So’nggi yangiliklar

05:42Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" - "Зальцбург" таркиблар маълум  2 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  30 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11

Birinchi liga. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday?

Teglar :  Birinchi liga
Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, 8-tur o'yinlari start oladi. Muxlislar bugun 6ta o'yinga guvoh bo'ladi.

Biz esa odatga ko'ra, bo'lajak bahslar oldidan jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini tahmin qilib ko'ramiz.

“Mashal-2” – “Paxtakor-2”
Muborakda ikki farm-klub o'rtasida qiziqarli uchrashuv kechishini tahmin qilish mumkin. Ustunlik mezbonlar tomonida bo'lishini tahmin qilamiz. CHunki Dilshod Andaev shogirdlari bu yil ancha dadil xarakat qilmoqda. O'tgan turda “UzDongJu” maydonidan bir ochko bilan qaytish ham ularning kayfiyatini ko'tarib yuborgan bo'lishi aniq. Lekin “Paxtakor-2” tarkibida ham iqtidorli yoshlar o'ynamoqda va ular ham osonlikcha taslim bo'lmaydi. O'tgan yili ushbu jamoalarning o'zaro ikki o'yinida ham durang qayd etilgandi. Ko'ramiz bu safar kimning omadi choparkin.
Imkoniyatlar: 55x45.

“G'ijduvon” – “UzDongJu”
Ikkinchi bosqichning 7 turi ortda qolgan bo'lsa, shulardan birortasida g'ijduvonliklar g'alaba qozona olmadi. Ular g'alabasiz seriyaga balki bugungi uchrashuvda chek qo'yar. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, “G'ijduvon”ning qarshisida “UzDongJu” gavdalanadi. Andijonliklarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati biroz yuqoridek ko'rinmoqda. Qolgani uchrashuvda bilinadi.
Imkoniyatlar: 40x60.
 
“Orol” – “Yozyovon-Lochinlari”
O'tgan turda Quvasoyga 11 nafar futbolchi bilan borishga majbur bo'lgan nukusliklarning bugungi raqibi ham safarga 11 ta o'yinchi bilan jo'nab ketganini takidlash joizdir. Yozyovonliklarda ham pul muammosi mavjud bo'lib, Nukusga arang ketilgan. Aytish kerakki, jamoa safarga bosh murabbiysiz yo'l olgan. Bu esa mazkur uchrashuvda “Orol”ning foydasiga xizmat qilishi turgan gap. Nematulla Qutiboev shogirdlari qanday bo'lmasin o'z muxlislarini g'alaba bilan quvontirish istagida maydonga tushadi. Ishqibozlarning daldasi ham ularga sezilarli ko'mak berishi aniq.
Imkoniyatlar: 60x40.

“Nasaf-2” – “Cementchi”
Nurali Sultonov boshqaruvidagi “Nasaf-2” o'tgan turda vodiydan uch ochko bilan qaytgandi. Bugun ular o'z maydonida ham g'alaba ishtiyoqida maydonga chiqsa ajab emas. Ammo quvasoyliklar ham imkon qadar safardan quruq qo'l bilan qaytmaslikka urinadi. Qiziqarli bahs bo'ladi.
Imkoniyatlar: 50x50.

“Zomin” – “Kosonsoy”
Zominliklarning ustunligini tahmin qilish mumkin. Negaki, Dilmurod Qodirov shogirdlari o'z maydonida kamdan-kam ochko yo'qotadi. Qolaversa ular o'tgan turda “Oq-tepa”dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan kerakli xulosa chiqarib olgan bo'lsa kerak. Har qanday xolatda ham bugun o'z muxlislari qarshisida ularni xursand etmasa bo'lmaydi.
Imkoniyatlar: 60x40.

“Xorazm” – “NBU-Osiyo”
Bugun mezbonlar tarkibida katta yo'qotish mavjud bo'lib, bu darvozabon G'ayrat O'daevning sariq kartochkalari soni 4taga etganidir. SHu bois Vali Sultonov “bankirlar”ga qarshi bahsda ikkinchi posbon Ravshan Jumaniyozovning xizmatidan foydalanadi. Zaxirada esa katta extimol bilan darvozabon bo'lmaydi. Uchrashuv keskin va murosasiz tarzda o'tishini oldindan bemalol tahmin qilish mumkin.
Imkoniyatlar: 45x55.

Ertaga esa turning yana ikkita o'yini bo'lib o'tadi.
“Lokomotiv-BFK” – “Xotira-79”
“Obod” – “Oq-tepa”

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика