So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

Birinchi liga 15-tur o'yinlariga PREVYU Yangiliklar

Birinchi liga 15-tur o'yinlariga PREVYU

Bugun birinchi ligada 15-tur bahslari o'tkaziladi.

NBU-OSIYO - NASAF-2. 17:45 

- Ketma-ket ikkita safar uchrashuvidan so'ng NBU-Osiyo  bugun o'z maydonida navbatdagi o'yinini o'tkazadi. Avvalgi turda "Andijon"ni yirik 4:1 hisobida mag'lub etgan "Nasaf-2" Toshkentda mehmon bo'ladi. 

- NBU-Osiyo o'z maydonida faqat bir marta mag'lub bo'lgan va oltita o'yinni g'alaba bilan tugatgan. Umuman olganda, "bankchilar" qatorasiga sakkizta o'yindan beri yutqazmay kelishmoqda - 7 g'alaba va bir durang. 

- "Nasaf"ning farm klubi "Nasaf-2" bugun safarda ettinchi o'yinini o'tkazadi. Avvalgi bahslarda qarshiliklar bir marta g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynashgan, shuningdek, to'rtta bellashuvda imkoniyatni boy berishgan. "Nasaf-2" oxirgi ikkita safar bahsidan mag'lub bo'lib qaytgan. 

YANGIER - SURXON. 18:00

- "Yangier" turnir jadvalida oxirgi o'rinlarni egallab turibdi. Bu jamoa hozircha 10 ochko to'plagan: ikki g'alaba va to'rt durang. 

- SHuni aytish lozim, "Yangier" oxirgi beshta uchrashuvning ikkitasini g'alaba bilan tugatdi. Ikki bor durang o'ynagan bo'lsa, bir marta yutqazib qo'ydi. "Yangier" oxirgi marta o'z maydonida "Cementchi"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan. 

- "Surxon" oxirgi to'rtta uchrashuvni mag'lubiyatsiz yakunladi: uch g'alaba va bir durang. Termizliklar bugun safarda 8-bellashuvda maydonga tushishadi. "Surxon" safardagi oxirgi uch o'yinidan ikkitasini g'alaba bilan tamomladi. 

ZOMIN - OROL. 18:00

- "Zomin" o'z maydonida yomon o'yin ko'rsatmayapti. Jamoa uydagi oxirgi to'rtta o'yinni g'alaba bilan tugatdi. 

- "Orol"ga kelsak, bu jamoaning safarda ishlari unchalik qovushmayapti. Nukusliklar safar bahslarida hali g'alaba qozonmay faqat ikki bor durang o'ynashgan xolos. 

G'ALLAOROL - XORAZM. 18:00

- "G'allaorol" shu paytgacha uchta g'alabaga erishgan bo'lsa, uchala g'alaba ham uydagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan. Bugun "Xorazm" mag'lub etilsa, to'rtinchi g'alaba nishonlanadi. 

- "Xorazm" ketma-ket to'rtta o'yindirki g'alaba qozona olmayapti. Umuman olganda, bu jamoa faqat uy bahslarida yutuqqa erishgan. Safarda esa "Xorazm" uch marta durang o'ynab, to'rtta bellashuvda mag'lub bo'lgan. 

XOTIRA-79 - NORIN. 18:00

- "Xotira-79" oxirgi beshta o'yindan ikkitasini g'alaba bilan yakunladi. Demak, bu jamoa o'z maydonida chakki emas. "Xotira-79" asosan uy uchrashuvlarida ochko yig'adi, safarda esa ko'pincha yutqazib qaytmoqda. 

- O'z navbatida "Norin"ning safardagi o'yinini maqtab bo'lmaydi. Bu jamoa safarda kechgan oxirgi ikkita o'yinida mag'lubiyatga uchradi. "Norin" oxirgi marta safarda "Nasaf-2"ni 3:2 hisobida mag'lub etib qaytdi. 

LOKOMOTIV-BFK - YOZYOVON-LOCHINLARI. 18:00

- "Lokomotiv-BFK" o'z maydonida chakki o'yin ko'rsatmayapti. "Temiryo'lchilar" hozircha uydagi to'rtta o'yinni g'alaba bilan tugatishdi. Lekin oxirgi uy bellashuvida ular "Cementchi"ga yutqazib qo'yishdi.

- "Yozyovon-Lochinlari"ga kelsak, bu jamoa safarda nuqul mag'lub bo'lish bilan ovora. "Yozyovon" safarda hali g'alaba nashidasini surgani yo'q, faqat bir marta durang o'ynagan xolos. 

CEMENTCHI - NURAFSHON. 18:00

- Birinchi liga peshqadami "Cementchi" bugun eng oxirgi o'rinda borayotgan "Nurafshon"ni qabul qiladi. Bu o'yinda ustunlik mezbonlar tomonida, chunki "Nurafshon" safarda o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmayapti. 

- "Cementchi" qatorasiga oltita o'yindan beri mag'lub bo'lmay kelmoqda. Jamoa shundan beshtasida zafar quchib, bir marta durang o'ynadi. "Cementchi" o'z maydonida raqiblarga ochko ulashmaydigan jamoa hisoblanadi. 

- "Nurafshon" esa safardagi barcha bahslarda yutqazib qo'ygan: olti o'yin - oltita mag'lubiyat. Bugun durang ham mehmonlar uchun yutuqdek qabul qilinadi. 

O'Z-DONG-JU - MASH'AL-2. 17:30

- Qatorasiga uchta o'yinni mag'lubiyat bilan yakunlagan "O'z-Dong-Ju" bugun "Mashal-2" bilan kuch sinashadi. "O'z-Dong-Ju" bu yil ham unchalik kuchli emas. SHu bois jamoa oxirgi o'rinlarda bormoqda. 

- "Mashal-2" oxirgi to'rtta o'yindan uchtasini g'alaba bilan tugatdi va muborakliklar bugun ham ochko olishga urinib ko'rishadi. "Mashal-2" shu paytgacha safarda oltita uchrashuv o'tkazib, shundan uchtasida g'alabaga erishgan va uch marta mag'lub bo'lgan. Jamoa hali durang o'ynamagan. 


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика