Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 6-tur statistikasi
04 may 2014 10:11
Yangiliklar
Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 6-tur statistikasi
O'tgan shanba va yakshanba kunlari “G'arb” mintaqasining 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatdagidek turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“SHO'RTAN”NING MAG'LUBIYATSIZ SERIYASI DAVOM ETADI YOXUD “OROL”DAN BU SAFAR HAM G'ALABA
26 aprel shanba kuni “SHo'rtan” safarda “Alanga” mehmoni bo'ldi. Muxtor Qurbonov boshqaruvidagi g'uzorliklar shu kuni arang g'alabaga erishdi. Bosh murabbiy yaqinda o'z intervyularining birida moliyaviy muammolar ko'payib ketayotganligini aytib o'tgan. O'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygan klubga bu narsa yakunda qimmatga tushmasa bo'lgani.
Buxoroning “Spartak” jamoasi bu safar yirik g'alabaga erishdi. “Registon”ga qarshi kechgan bahsda Umid Jumaev va Ravshan Yangievning dubli mezbonlarning yirik g'alabasini taminladi.
27 aprel sanasida esa turning yana 4ta o'yini bo'lib o'tdi. Xususan Nukusning “Orol” jamoasi liga debyutanti “G'ijduvon”ni qabul qildi. Nematulla Qutiboev jamoasi shu kuni raqibiga dars berdi. 3:1 hisobidagi g'alabadan so'ng nukusliklar turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
“Xorazm” – “Mashal-2” o'yinida esa so'zsiz mezbonlar favorit edi. Yakunda shunday ham bo'ldi. Mansur Davletov shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonib turnir jadvalida 2-o'ringa mustahkam o'rnashib oldi.
Zominda kechgan Jizzax derbisida mezbonlar “G'allakor-Avtomobilchi” darvozasiga ikkita to'p kiritib yakunda g'alaba qozondi.
“Guliston” ushbu turda jiddiy qarshilikka duch keldi. “SHerdor” shu kuni mehmondan uch ochko bilan qaytishi ham mumkin edi. Lekin qo'shimcha daqiqalarda gulistonliklar javob to'pini kiritib, o'yinni 2:2 natijasi bilan tugashini taminladi.
GOLLAR
Ortda qolgan tur o'yinlarida hammasi bo'lib 20ta gol qayd etildi. Bu har bir bahsga o'rtacha 3tadan gol demakdir.
- Eng ko'p gol Vobkentda kechgan “Spartak” – “Registon” hamda Nukusda bo'lgan “Orol” – “G'ijduvon” bahsda kuzatildi. 4tadan gol! SHuningdek “Guliston” – SHerdor” o'yinida ham har ikki jamoa ikkitadan gol kiritdi.
- Kiritilgan umumiy gollarning 14tasi mezbonlarga tegishli. Qolgan 6tasi esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
- Uchrashuvlarning birinchi taymida 6ta gol kuzatildi. Ikkinchi bo'limda esa mermahsullik yanada oshib, 14ta gol qayd etildi.
- Turning eng tezkor goli, 4-daqiqada sodir bo'lib unga “Guliston”hujumchisi Dilmuhammad Xudoyberdiev mualliflik qildi.
- Aksincha turning eng so'nggi goli 90+4-daqiqada urildi. Etiborlisi uning muallifi “Guliston” hujumchisidir. Konstantin Boev “SHerdor” bilan o'tkan bahsda so'nggi daqiqalarda gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
- Eng ko'p gol urgan jamoasi “Spartak” bo'ldi. Buxoroliklar “Registon”ga qarshi bahsda javobsiz 4ta to'p kiritishdi!
- Ushbu turda “Zomin” bilan “Spartak” gol o'tkazib yubormagan jamoalar bo'lishdi!
- 6-tur o'yinlarida ikkitadan gol urgan futbolchilar soni 3tani tashkil etdi. SHerzod Kamolov (“SHerdor”), Umid Jumaev, Ravshan Yangiev (“Spartak”) ortda qolgan turda dubl qayd etib o'z jamoalariga ochko keltirdi.
OGOHLANTIRISH
Ortda qolgan turda kuzatilgan ogohlantirishlar soni ham 20tani tashkil etdi. Bu har bir bahsga 3,33..tadan sariq demakdir!
Sariq kartochkalarning 7tasi birinchi bo'limda ko'rsatilgan. Ikkinchi bo'limda esa 12ta futbolchi ogohlantirildi.
- Mezbon jamoa futbolchilaridan jami 8 nafari ogohlantirilgan bo'lsa, qolgan 12tasi sariq kartochka mehmonlar hisobiga yozildi.
Etiborlisi “Alanga” – “SHo'rtan” (1:2) bahsida bosh hakam SH.Ro'ziqulov birorta ham o'yinchini sariq bilan “siylamagan”!
Aksincha eng ko'p gol ogohlantirish “Xorazm” – “Mashal-2” bahsida kuzatildi. SHu kuni bosh hakam Dilshod Karimov mezbonlarning 2ta o'yinchisini, mehmonlardan esa 4 nafar futbolchini sariq kartochka bilan ogohlantirdi.
6-TURNI 8122 NAFAR ISHQIBOZ KUZATIB BORDI
Ortda qolgan qolgan jami 6ta uchrashuvda hammasi bo'lib 8122 ta tomoshabin kuzatildi. Bu esa har bir bahsga o'rtacha miqdorda 1353 nafardan tomoshabin kirganini anglatadi. Eng ko'p muxlis “Zomin” – “G'allakor-Avtomobilchi” bahsiga tashrif buyurgan!
Aksincha eng kam tomoshabin “Spartak” – “Registon” o'yiniga kirgan!
Tomoshabinlar mehri kimda qanday?
Alanga (Koson) – SHo'rtan (G'uzor) – 1:2. 215 tomoshabin.
Spartak (Buxoro) – Registon (Samarqand) – 4:0. 156 tomoshabin.
Orol (Nukus) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 3:1. 2241 tomoshabin.
Xorazm (Urganch) – Mashal-2 (Muborak) – 2:1. 2531 tomoshabin.
Zomin (Zomin) – G'allakor-Avtomobilchi (G'allaorol) – 2:0. 2801 tomoshabin.
Guliston (Guliston) – SHerdor (Samarqand) – 2:2. 178 tomoshabin..
6-TURDAN KEYINGI VAZIYAT
To'purarlar:
Jo'rabek Sobirov (Guliston) – 4.
Jamshid Hoshimov (SHo'rtan) – 3.
Viktor Klishin (SHo'rtan) – 3.
Nizom Norov (Xorazm) – 3.
Damir Nizanov (Orol) – 3.
Navro'zbek Xaipov (Orol) – 3.
Soli Xayrullaev (G'allakor-Avtomobilchi) – 3.
Turg'un Qobilov (SHerdor) – 3.
Umid Jumaev (Spartak) – 3.
Mansur Otaqulov (G'ijduvon) – 3.
7-TURDA UCHRASHADILAR
2 may kuni “G'arb” mintaqasida 7-tur o'yinlariga start berildi. Unda “Registon” o'z maydonida “Zomin”ni qabul qilib 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Turnir peshqadami “SHo'rtan” esa “Guliston” darvozasiga javobsiz naqd 4ta to'p kiritib, yirik g'alabaga erishdi.
Bugun esa yana to'rtta o'yin bo'lib o'tadi. Unda quyidagi juftliklar o'zaro kuch sinashadi.
2 may (juma)
“Registon” – “Zomin” 0:1.
“SHo'rtan” – “Guliston” 4:0.
4 may (yakshanba)
“Mashal-2” – “SHerdor”
“G'ijduvon” – “G'allakor-Avtomobilchi”
“Orol” – “Alanga”
“Xorazm” – “Spartak”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

1 |
SHO'RTAN (G'uzor) |
6 |
5 |
1 |
0 |
17-3 |
16 |
2 |
XORAZM (Urganch) |
6 |
4 |
1 |
1 |
9-6 |
13 |
3 |
OROL (Nukus) |
6 |
4 |
0 |
2 |
11-6 |
12 |
4 |
ZOMIN (Zomin) |
6 |
3 |
1 |
2 |
8-3 |
10 |
5 |
ALANGA (Koson) |
6 |
2 |
2 |
2 |
7-6 |
8 |
6 |
GULISTON (Guliston) |
6 |
2 |
2 |
2 |
8-8 |
8 |
7 |
SHERDOR (Samarqand) |
6 |
2 |
2 |
2 |
7-9 |
8 |
8 |
G'ALLAKOR-AVTOMOBILCHI (G'allaorol) |
6 |
2 |
1 |
3 |
6-6 |
7 |
9 |
SPARTAK (Buxoro) |
6 |
2 |
0 |
4 |
7-11 |
6 |
10 |
G'IJDUVON (G'ijduvon) |
6 |
1 |
2 |
3 |
5-9 |
5 |
11 |
MASH'AL-2 (Muborak) |
6 |
1 |
1 |
4 |
2-10 |
4 |
12 |
REGISTON (Samarqand) |
6 |
1 |
1 |
4 |
4-14 |

Fikrlar