Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 4-tur statistikasi
24 apr 2014 13:23
Yangiliklar
Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 4-tur statistikasi
14-15 aprel kunlari birinchi liganing “G'arb” mintaqasida ham 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ortda qolgan uchrashuvlardagi etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“G'IJDUVON”NING ILK G'ALABASI YOXUD “SHO'RTAN” YAKKA PESHQADAMGA AYLANDI
4-turdan o'rin olgan o'yinlar keskin va murosasiz ruhda kechdi deyish mumkin. Xususan o'z maydonida “Guliston”ni qabul qilgan “Mashal-2” o'zidan biroz tajribali bo'lgan raqibiga etarlicha tashvish tug'dira oldi. Lekin shunga qaramay uchrashuvda hisob ochilmadi va nursiz durang qayd etildi.
Liga debyutanti “G'ijduvon” mavsumdagi ilk g'alabasini 4-turga kelib nishonladi. SHerzod Sattarov jamoasi bu safar “Zomin”ni qabul qilib, Mansur Otaqulovning kiritgan yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi. Etiborlisi bu Mansur Otaqulovning chempionatdagi 3-golidir.
“Spartak”ni qabul qilgan “SHerdor” garchi ushbu turda hisobiga uch ochko yozdirib qo'ygan bo'lsa-da, bunga arang erishdi. Sababi buxoroliklar ham safardan kamida durang bilan qaytishi hech gap emas edi. Hisob 1:1 bo'lib turganida samarqandliklar g'alaba to'pini kiritib “Spartak”ni bir ochkodan ham mahrum qildi.
Kosonning “Alanga” jamoasi turdan-turga ochilib bormoqda. Anvar O'rinov boshqaruvidagi klub bu turda “G'allakor-Avtomobilchi” mehmoni bo'ldi va safardan nursiz durang bilan qaytishga erishdi.
Samarqandning yana bir jamoasi “Registon” 4-turda “Xorazm”ni qabul qildi. Uchrashuvda urganchliklar yagona penaltidan unumli foydalanib g'alabaga erishdi.
“SHo'rtan” Nukusning “Orol” jamoasini qabul qilib yirik hisobda g'alaba qozondi. Ochig'ini aytganda, mazkur bahsda g'uzorliklar so'zsiz favorit edi. Sababi “SHo'rtan” bilan “Orol”dagi vaziyatni solishtiradigan bo'lsangiz, o'rtada sezilarli farq borligini ko'rish mumkin. Muxtor Qurbonov jamoasi ushbu muvaffiyatdan keyin turnir jadvalida peshqadamlikni o'z qo'liga oldi.
Umuman olganda, ortda qolgan turda hammasi bo'lib rejadagi 6ta o'yin o'tkazildi. Ularning 3tasida mehmonlar zafar quchgan bo'lsa, 1ta o'yinda mehmonlarning qo'li baland kelgan. Qolgan yana 2 bahsda esa tomonlar o'zaro durangga erishgan.
GOLLAR
Ortda qolgan tur o'yinlarida muxlislar jami 8ta golga guvoh bo'ldi. Albatta bu juda ham kam.
Eng ko'p gol urgan jamoa “SHo'rtan” bo'ldi, 3ta! G'uzorliklar “Orol” bilan o'tgan bahsda raqib posbonini ayab o'tirmadi.
“SHo'rtan”, “Xorazm”, “G'allakor-Avtomobilchi”, “Alanga”, “Mashal-2”, hamda “Guliston” klublari bu turda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagani bilan esda qoladigan bo'ldi.
Turning eng tezkor goli 23-daqiqaga to'g'ri keldi. “SHo'rtan” hujumchisi Viktor Klishin ushbu daqiqada o'zini ko'rsatishga erishdi.
Aksincha turning eng so'nggi goli esa 77-daqiqada urilgan. “G'ijduvon”ning to'purar hujumchisi Mansur Otaqulov bu vaziyatda “Zomin” darvozasini ishg'ol etib jamoasiga uch ochko keltirdi.
Umumiy kiritilgan gollarning 3tasi o'yinlarning birinchi bo'limida kiritilgan bo'lsa, ikkinchi taymda tomoshabinlar yana 5ta golga guvoh bo'ldi.
8ta goldan 6tasini mezbon jamoalar kiritgan. Qolgan 2tasi esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
Ushbu turda atiga 1ta penalti qayd etildi. “Registon” darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik to'pini “Xorazm” himoyachisi SHahzod Mannonov aniq amalga oshirib jamoasiga g'alaba keltirdi.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISHLAR
Bo'lib o'tgan uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar hammasi bo'lib 20ta futbolchini sariq kartochka bilan siyladi. Ulardan 9tasi mezbon jamoa o'yinchilaridir. Qolgan 11ta ogohlantirish esa mehmonlar manzili tomon bo'ldi.
Uchrashuvlarning birinchi bo'limida qayd etilgan sariq kartochlar soni 8tani tashkil etgan bo'lsa, qolgan 12tasi ikkinchi bo'limida yuz berdi.
“Registon” – “Xorazm” bahsida eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan bo'lib, bosh hakam Dmitriy Pislegin shu kuni 6 nafar o'yinchini sariq bilan jazoladi.
“SHerdor” – “Spartak” bahsida ham hakam cho'ntagidan 6 bor kartochka chiqarishga majbur bo'ldi. 5ta sariq va 1ta qizil kartochka.
4-turning eng intizomli jamoasi bu – “G'allakor-Avtomobilchi” bo'ldi. Etiborlisi Furqat O'rolov shogirdlari “Alanga” bilan kechgan bahsda birorta ham sariq kartochka olishmagan!
Qizil kartochka olib maydonni sheriklaridan oldin tark etgan o'yinchilar ham uchradi. “SHerdor”ning etakchi o'yinchisi Turg'un Qobilov “Spartak”ka qarshi bahsda Naim Qosimov tomonidan qizil kartochka loyiq ko'rildi va maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi.
Yana bir qizil kartochka “muallifi” “Zomin” himoyachisi Nodirbek Sobirov bo'ldi. Jamoasining “G'ijduvon”ga qarshgi o'tkazgan bahisda Sobirov hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni erta tark etdi. SHu bilan birga u jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi.
TOMOSHABINLAR
“G'arb” mintaqasidagi muxlislar tashrifi bilan “SHarq”dagi vaziyatni taqqoslaydigan bo'lsak, bu borada “g'arb” mintaqasi vakillari maqtana olmaydi. Sababi mazkur turning barcha o'yinlariga hammasi bo'lib atiga 6559 nafar tomoshabin kirgan. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha miqdorda 1093 tadan muxlis kirganini anglatadi.
“G'allakor-Avtomobilchi” – Alanga” bahsiga 3503ta ishqiboz qadam ranjida qilgan. Bu eng yuqori natija bo'ldi.
Aksincha eng kam tomoshabin kirgan bahs esa “SHerdor” – “Spartak” bo'ldi, 205ta tomoshabin!
Xulosa esa o'zingizdan...!
Muxlislar tashrifi kimda qanday?
Mashal-2 – Guliston – 0:0. 545 tomoshabin.
G'ijduvon – Zomin – 1:0. 721 tomoshabin.
SHerdor – Spartak – 2:1. 203 tomoshabin.
G'allakor-Avtomobilchi – Alanga – 0:0. 3503 tomoshabin.
Registon – Xorazm – 0:1. 215 tomoshabin.
SHo'rtan – Orol – 3:0. 1372 tomoshabin.
4-TURDAN KEYINGI VAZIYAT
To'purarlar: Jo'rabek Sobirov (Guliston), Turg'un Qobilov (SHerdor), Mansur Otaqulov (G'ijduvon) – 3.
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
Kecha “g'arb” mintaqasining 5-tur o'yinlari boshlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi. Bugun yana 4ta bahs o'tkaziladi.
5-tur. 23 aprel (chorshanba)
“Alanga” – “Registon” 4:1.
“Spartak” – “SHo'rtan” 0:3.
24 aprel (payshanba)
“Orol” – “Mashal-2”
“Xorazm” – “G'ijduvon”
“Zomin” – “SHerdor”
“Guliston” – “G'allakor-Avtomobilchi”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

1 |
SHO'RTAN (G'uzor) |
4 |
3 |
1 |
0 |
12-2 |
10 |
2 |
GULISTON (Guliston) |
4 |
2 |
1 |
1 |
5-3 |
7 |
3 |
SHERDOR (Samarqand) |
4 |
2 |
1 |
1 |
5-4 |
7 |
4 |
XORAZM (Urganch) |
4 |
2 |
1 |
1 |
5-5 |
7 |
5 |
OROL (Nukus) |
4 |
2 |
0 |
2 |
6-5 |
6 |
6 |
G'IJDUVON (G'ijduvon) |
4 |
1 |
2 |
1 |
4-4 |
5 |
7 |
ALANGA (Koson) |
4 |
1 |
2 |
1 |
2-3 |
5 |
8 |
G'ALLAKOR-AVTOMBILCHI (G'allaorol) |
4 |
1 |
1 |
2 |
3-3 |
4 |
9 |
ZOMIN (Zomin) |
4 |
1 |
1 |
2 |
3-3 |
4 |
10 |
REGISTON (Samarqand) |
4 |
1 |
1 |
2 |
3-6 |
4 |
11 |
MASH'AL-2 (Muborak) |
4 |
1 |
1 |
2 |
1-6 |
4 |
12 |
SPARTAK (Buxoro) |
4 |
1 |
0 |
3 |
3-8 |

Fikrlar