So’nggi yangiliklar

00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  6 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1 18:33Сеулдаги баҳсда "Бавария" "Тоттенхэм"ни таслим қилди  1 17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  3 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  3

Birinchi liga. Bugun 5-turga start beriladi. Taxminingiz qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Bugun 5-turga start beriladi. Taxminingiz qanday?

Teglar :  Birinchi liga5-tur
Birinchi liga klublari ham qisqa muddatli tanaffusdan so'ng navbatdagi tur o'yinlarini boshlaydi.

Demak, bugun 5-tur bahslariga start beriladi. Turning 7ta uchrashuvi bugun bo'lib o'tsa, ertaga yana bir bahs bilan tur yakuniga etadi. Xo'sh, bo'lajak bahslar oldidan tahminingiz qanday?

UzDongJu (Andijon) – Obod (Toshkent)
Hakamlar:
M. Muxamedov (Toshkent viloyati), F. Do'smatov (Guliston), T. Suyunov (Guliston)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Tashkent).
Bugun Andijonda turning markaziy uchrashuvi bo'lib o'tadi desak mubolag'a bo'lmas. “UzDongJu” o'z maydonidagi bahslarda har qanday raqibni tiz cho'ktira olishini juda yaxshi bilamiz. Lekin turnir peshqadami “Obod” ham imkon qadar ochko yo'qotmaslikka urinishi aniq. SHu bois bugun muxlislar maydonda keskin kurashga guvoh bo'ladi deb aytish mumkin. Garchi toshkentliklar chempionatda karvonboshchilikni o'z qo'liga olgan bo'lsada, ularga vodiyda oson bo'lmaydi. Bugungi bahsni mezbonlarning asosiy himoyachilaridan biri Maqsud Hayitov diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. Lekin shunga qaramay jamoalarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini hozircha teng baholadik. Qolganini uchrashuvda ko'ramiz. “SA” bugun mazkur bahsni stadionda bevosita stadionda kuzatib boradi.
Imkoniyatlar: 50x50
 
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Xorazm (Urganch)
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), I. Abdulakov (Toshkent viloyati), I. Zoitov (Toshkent viloyati)
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).
Yozyovon jamoasida bosh murabbiy o'zgargach, ketma-ket muvaffaqiyatga erisha boshlandi. Ammo o'tgan turda Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoa safarda “Obod”ga yirik (9:0) hisobda mag'lub bo'ldi. Yosh murabbiy oraliq tanaffus chog'ida qo'l ostidagi yigitlarni qanchalik ruhiy o'radan olib chiqib ketganini bugungi bahsda ko'rish mumkin. Vali Sultonov boshchiligidagi “Xorazm” esa ikkinchi bosqichni hozircha yuqori notada o'tkazmoqda deyish mumkin. 4ta o'yindan buyon faqat g'alaba qozonayotgan urganchliklar bugungi bahsda ham o'zlari uchun yoqimli bo'lgan ushbu ananani davom ettira olarmikin. Buni uchrashuv ko'rsatib beradi.
Imkoniyatlar: 45x55

Cementchi (Quvasoy) – Mashal-2 (Muborak)
Hakamlar
: D. Pislegin (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), F. Yarmuxamedov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).
Quvasoyda ham bugun qiziqarli uchrashuv bo'lib o'tadi deb bemalol tahyin qila olamiz. SHunisi aniqki mezbonlarga bugun oson bo'lmaydi. Boisi “Mashal-2” tarkibi asosan yoshlardan tashkil topgan bo'lsada, har qanday raqibni “esini” kiritib qo'ymoqda. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili ham Dilshod Andaev boshqaruvidagi jamoa Qo'qonga safar uyushtirib, kutilmaganda g'alabani ilib ketgandi. SHu bois bugun ham quvasoyliklar raqibga bo'lgan hurmatni yanada oshirsa o'zlari uchun foydadan xoli bo'lmaydi. Abdumalik Hakimov ustozligidagi “Cementchi” tarkibi ikkinchi bosqich arafasida mahoratli ijrochilar evaziga kuchaytirib olindi. Demak ular o'z maydonida ochko yo'qotishiga haqqi yo'q. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham ularga sezilarli kuch bag'ishlashi tabiiy.   
Imkoniyatlar: 60x40

Xotira-79 (Uychi) – G'ijduvon (G'ijduvon)
Hakamlar:
A. Najafaliev (Toshkent), SH. Fayziev (Jizzax), K. Abduraimov (Jizzax)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
Mazkur to'qnashuvda mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqoriroq deyish mumkin. CHunki “G'ijduvon” o'zi shundoq ham uyidagi bahslarni yutishni arang bajarmoqda. Lekin futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. CHetdan qarab, solishtirganda har ikki jamoa ham bir-biriga sharoit va shunga o'xshash xolatlar bo'yicha o'xshashib ketadi.
Imkoniyatlar: 60x40
 
Kosonsoy (Kosonsoy) – Orol (Nukus)
Hakamlar:
O. Tuychiboev (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg'ona), SH. Azamov (Farg'ona)
Nazoratchi: E. Oripov (Farg'ona).
Kosonsoyda ham bugun muxlislar keskin kurashlarga guvox bo'ladi deb aytish mumkin. Ustunlik biroz bo'lsada mezbonlar tomonida desa bo'ladi. Boisi “Orol”ning o'tgan turda 3ta asosiy futbolchisi maydondan chetlatildi. SHuning uchun nukusliklar Kosonsoyga katta yo'qotishlar bilan keladi. Darvoqe, “Orol”ning iqtidorli hujumchisi Navro'zbek Haipov xarbiy xizmatga ketgani munosbati bilan jamoaga yordam bera olmayapti.
Imkoniyatlar: 60x40
 
Oq-tepa (Toshkent) – Nasaf-2 (Qarshi)
Hakamlar:
A. Rubakov (Toshkent), SH. Qamarov (Samarqand), S. Hakimov (Samarqand)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Mazkur bahsda mezbonlarni favorit deya atash mumkin. Xalqimizda ko'r hassasini bir marotaba yo'qotadigan degan gap bor. SHu bois Eldor Sakaev jamoasi ham avvalgi turdagi mag'lubiyatdan keraklicha xulosa chiqarib olgan bo'lsa ajab emas. Ligada asta-sekin o'z o'rnini topib borayotgan “Nasaf-2”ni esa Toshkentdan durang bilan qaytishi ham katta natija bo'lishi mumkin.
Imkoniyatlar: 70x30
 
NBU-Osiyo (Toshkent) – Lokomotiv-BFK (Toshkent)
Hakamlar:
D. Karimov (Toshkent), SH. Qayumov (Jizzax), E. Tursunov (Namangan)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
Toshkent derbisida mezbonlarning imkoniyati yuqori. Rufat Akramxo'jaev va Rustam Oripov boshqaruvidagi “bankirlar” o'z maydonida osonlikcha ochko yo'qotmaydi. Boz ustiga “Lokomotiv-BFK” bilan o'yinda. Qolaversa tarkib va maxorat bobida ham “NBU-Osiyo” bugungi raqibidan bir bosh ustundir.  
Imkoniyatlar: 70x30  

5 sentyabr (shanba)
Paxtakor-2 (Toshkent) – Zomin (Zomin)
Hakamlar:
A. Ergashev (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent), S. Abdurahmonov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).
Turning so'nggi uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi. Jasur Abduraimov ustozligidagi “Paxtakor-2” o'z maydonida “Zomin”ni qabul qiladi. Bo'lajak bahs oldidan imkoniyatlarni teng deya baholash mumkin. Qolganini o'yin ko'rsatadi.
Imkoniyatlar: 50x50

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика