So’nggi yangiliklar

20:37Педри: "Марчиняк билан бундай ҳолат илк бор юз бераётгани йўқ. Баҳсли вазиятларнинг барчаси "Интер" фойдасига ҳал қилинди"  0 20:15Аморим МЮ ҳақида: "Бу мавсум сўнгги 50 йилдаги энг ёмони бўлди"  1 20:01Дэвид Бекхэм: "Ҳеч кимни Месси билан таққослаб бўлмайди, лекин Ямал унга энг яқини. Ишонаманки, бир кун у Лео билан тенглаша олади"  6 19:40"Андижон" ва "Сурхон" собиқ устозлари "Шўртан" бош мураббийлигига номзод  4 19:05Ретро футбол. "Нефтчи" - "Саут Чайна" 5:4. Анвар Бердиевнинг покери ва Фарғонадаги ўша қадрдон стадионни ёдга оламиз  19 18:49Давиде Фраттези: "Бу нима эди? Шунчалик баланд овозда бақирганимдан бошим айланиб кетди"  6 18:00Марказий Осиё. "Истиқлол" ва "Аркадағ" пешқадамликка қайтди  0 17:36Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланади?  2 17:31"Шўртан"га вақтинчалик мураббий тайинланди  4 17:24Расман: Ҳакамлар академияси ўз фаолиятини бошлади  5 16:49Сардор Абдураимов: "Биз учун Суперлигадаги ҳар бир ўйин дарс бўляпти"  0 15:50"Барселона" футболчиси Ачербига тупиргани учун 4та ўйингача четлатилиши мумкин  19 15:04Венгер Кубарсининг Лаутарога қарши "подкати" ҳақида: "Мен бундай пенальтиларга ва секинлаштирилган кадрлардан фойдаланишга мутлақо қаршиман"  19 14:31Эшитдик-да! Осиё чемпиони бўлган мураббий 2 та Суперлига клуби таклифини рад этди  25 14:23"Машъал" "Қизилқум"ни Ғузорда қабул қилади  2

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 1-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 1-tur statistikasi

“G'arb” mintaqasining 1-tur o'yinlari 4 aprel, shanba kuni bo'lib o'tdi. Ortda qolgan o'yinlardan keyin raqamlar nima deydi? Quyida etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.
“OBOD” CHEMPIONATNI DURANG BILAN BOSHLADI YOXUD “OROL”DAN JAVOBSIZ 9 (!)TA GOL
Ushbu mintaqada ham muxlislar va mutaxassislar tomonidan favorit deya etirof etilgan “Obod” jamoasi mavsumni durang bilan boshladi. Xayrulla Abdiev boshqaruvidagi jamoa Urganchga safar uyushtirib, “Xorazm” bilan nursiz durangga imzo chekdi. Quraga ko'ra joriy mavsumning birinchi bosqichini “G'arb” mintaqasida o'tkazayotgan “Obod”ga aftidan bu yil oson bo'lmaydi. O'z vaqtida oliy ligada ishtirok etgan “Xorazm”ni esa bu yil ham asosiy etiborini ligada qolishga qaratishini hozirdan tahmin qilish mumkin.
Xorazm (Urganch) – Obod (Toshkent) – 0:0 (0:0).

Nukusliklar chempionatda ajoyib start oldi. Nematulla Qutiboev shogirdlari raqibini ortiqcha ayab o'tirmadi va yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib qolishga urindi. Birinchi taymda ular 3ta to'p kiritgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda bu borada ikki barobar o'sish kuzatildi. Har yili murabbiyini o'zgartirib borish bo'yicha etakchi klublar bilan bemalol raqobatlasha oladigan “Alanga” esa joriy mavsum ham o'z “drijyorini” o'zgartirgan. Albatta shunday bo'lsada kosonliklarni hech kim 1-turda o'z darvozasidan javobsiz 9 (!) ta gol o'tkazib yuborishini kutmagandi. Nukus jamoasini esa yaqin 2-3 yilda oliy ligaga chiqishi haqida gap-so'zlar eshita boshladik. Balki bu haqiqatdir. SHunday bo'lsa biz xursand bo'lamiz. CHunki Qoraqalpoq axli katta futbolni sog'inganini bilib olish qiyin emas.  
Orol (Nukus) – Alanga (Koson) – 9:0 (3:0).

Nurali Sultonov boshchiligidagi “Nasaf-2” chempionatda akademiya tarbiyalanuvchilari bilan ishtirok etishni asosiy vazifa qilib olgan. Jamoa shanba kuni “G'ijduvon”ni qabul qilib, alamli durangga erishdi. Birinchi bo'limda qarshiliklar hisobni ochishga erishgan bo'lsada, uchrashuv oxiriga qadar hisobdagi ustunlikni o'zida saqlab qolishni uddalay olmadi. Mehmonlar esa 86-daqiqaga kelib muvozanatni tikladi va uyiga 1 ochko bilan qaytdi.
Nasaf-2 (Qarshi) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 1:1 (1:0).

“Lokomotiv-BFK” deyarli har mavsum birinchi ligada ishtirok etsada, hamon barqarorlikka erisha olmayapti. Bizningcha jamoada etarlicha sharoitlar yaratilgan. Lekin “temiryo'lchilar”ning ligada o'z o'rnini saqlab qolishi katta gap bo'lib qoldi. Bizningcha jamoa o'z murabbiyini topib ulgurmadi. Ushbu turda “Zomin”ni qabul qilgan toshkentliklar ilk turdayoq “qoqildi”. Jizzax viloyati jamoasi esa sharoitlar juda zo'r bo'lmasada, imkon qadar chempionatda munosib ishtirok etishga urinmoqda. Bizningcha “Zomin” bu yil ham etakchilarga jiddiy bosh og'riq bo'ladi. Doston Nurullaev “Lokomotiv-BFK”ga qarshi bahsda dubl qayd etib, jamoasiga uch ochko keltirdi.
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 0:2 (0:1).

Bu yil tarkibni yanada yoshartirgan “Mashal-2” chempionatni yirik g'alaba bilan boshlab oldi. Dilshod Andaev jamoasi o'tgan mavsum ham jiddiy kurashgandi. Jamoa shanba kuni “SHerdor”ni qabul qilib raqib darvozasiga javobsiz 4ta to'p kiritishga erishdi. Samarqandliklarning chempionatda ishtirok etishi yaqinda malum bo'lgani uchun tayyorgarlik ko'ngildagidek kechmagan bo'lsa kerak degan tahminimiz bor. Uchrashuvning birinchi bo'limida muborakliklar bitta to'p kiritgan bo'lsa, ikkinchi taymda yana uchta gol urisha muvaffaq bo'ldi.  
Mashal-2 (Muborak) – SHerdor (Samarqand) – 4:0 (1:0).

GOLLAR
* Umumiy gollar soni 17ta.
* Mezbonlar hisobiga 14ta gol yozilgan.
* Mehmonlar esa 3ta to'p kiritgan.
* Birinchi taymda kiritilgan gollar soni 6ta.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 11ta to'p kiritilgan.
* Eng ko'p gol urgan jamoa “Orol” – 9ta.  
* “Alanga” esa o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'ldi.
* “Orol”, “Obod”, “Xorazm”, “Mashal-2”, “Zomin” jamoalari esa ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.
* Eng tezkor gol! Ushbu turda eng birinchi bo'lib “Orol” futbolchisi Marat Auezniyozov to'p kiritdi. Jamoasining “Alanga”ga qarshi kechgan bahsida u 2 daqiqada gol muallifiga aylandi. Etiborlisi, tezkor gol futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlab, yakunda nukusliklar yirik g'alabani tantana qildi.  
* Eng so'nggi gol! Turning eng so'nggi goli ham aynan “Orol” – “Alanga” bahsida kiritildi. 90-daqiqada SHukurullo Qutiboev uchrashuvdagi so'nggi golga mualliflik qildi. Ahamiyatlisi uning kiritgan to'pi turning ham so'nggi goli bo'ldi.

* Dubl! “Zomin” hujumchisi Doston Nurullaev “Lokomotiv-BFK” bilan o'yinning har bir taymida bittadan to'p kiritib, dubl qayd etdi. Ishqibozlar bilsa kerak, Nurullaev o'tgan mavsum ham sermahsulligi bilan ko'pchilikni etiborini tortgandi. Ajab emas bu yil Doston oliy liga klublarining murabbiylari nazariga tushib qolsa.

* Xet-trik! Gollarga boy bo'lgan “Orol” – “Alanga” bahsida mezbonlar o'yinchisi Marat Auezniyozov uchta to'p kiritdi. Bu bilan 30 yoshli futbolchi chempionatdagi ilk xet-trikni qayd etgani bilan ham tarix zarvaraqlaridan o'rin oladigan bo'ldi.  


OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ushbu turdagi o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar hammasi bo'lib 23ta o'yinchini sariq kartochka bilan siyladi.
* SHundan 12tasi mezbon jamoa futbolchilariga ko'rsatilgan.
* Qolgan 11ta sariq kartochka esa mehmon jamoa futbolchilariga yozildi.  
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida jami 11ta futbolchi ogohlantirildi.
* Ikkinchi taymda esa 12ta sariq kartochka qayd etildi.
* Ushbu turda eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa “Nasaf-2” bo'ldi, Qarshilik futbolchilardan 5tasi sariq kartochka bilan “jazolandi”.
* “Lokomotiv-BFK” futbolchilar esa aksincha bu borada boshqalarga namuna bo'ldi. Garchi “temiryo'lchilar” o'z maydonida mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, birorta ham kartochka olmagani etiborga molikdir.

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?

1-tur yakunlariga ko'ra eng yuqori ball olgan hakam Elyor Tursunov bo'ldi. Nukusda kechgan “Orol” – “Alanga” bahsida nazoratchi Rahmatullo Qoratoev bosh hakamning hatti-xarakatlarini 8,4 ballga munosib baholadi.
Aksincha bu borada Dauletboy Jalimov (Nukus) bilan Naim Boltaev (Navoiy) nisbatan past ball oldi. Ularning har ikkisini ishi ham bir xil 7,8 ballga loyiq ko'rildi.
Yon chiziq hakamlaridan esa eng yuqori ballni  buxorolik A.Burov bilan SH.Rajabov oldi, 8,6.

Xorazm (Urganch) – Obod (Toshkent) – 0:0.
Hakamlar:
D. Jalimov (Nukus) – 7,8, SH. Qamarov (Samarqand) – 8,0, S. Hakimov (Samarqand) – 7,8, D. Tursunboev – 7.
Nazoratchi: R. Davletmurotov (Toshkent).

Orol (Nukus) – Alanga (Koson) – 9:0.
Hakamlar:
E. Tursunov (Buxoro) – 8,4, A. Burov (Buxoro) – 8,6, SH. Rajabov (Buxoro) – 8,6, I. Ibragimov – 9.
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent vil.).

Nasaf-2 (Qarshi) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 1:1.
Hakamlar:
N. Boltaev (Navoiy) – 7,8, A. Alimov (Urganch) – 8,0, D. Iskanderov (Nukus) – 8,2, A. Kalinin – 9.
Nazoratchi: M. Ismoilov (Tashkent).

Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 0:2.
Hakamlar:
R. Toshmuhamedov (Toshkent vil.) – 8,2, N. Anfinogenov (Toshkent) – 8,0, S. Nishonboev (Toshkent) – 8,1, A. Risqullaev -8.
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Mashal-2 (Muborak) – SHerdor (Samarqand) – 4:0.
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy) – 8,2, X. Otamurodov (Urganch) – 7,7, D. Jumaniyozov (Urganch) – 8,4, N. Qosimov – 9.
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).


MUXLISLAR MEHRI

* “G'arb” mintaqasi muxlislar tashrifi borasida “SHarq”ni ortda qoldirdi deyish mumkin. Negaki ushbu mintaqada bo'lib o'tgan 5ta uchrashuvga jami 7062 nafar tomoshabin qadam ranjida qilgan!
* Har bir bahsga o'rtacha 1412 ta muxlis demakdir.
* Eng ko'p tomoshabin “Orol” – “Alanga” bahsida kuzatildi. 3524 tomoshabin.
* “Nasaf-2”ning “G'ijduvon”ga qarshi kechgan bahsi ishqibozlarda u qadar katta qiziqish uyg'otmagan.   

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Nasaf-2 (Qarshi) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 1:1. 86 tomoshabin.
 Mashal-2 (Muborak) – SHerdor (Samarqand) – 4:0. 253 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 0:2. 348 tomoshabin.
 Orol (Nukus) – Alanga (Koson) – 9:0. 3524 tomoshabin.
Xorazm (Urganch) – Obod (Toshkent) – 0:0. 2854 tomoshabin.

KEYINGI TURDA UCHRASHADILAR

2-tur. 9 aprel (payshanba)
“Obod” – “SHerdor”
“Zomin” – “Mashal-2”
“G'ijduvon” – “Lokomotiv-BFK”
“Alanga” – “Nasaf-2”
“Xorazm” – “Orol”


Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика