So’nggi yangiliklar

17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  17 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  27 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  21 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  30 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1

Birinchi liga-2017. Mavsumning yakuniy statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga-2017. Mavsumning yakuniy statistikasi

2017 yilgi birinchi liga bahslari o'z yakuniga etdi. G'olib va sovrindorlar aniqlandi, kelasi yili oliy ligaga chiqqan jamoa nomini ham bilib oldik.

O'quvchilarimizga birinchi liganing yakuniy statistikasini taqdim etamiz.

Bu mavsum birinchi ligada 306ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  991ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 3,24 tadan to'p to'g'ri keladi).

«Cementchi» o'z maydonda mag'lub bo'lmadi. «Nurafshon» va «G'allaorol» safarda umuman g'alabaga erisha olmadi.

«Cementchi» o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yubordi – 5ta. «Xotira-79» esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 34ta.

«Cementchi» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 17ta to'p o'tkazib yubordi. «Xotira-79» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 71ta to'p olib chiqdi.  
 
«Cementchi» o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 62ta. «Nurafshon» o'z uyida eng kam 23ta gol kiritgan.

«Cementchi» safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 35ta. «Nasaf-2» esa safar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritgan – 6ta.

«Cementchi» o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 47 ta. «Nurafshon» o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 21ta.


Safar uchrashuvlarida ham «Cementchi» eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 38. «G'allaorol» safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 3.

Bu yilgi mavsumda urilgan 991ta goldan 647tasi (65,29%) mezbonlar, 344tasi (34,71%) mehmonlar hisobiga yozildi.  

Bo'lib o'tgan 306 uchrashuvning  179tasida (58,5%) maydon egalari, 73tasida (23,86%) mehmonlar zafar quchishgan.  55 o'yinda (17,87%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

36ta tur davomida futbolchilar jami 1145 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,74tadan kartochka to'g'ri keladi). 77 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,25 tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 138 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 98 holatda (71,01%) to'p darvozaga kiritildi. 40 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

Bu mavsumda 13ta avtogol qayd etildi. Eshniyaz Jamiev («Orol») ikki marta o'z darvozasiga gol urgan yagona futbolchi bo'ldi. Salamat Otamurotov («Orol»), Jafar Ismoilov («Norin»), Maqsad Ibragimov («Yozyovon Lochinlari»), Umrillo Ramazonov («Nurafshon»), G'ayrat O'daev («Xorazm»), SHuhrat Hamidov («Xotira-79»), Sarvar Safarov («Xotira-79»), Ulug'bek Olimov («Yozyovon Lochinlari») va D.Rashidov («G'allaorol»),  Qobil Norqo'ziev («G'allaorol») va Laziz Nuriddinov («G'allaorol») o'z darvozalariga bir martadan to'p kiritib qo'yishdi.

Mavsumda 96ta dubl qayd etildi. 54 futbolchi bir uchrashuvda ikki marta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHahboz Ubaydullaev («Mashal-2») 9 marta, Akmal Abdurahmonov («Surxon») besh, Davron Isoqov («Cementchi») to'rt marta dubl qayd etdi.  

12 marta xet-trik kuzatildi. Bahrom Narzullaev («Nurafshon») va Orifxo'ja Abduxoliqov («NBU-Osiyo») ikki bor xet-trikka erishishdi. Abdulaziz Yusupov («Cementchi»), Zafar Qoraqulov («Yangier»), Zohidjon Ismoilov («Yozyovon-Lochinlari»), Navro'z Xaipov («Orol»), Ozod Komilov («UzDongJu»), Sevdiyor Hamroqulov («G'allaorol»), Temur Ismoilov («Xorazm») va Firdavs Asadov («Andijon») bir martadan xet-trik qayd etishdi.

Uch futbolchi bitta o'yinda raqib darvozasiga 4ta gol urib poker qayd etishdi: Abdulaziz Yusupov («Cementchi»), SHahboz Ubaydullaev («Mashal-2») va SHohjahon Abbosov («Cementchi»).


Bellashuvlarini jami 255079 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 845 tomoshabin to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin «Andijon» – «Istiqlol» uchrashuviga tashrif buyurdi – 5821. Eng kam tomoshabin esa «Lokomotiv-BFK» – «Zomin» uchrashuviga tashrif buyurgan – 27 nafar.

Muxlislar to'plash borasida «Andijon» jamoasi birinchi bo'ldi– 58136. «Cementchi» 52188 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. «G'allaorol» esa 42089 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. «Yangier» o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 11645.

«Cementchi» jamoasi o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan – 39612ta. «Lokomotiv-BFK» bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 1056.

Safar o'yinlarida «Istiqlol» jamoasining (20915) muxlisi ko'p. Safarda «Yangier»ning muxlislari eng oz – 8605.

Bu yilgi mavsumning 306ta uchrashuvidan 74tasida yirik hisob qayd etildi. «Cementchi» eng ko'p 13ta yirik hisobdagi g'alaba bor. CHempionatning eng yirik hisobi «Cementchi» – «Nurafshon» (hisob – 10:0, 15-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 306 uchrashuv 26 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 48 marta, 2:1 – 47 marta, 2:0 – 32 marta, 1:1 – 27 marta, 3:1 – 24 marta, 3:0 – 21 marta, 4:0 – 15 marta, 0:0 va 3:2 – 13 marta, 2:2 – 11 marta, 4:1 – 10 marta, 4:2 – 7 marta, 5:2 va 5:1 – 6 martadan, 4:3 - 5 marta, 6:1 – 4 marta, 6:0 – 3 marta, 5:0, 7:0, 3:3, 4:4 va 8:0 – 2 martadan, 10:0, 5:3, 8:2 va 8:1 - 1 martadan qayd etildi.  
 

Birinchi liga-2017 seriyalari

G'alabali seriya – «Istiqlol» - 8 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – «Istiqlol» - 14 uchrashuv
Durangli seriya – «UzDongJu», «Surxon», «Andijon», «Lokomotiv-BFK» va «Yangier» - 3 uchrashuv
Durangsiz seriya – «Nurafshon» va «Yozyovon-Lochinlari» - 17 uchrashuv
G'alabasiz seriya – «Nurafshon» -  10 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – «Nurafshon» - 10 uchrashuv
Golli seriya – «Istiqlol» - 20 uchrashuv
Golsiz seriya – «Nurafshon» - 7 uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – «Xotira-79» - 28 uchrashuv
«Quruq» seriya – «Surxon» - 4 uchrashuv
Yirik g'alabali seriya – «Cementchi» va «Andijon» - 3 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatli seriya – «Xotira-79» - 3 uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – «G'allaorol» - 23 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – «Istiqlol» -  34 uchrashuv
CHetlatishli seriya – «Orol» - 3 uchrashuv
CHetlatishsiz seriya – «Istiqlol»  - 34 uchrashuv


Birinchi liga-2017 yakunlari. Hakamlar statistikasi
 
Yakuniga etgan mavsumning statistikalarini berishda davom etamiz. Navbat uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlarga etib keldi.

Joriy mavsum oliy liga uchrashuvlarini jami 37 nafar hakam boshqardi. Eng ko'p o'yinni Igor Gormashov boshqardi – 15ta. Keyingi o'rinni 14ta uchrashuvda ishlagan Igor Xudoydotov egalladi. O'yinlar bo'yicha kuchli uchlikni Naim Qosimov, Olim To'ychiboev va Elyor Tursunov yakunlab berishdi – 13ta o'yin.


– eng ko'p uchrashuv boshqargan hakam: Igor Gormashov 15ta.
– eng ko'p sariq kartochka ko'rsatgan hakam: Igor Gormashov 696ta.
– o'rtacha eng ko'p sariq kartochka ko'rsatgan hakam: Hasan Ro'ziev, Ravshan Ermatov va Temur To'xtasinov 1ta o'yinga o'rtacha 6tadan
– eng kam sariq kartochka ko'rsatgan hakam: Olim Tolibjonov 4ta.
– o'rtacha eng kam sariq kartochka ko'rsatgan hakam: Olim Tolibjonov 1ta o'yinga o'rtacha 1tadan
– eng ko'p qizil kartochka ko'rsatgan hakam: Igor Xudoydotov 11ta.
– o'rtacha eng ko'p qizil kartochka ko'rsatgan hakam: Dmitriy Pislegin 1ta o'yinga o'rtacha 1,5tadan
– eng kam qizil kartochka ko'rsatgan hakamlar: Ravshan Ermatov, Sultonmurodov Abdurahmonov, Vadim Agishev, Rustam Bobomurodov, Vladislav Ceytlin, SHerzod Qosimov, Aleksandr Lupashko, Aleksandr Lupashko va Olim Tolibjonov – 0 tadan.
– eng ko'p penalti belgilagan hakam: Igor Gormashov - 14ta.
– o'rtacha eng ko'p penalti belgilagan hakam: Aziz Asimov 1ta o'yinga o'rtacha 1tadan
– eng kam penalti belgilagan hakam: Temur To'xtasinov, Ravshan Ermatov, Sultonmurod Abdurahmonov, Vadim Agishev, Rustam Bobomurodov, SHerzod Qosimov, Aleksandr Lupashko –  0ta.

O'zbekiston chempionati 2015. Hakamlarning joriy mavsum statistikasi



Hakam

O'yin

SK

QK

Pen

O'rt.ball

Igor Gormashov

15

69

1

14

8,04

Igor Xudaydatov

14

50

11

7

8,18

Naim Kosimov

13

36

4

4

8,12

Olim To'ychiboev

13

50

2

7

8,28

Elyor Tursunov

13

51

3

5

8,22

Ahmad Ergashev

12

46

6

2

8,05

Daletboy Jalimov

12

50

1

7

8,09

Ishoq Ibragimov

12

51

1

5

8,2

Komiljon Rasulov

12

43

1

4

8,19

Akobirxo'ja SHukurullaev

11

38

2

5

8,24

Ravshan Abduvohidov

11

45

2

7

8,09

SHavkat Nasibullaev

11

31

3

4

8,05

SHerzod Rajabov

11

47

1

4

7,9

Anatoliy Rubakov

10

33

1

7

8,2

Asker Najafaliev

10

33

2

4

8,34

Jasur Muxtorov

10

37

2

5

8,3

Ruslan Lutfullin

10

41

3

4

8,31

Firdavs Norsafarov

10

44

7

3

8,07

Ahrol Risqullaev

9

40

1

4

8,23

Baxtiyor Yulcharaev

9

30

5

5

7,96

Dmitriy Klepikov

9

23

3

6

8,18

Akmal Rahimov

8

31

2

7

8,2

Viktor Serazetdinov

7

26

1

3

8,37

Dilshod Karimov

7

26

2

5

8,26

Aleksandr Lupashko

5

13

0

0

8,16

Vadim Agishev

5

21

0

0

8,6

Vladislav Ceytlin

4

14

0

1

8,75

Zokir Qodirov

4

15

3

2

8,32

Olimjon Tolibjonov

4

4

0

3

8,6

Hasan Ro'ziev

4

24

1

1

8,48

Ravshan Ermatov

3

18

0

0

9

Sultonmurod Abdurahmonov

3

13

0

0

7,83

SHerzod Qosimov

3

8

0

0

8,57

Aziz Asimov

2

10

1

2

8,65

Dmitriy Pislegin

2

10

3

1

8,25

Rustam Bobomurodov

2

8

0

0

8,25

Temur To'xtasinov

2

12

2

0

8,2



Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика