Birinchi liga. 5-tur statistikasi
28 apr 2016 14:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206371_original.jpg)
![](/upload/storage/206371_220.jpg)
Birinchi liga. 5-tur statistikasi
Bitta tur o'yinlari uch kunlab o'tazilayotganiga nima sabab bo'layotganini sira tushuna olmadik.
O'YINLAR
* 5-turda jami 9ta o'yin bo'lib o'tdi.
* 5ta o'yinda mezbonlar g'alaba qozongan.
* 3ta bahsda mehmon jamoalarning qo'li baland kelgan. Bu borada “Dinamo”, “Xotira-79” va “Nasaf-2” jamoalariga omad kulib boqdi.
* Qolgan bitti uchrashuvda durang qayd etilgan.
* Turning markaziy o'yinida “Cementchi” “Oq-tepa”ni yirik hisobda mag'lub etdi.
* Namangan derbisida esa uychiliklarga omad kulib boqdi.
Yozyovon-Lochinlari – Lokomotiv-BFK – 1:0.
Cementchi – Oq-tepa – 3:0.
UzDongJu – Kosonsoy – 2:1.
Norin – Xotira-79 – 0:1.
Orol – Zomin – 5:2.
Xorazm – Dinamo – 1:2.
Nurafshon – G'ijduvon – 2:0.
NBU-Osiyo – Mashal-2 – 1:1.
Paxtakor-2 – Nasaf-2 – 0:1.
GOLLAR
* 5-turning 9ta o'yinida jami 23ta gol qayd etildi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 2,5tadan gol demakdir.
* Mezbon jamoalar 15ta to'p kiritdi.
* Qolgan 8ta gol esa mehmonlar hisobiga yozildi.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 13ta gol qayd etildi.
* Qolgan 10ta to'p esa ikkinchi taymda kiritilgan.
* Turning eng tezkor goli 2-daqiqada yuz berdi. “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi sardori Zohid Ismoilov “Lokomotiv-BFK” ga qarshi kechgan bahsda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi. Etiborlisi uning kiritgan yagona goli uchrashuvda mezbonlarga g'alabaga keltirdi.
* Aksincha turning eng so'nggi daqiqada kiritilgan goli “Xorazm” – “Dinamo” (1:2) uchrashuvida yuz berdi. Mezbonlar himoyachisi Bobur Abdullaev 86-daqiqada kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi.
* 3ta dubl! Jamshid Qobulov (“Cementchi”), Navro'z Haipov, Renat SHilmanov (“Orol”) ushbu turda o'z hisobiga ikkitadan gol yozdirib qo'yishga erishdi. Etiborlisi ushbu futbolchilarning jamoasi bu turda g'alaba qozongan.
* 5ta penalti belgilangandi. Etiborlisi ularning barchasi aniq amalga oshirilgan.
Timur Bekjonov (“Xorazm”) – aniq.
Rahmatullo Meliboev (“Cementchi”) – aniq.
Evgeniy Kochnev (“Nurafshon”) – aniq.
Bahrom Narzullaev (“Nurafshon”) – aniq.
Sanjar Ahmedov (“Mashal-2”) – aniq.
* 1ta avtogol! “Xorazm” himoyachisi Bobur Abdullaev jamoasining “Dinamo”ga qarshi o'tkazgan bahsida kutilmaganda o'z darvozasiga kiritib yubordi. Yakunda samarqandliklar shuning evaziga safardan g'alaba bilan qaytgan.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ushbu turdagi o'yinlar keskin va qo'polliklarga boy tarzda o'tdi desak xato bo'lmaydi. Buni raqamlar ham aytib turibdi. 9ta o'yinda jami 46ta sariq kartochka.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 5tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalardan 24 nafar futbolchi sariq kartochka oldi.
* Qolgan 22ta ogohlantirish esa mehmon jamoa o'yinchilariga.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 16ta futbolchi sariq kartochka olgan.
* Ikkinchi taymda esa bu borada ko'rsatkich ortgan. Bois yana 20 nafar o'yinchi sariq kartochka bilan siylangan.
* Etiborlisi ushbu turda “Norin” jamoasidan birorta ham futbolchi kartochka olmagan.
* “Nurafshon” jamoasi futbolchilari esa aksincha 6ta sariq kartochka olib, bu borada barchani ortda qoldirdi.
* Buxoro derbisi “Nurafshon” – “G'ijduvon” (2:0) uchrashuvida 8 ta sariq va 1ta qizil kartochka qayd etildi.
* 4ta chetlatish!
Maqsud Hayitov (“Xotira-79”)
Erbol Seytnazarov (“Xorazm”)
Doniyor Goibov (“G'ijduvon”)
Bahodir Daminov (“Paxtakor-2”)
Yuqoridagi futbolchilar endi kamida keyingi turni o'tkazib yuborishga majbur.
HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
* Ushbu turdagi o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar orasida eng yuqori ballni SHerzod Qosimov olgan. Quvasoyda kechgan “Cementchi” – “Oq-tepa” uchrashuvini boshqargan toshkentli hakamning ishini nazoratchi Valentin SHashkov 8,5 ballga munosib ko'rdi.
* Nukusda kechgan “Orol” – “Zomin” uchrashuvini boshqarib borgan Ravshan Abduvohidov esa aksincha eng past ball olgan hakamga aylandi. Nazoratchi Andrey Tambovcev uning hatti-xarakatlarini 7,3 ballga baholadi.
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Lokomotiv-BFK (Toshkent) – 1:0. 524 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon) – 8,0, I. Nosirov (Namangan) – 7,8, E. Tursunov (Namangan) – 8,4, D. Qurchiev - 8
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent viloyati).
*****
Cementchi (Kuvasoy) – Oq-tepa (Toshkent) – 3:0. 1722 tomoshabin.
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent) – 8,5, I. Abdulaqov (Toshkent viloyati) – 8,3, I. Zoitov (Toshkent viloyati) – 8,3
Nazoratchi: V. SHashkov (Tashkent).
*****
UzDongJu (Andijon) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 2:1. 97 tomoshabin.
Hakamlar: I. Garmashov (Toshkent) – 8,2, N. Anfinogenov (Toshkent) – 8,1, S. Abdurahmonov (Toshkent) – 8,1, B. Ro'zimatov - 8
Nazoratchi: A. Klepikov (Tashkent).
*****
Norin (Haqqulobod) – Xotira-79 (Uychi) – 0:1. 3756 tomoshabin.
Hakamlar: R. Kopadze (Farg'ona) – 7,8, SH. Azamov (Farg'ona) – 8,1, D. Qosimov (Farg'ona) – 8,0, A. Jabborov - 8
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).
*****
Orol (Nukus) – Zomin (Zomin) – 5:2. 2355 tomoshabin.
Hakamlar: R. Abduvohidov (Qarshi) – 7,3, SH. Qamarov (Samarqand) – 8,3, SH. Rahmatov (Buxoro) – 8,6, B. Konnazarov - 9
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).
*****
Xorazm (Urganch) – Dinamo (Samarqand) – 1:2. 1277 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent) – 8,2, F. Usmonov (Qarshi) – 8,1, Z. Eliboev (Qarshi) – 8,1, A. Alimov – 8
Nazoratchi: K. Smirnov (Qarshi).
*****
Nurafshon (Buxoro) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 2:0. 262 tomoshabin.
Hakamlar: K. Rasulov (Qarshi) – 7,9, A. Abdullaev (Toshkent) – 8,4, S. Sirazov (Toshkent) – 7,3, SH. Rajabov - 9
Nazoratchi: V. Najafaliev (Toshkent).
NBU-Osiyo (Toshkent) – Mashal-2 (Muborak) – 1:1. 78 tomoshabin.
Hakamlar: A. Ergashev (Toshkent) – 8,0, F. Do'smatov (Guliston) – 8,1, A. Sunnatov (Guliston) – 7,9, J. Muxtorov - 9
Nazoratchi: T. Abdullaev (Toshkent).
*****
Paxtakor-2 (Toshkent) – Nasaf-2 (Qarshi) – 0:1. 154 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tuychiboev (Farg'ona) – 8,2, H. Bahodirov (Toshkent) – 8,3, D. Klepikov (Toshkent) – 8,3, A. Najafaliev - 9
Nazoratchi: SH. Bozorov (Namangan).
MUXLISLAR
* Ushbu turdagi 9ta o'yinga jami 10 225ta tomoshabin tashrif buyurdi.
* Har bir uchrashuvga o'rtacha 1136 nafar muxlis demakdir.
* Eng ko'p ishqiboz kirgan o'yin “Norin” – “Xotira-79” (0:1). Haqquloboddagi bahsga 3756 nafar ishqiboz tashrif buyurgan.
* Aksincha “NBU-Osiyo” – “Mashal-2” o'yinini bevosita stadionda kuzatish uchun 78ta tomoshabin kirgan.
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Yozyovon-Lochinlari – Lokomotiv-BFK – 1:0. 524 tomoshabin.
Cementchi – Oq-tepa – 3:0. 1722 tomoshabin.
UzDongJu – Kosonsoy – 2:1. 97 tomoshabin.
Norin – Xotira-79 – 0:1. 3756 tomoshabin.
Orol – Zomin – 5:2. 2355 tomoshabin.
Xorazm – Dinamo – 1:2. 1277 tomoshabin.
Nurafshon – G'ijduvon – 2:0. 262 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Mashal-2 – 1:1. 78 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Nasaf-2 – 0:1. 154 tomoshabin.
TURNIR JADVALI
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
6-tur. 28 aprel (payshanba)
“Yozyovon-Lochinlari” – “Oq-tepa”
“Cementchi” – “Lokomotiv-BFK”
“UzDongJu” – “Xotira-79”
“Norin” – “Kosonsoy”
29 aprel (juma)
“Orol” – “Dinamo”
“Xorazm” – “Zomin”
30 aprel (shanba)
“NBU-Osiyo” – “Nasaf-2”
“Paxtakor-2” – “Mashal-2”
Islombek Rustambekov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar