So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Superliga murabbiylaridan ECHL finali oldidan noodatiy va kutilmagan fikrlar Yangiliklar

Superliga murabbiylaridan ECHL finali oldidan noodatiy va kutilmagan fikrlar

Ertaga mavsumning eng qiziqarli va murosasiz o'yinlaridan biri ECHL finali bo'lib o'tadi.

Bosh sovrin uchun "Manchester Siti" va "CHelsi" jamoalari kurash olib borishi barchamizga malum. 

Xosep Gvardiola "Manchester Siti" boshqaruviga kelganidan beri jamoasini CHempionlar Ligasi g'olibligi sari etaklashga harakat qilmoqda. Tomas Tuxel esa ketma-ket ikkinchi yil mazkur musobaqa finalida ishtirok etadi. Nemis mutaxassisi o'tgan mavsum PSJ bilan kubokni qo'lga kiritishga yaqin kelgan, finalda "Bavariya"ga imkoniyatni boy berib qo'ygani hali ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. ECHL turniri doimgidek dunyo ahlining etiborida bo'lib kelgan. Biz esa ayni paytda o'z jamoalari bilan mashg'ulotlarni davom ettirayotgan Superliga klublari murabbiylarining final oldidan fikrlari bilan qiziqdik.

Hamid Aktamov ("Qizilqum" bosh murabbiyi) - Menimcha, "CHelsi"da imkoniyat yuqori. Tomas Tuxel shogirdlarining finalgacha etib kelishini kutgandim. Uchrashuvda birinchi bo'lib gol urgan jamoa yutadi. CHunki ikki jamoa ham ehtiyotkorlikka etibor qaratadi. Agarda "aristokratlar" dastlab hisobni ochsa, keyingi daqiqalarda ikkinchi raqam ostida harakat qiladi va qarshi hujumda raqibini ushlaydi. 

Yorqin Nazarov ("Andijon" bosh murabbiyi) - Finalda "Manchester Siti"ga muxlislik qilaman. Ha, Xosep Gvardiola so'nggi bor "Barselona" bilan bu turnirda g'alaba qozongan. "Manchester Siti" bilan buni takrorlash uchun ajoyib imkoniyat bor. Bu mavsum ECHLda ajablantirgan narsa "Bavariya"ning chiqib ketishi bo'ldi. Buni ko'pchilik kutmagan bo'lsa kerak. 

Jasur Abduraimov ("Metallurg" bosh murabbiyi) -"Manchester Siti"ning ishqiboziman. Gvardiola yaxshi murabbiy. O'z jamoasida o'yinni to'g'ri yo'lga qo'ya olgan. "Manchester Siti" o'z o'yinini ko'rsatsa yakunda bosh sovrinni boshi uzra baland ko'taradi. Mazkur finalda g'oliblikni qo'lga kiritsa, ispaniyalik mutaxassis "Barselona"ga qaytishi ham mumkin. O'zingiz ham ko'ryapsiz, chempionlikni nishonlagan aksariyat jamoalarda murabbiylar o'zgarmoqda. Muxlislarni ertaga qiziqarli va shiddatli uchrashuv kutmoqda. 

Piter Xyuistra ("Paxtakor" bosh murabbiyi) -  Ertaga "Manchester Siti"ga muxlislik qilaman. 

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiy) - Aniq qaysidir jamoa g'alaba qozonishini bilmayman. Murabbiy bo'lganimiz uchun ko'proq ertangi finalda ikki jamoa murabbiylarining tanlagan taktikasiga, futbolchilarini qanchalik tayyorlaganiga etibor qarataman. Tuxel va Gvardiolaning finalga ishlab chiqqan strategiyasi va rejasi qiziqtirmoqda. Qiziqarli o'yin bo'ladi. "Manchester Siti" ham, "CHelsi" ham to'p bilan yaxshi muomalar qiladigan, pressingni yaxshi qo'llaydigan jamoalar sirasiga kiradi. 


Barchaga yoqimli tomosha tilab qolamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика