochinlari” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. “Yozyovon-Lochinlari” haqida

Teglar :  Yozyovon-lochinlari
Ligada bu yil debyut mavsumini o'tkazgan bo'lishiga qaramay “Yozyovon-Lochinlari” yomon taassurot qoldirgani yo'q.

Ochig'ini aytganda, klubning barqaror tarzda shakllanishida sobiq murabbiy Abdusamad Do'rmonovning xizmati katta bo'ldi. Buni klubdagilar ham inkor eta olmasa kerak. Aynan Do'rmonov jamoani ikkinchi ligadan boshlab tayyorladi va birinchi ligaga chiqilgach ham asosiy etiborni mahalliy yigitlarga qaratdi. Natijada bungacha xatto birinchi ligada ham o'ynamagan futbolchilar bu yil ilk mavsumini o'tkazishga erishdi.

Yozyovonliklar ikkinchi davrada bosh murabbiyni o'zgartirdi. Masuliyatli vazifa 23 yoshli Islombek Ismoilovga ishonib topshirildi. “Neftchi” murabbiyi Murod Ismoilovning to'ng'ich o'g'li bo'lgan Islombek ham bungacha Do'rmonov qilgan ishni ijobiy davom ettira oldi. Ko'pchilik o'shanda boshqaruv postida o'zgarish yuz bergach, jamoaning natijalari ortga qarab ketishini tahmin qilgan bo'lishi ham mumkin. Ammo murabbiylik sohasida dastlabki qadamlarini tashlayotgan Islombek “Yozyovon-Lochinlari”ni kuchaytirsa kuchaytirdiki aslo kuchsizlantirmadi. To'g'ri, natijaga birgina murabbiy erishmadi. Bunda eng avvalo futbolchilarning hissa katta ekanligi turgan gap. Ularning ayrimlariga birinchi liganing etakchi klublaridan qiziqish bo'layotgani ham bejiz emasdir.


Bu jamoa birinchi mavsumida moddiy jihatdan juda qiynaldi. Xatto safar o'yinlariga bir necha bor klub mamuri Ahmad akaning o'zi 11 nafar futbolchi bilan borib kelib yurganini eshitdik. Biroq shunday bo'lsada, yozyovonlik futbolchilar uzoq yo'l bosib borib, “Orol”ni mehmonda yutib keldi. Garchi oylik maoshlar vaqtida berilmasdan qarzdorliklar ko'ndalang turgan bo'lishiga qaramay, futbolchilar fidoiylik va jonbozlik ko'rsata olgani tahsinga loyiqdir.
Debyut mavsumdan keyin o'ziga yarasha xulosa chiqarib olgan “Yozyovon-Lochinlari” kelasi yilga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqchi.  
 
Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

14

Umumiy gollar

32

Uyda

20 (62,5%)

Safarda

12 (37,5%)

O'tkazib yuborilgan gollar

29

Uyda

12 (41,38%)

Safarda

17 (58,62%)

Urilgan o'rtacha gollar

2,29

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

2,07

Uydagi ochkolar

14/21 (66,67 %)

Safardagi ochkolar

11/21 (52,38 %)

Eng yirik g'alaba

6:0 – “Nasaf-2

Eng yirik mag'lubiyat

0:9 – “Obod”

Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar

2 (14,29%)

Golsiz o'yinlar

3 (21,43%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

2

Yirik g'alaba

1

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/1

Ogohlantirish (o'rtacha)

25 (1,79)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK

4 (0,29) - 2/2

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

17139/1224

Yozyovonliklar ikkinchi bosqich o'yinlarida jami 32ta to'p kiritdi. Bu har bir bahsga o'rtacha 2tadan gol demakdir. Klub safida ikkinchi bosqichda eng ko'p gol urgan futbolchi Bekzod Maxpraliev bo'ldi. Etiborlisi ushbu hujumchi butun mavsum davomida 16ta gol urib “Yozyovon-Lochinlari” jamoasining to'purariga aylandi.
Jamoa o'z darvozasidan 29ta to'p o'tkazib yuborganini ham aytish joiz.

Kim qancha gol urdi?
 

Futbolchi

Gol

Pen.

Bekzod Maxpraliev

7

(2)

Zohid Ismoilov

5

SHarif Mirzaev

5

Umid Hoshimov

4

Xayrullo Qodirov

3

Bobur Rasulov

2

Davron Xolmatov

2

SHahboz Abdurahmonov

2

Abror Ismoilov

1

Habibullo Buvatoev

1

Islombek Rustambekov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика