So’nggi yangiliklar

16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  2 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  14 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2

Birinchi liga. 10-tur yakunlari Yangiliklar

Birinchi liga. 10-tur yakunlari

Kuni kecha O'zbekiston chempionati birinchi liga bahslari 10-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Quyida 10-tur statistikalari bilan tanishtirib o'tamiz.


10-turda quyidagi hisoblar qayd etildi.

"Nurafshon" - "Yangier" 0:3

"Mashal-2" - "Nbu Osiyo" 0:2

"Cementchi" - "G'allaorol" 1:1

"UzDongJu" - "Zomin" 1:1

"Norin" - "Andijon" 1:3

"Yozyovon-Lochinlari" - "Istiqlol" 1:3

"Orol" - "Surxon" 1:5

"Xorazm" - "nasaf-2" 1:0

"Xotira-79" - "Lokomotiv-BFK" 2:1



Turning muhim voqealari

-  Ushbu turda darvozalarga jami 27ta to'p kiritildi: 8ta mezbonlar, 19ta mehmonlar raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

-  Ushbu turda eng ko'p gol “Orol” – “Surxon” 1:5 uchrashuvida kiritildi.

-  Ushbu turda 4ta futbolchi dubl qayd etdi. Bular: Orifxo'ja Abduxoliqov (“NBU-Osiyo”), Anvar Berdiev (“Andijon”), Sarvar Xolmatov, va Sanjar Baratov ikkisi ham (“Surxon”).

-  Bu turda hech bir futbolchi xet-trik qayd etmadi.

-  Ushbu turda eng ko'p sariq kartochka “Xorazm” – “Nasaf-2” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda 7 nafar futbolchi hakam tomonidan ogohlantirildi.

-  “Orol” – “Surxon” uchrashuvida mezbon jamoa futbolchisi M. Kannazarov bosh hakam tomonidan chetlatildi.

-  PFLga taqdim etilgan qaydnoma bo'yicha stadionga eng ko'p muxlis tashrifi bo'yicha “Norin” – “Andijon” o'yinida kuzatilgan 2551ta.

-  Eng kam muxlis “Nurafshon” – “Yangier” o'yinida kuzatildi 77ta.


Qiziqarli malumotlar.

-  10-turga qadar turnir jadvalida karvonboshilik qilib kelayotgan Quvasoyning “Cementchi” jamoasi shu turgacha 8ta g'alaba va 1 marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rishgandi. Bu safar esa “G'allaorol” jamoasiga qarshi uchrashuvda durang natija qayd etdi 1:1. Takidlash kerakki, “Cementchi” jamoasi matbuot kotibining so'zlariga ko'ra ushbu uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Sultonmurod Abduraxmonov “Cementchi”ning 3ta golini inobatga olmagan. Vaxolanki uchrashuvning yozib olingan diskini tomosha qilishganida inobatga olinmagan gollarning barchasi aslida toza gol bo'lganini guvohi bo'lishgan. SHunday bo'lsada natijani o'zgartirib bo'lmaydi. Ushbu uchrashuvdan so'ng nazoratchi hamkam uchrashuvni boshqarib borgan Sultonmurod Abduraxmonovga 8,3 ball qo'ygan. Turnir jadvalida peshqadam bo'lib kelayotgan quvasoyliklar ushbu bahsdan so'ng birinchi pog'onani “Andijon” klubiga berib qo'ydi. “Andijon” va “Cementchi” ayni damda 25 ochko jamg'argan holda turnir jadvalini boshqarishmoqda. To'plar nisabiga ko'ra andijonliklar birinchi pog'onani egallab turibdi.

-  Toshkentning “NBU-Osiyo” klubida to'p tepayotgan Orifxo'ja Abduxoliqov haqiqiy hujumchi ekanligini yana bir barchaga ko'rsatib qo'ydi. Ushbu turdi Abduxoliqov “Mashal-2” darvozasiga 2ta gol urdi va jamoasiga g'alabasini taminladi. Bundan avval Orifxo'ja  Abduxoliqov dubl va xet-trik qayd etgandi.

-  Takidlash kerakki, 10-turda Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi yangi bosh murabbiy bilan safarda “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini mag'lubiyatga uchratdi.

-  “Orol” – “Surxon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv qolgan jamoalarga qaraganda biroz vaqtliroq 14:00da boshlandi. SHu kuni ob-havo issiq bo'lishiga qaramasdan jamoalar maydonda tinmay ter to'kishdi. Mana shunday issiq havoda “Surxon” futbolchilari raqiblari darvozasini 5 marotaba ishg'ol qilishga erishdi. Sanjar Baratov va Sarvar Xolmatov uchrashuvda dubl qayd etdi.


Muxlislar tashrifi

"Nurafshon"  77

"Mashal-2"  81

"Cementchi"  2011

"UzDongJu"  215

"Norin"  2551

"Yozyovon-Lochinlari"  325

"Orol"  107

"Xorazm"  851

"Xotira-79"  1551


10-turda gol urgan futbolchilar


"Nurafshon” U. Ramazonov (avtogol)

“Yangier” M. Toshev, N Davlatov,

“NBU-Osiyo” Orifxo'ja Abduxoliqov 2ta

“Cementchi” O. Ahmadjonov

“G'allaorol” X.Davronov

“UzDongJu” U. Ismonaliev

“Zomin” S. Abdullaev

“Norin” S. Safarov

“Andijon” A. Berdiev 2ta,  D. Jumaboev

"Yozyovon-Lochinlari"  B. Maxtiraliev

“Iqtiqlol” D. Qoraboev, X. SHokirov, SH. Mirzaev

“Orol” M. Karliboev, E. Jamiev (avtogol)

“Surxon” S. Baratov 2ta, S. Xolmatov 2ta,

 “Xorazm” T. Ismoilov

“Xotira-79”  B. Mamajonov, A. Xojimirzaev

“Lokomotiv-BFK”  O. Hakimov


10-turda sariq kartochka olgan futbolchilar

“Nurafshon” I. Ilin, A. Qaxxorov

"Mashal-2" T. Masharipov, YO. Nazarov

"NBU- Osiyo" O. Abdug'aniev, J. Ahmadov, B. Ro'zmatov

"G'allakor" E. Imomnazarov, I. Meliboev, E. Norboev, M. Normahmatov

"UzDongJu" U. Ismonaliev, S. Solohiddinov

"Norin" D. Ismoilov, D. Iskandarov

"Andijon" A. Xojaev, O. Nurmatov, F. SHotursunov

"Istiqlol" X. Madaminov, D. Bobojonov, I. Vahobov, A. Madaliev

"Orol" M. Kannazarov

"Xorazm" R. Karimov, D. Otajonov, R. Sultonov, T. Ismoilov

"Nasaf-2" D. Berdiqulov, S. To'xtaev, O. Komiljonov

"Xotira-79" B. Mamajonov, A. Xojimirzaev

"Lokomotiv-BFK" O. Xakimov



Birinchi liga to'purarlari

1. Orifxo'ja Abduxoliqov ("NBU-Osiyo") - 11 .

2. Anvar Berdiev ("Andijon") - 6.

3. SHahboz Jumaboev ("Andijon")- 6.

4. Davron Isoqov ("Cementchi") -  5.

5. Doston Toshmatov ("Zomin") - 5.

6. Bahodir Murtazoev ("Norin") - 4.

7. Farrux SHotursunov ("Andijon") - 4.

8. SHarif Mirzaev ("Istiqlol") - 4.

9. Rahmatillo Meliboev ("Cementchi") - 4.


Birinchi liga. 11-tur uchrashuvlari


25 may (payshanba)


"NBU-Osiyo" – "Norin"

"Yangier" – "Yozyovon-Lochinlari"

"Zomin" – "Nurafshon"

"G'allakor" – "Mashal-2"

"Xotira-79" – "Cementchi"

"Lokomotiv-BFK" – "UzDongJu"

"Istiqlol" – "Orol"

"Andijon" – "Xorazm"

"Nasaf-2" – "Surxon"


Jahongir Sotvoldiev tayyorladi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика