So’nggi yangiliklar

00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58

Birinchi davraning yakuniy statistikasi Yangiliklar

Birinchi davraning yakuniy statistikasi

Mana XXIII milliy chempionatimizning birinchi davrasi ham o'z nihoyasiga etdi. Yakuniga etgan davraning statistikasini taqdim etamiz.
Birinchi davra yakunlari raqamlarda

Dastlabki davrada jami 91 ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  223 ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,45 tadan to'p to'g'ri keladi).

Lokomotiv va Paxtakor birinchi davrada umuman mag'lub bo'lishmadi. Eng ko'p mag'lubiyatni Andijon qabul qilib oldi – 11ta.

Nasaf, Olmaliq, Lokomotiv, Paxtakor, Bunyodkor va Qizilqum o'z maydonda mag'lub bo'lmadi. Andijon o'z uyida eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoaga aylandi – 6 marta.



Safarda Lokomotiv va Paxtakordan boshqa barcha klub yutqazgan. Metallurg va Navbahor safarda 6 martadan mag'lub bo'lib bu borada etakchi bo'lishdi. Olmaliq, Qizilqum, Andijon va Metallurg safardagi o'yinlarda biron marta ham zafar qucha olishmadi.

Lokomotiv va Qizilqum o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborishgan – 3tadan. Andijon esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 11ta.

Paxtakor safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 3ta to'p o'tkazib yuborgan. So'g'diyona safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 17ta to'p olib chiqqan.  
 


Lokomotiv o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 17ta. Neftchi o'z uyida eng kam 4ta gol urgan.

Lokomotiv va Mashal safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 10tadan. Andijon safar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritgan – 2ta.

Nasaf va Olmaliq o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 17tadan. Andijon esa o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 3ta.

Safar uchrashuvlarida esa Lokomotiv va Paxtakor eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 17tadan. Qizilqum va Andijon esa safar uchrashuvlarida bittadan ochko olishgan.

Urilgan 223ta goldan 136tasi (60,99%) mezbonlar, 87tasi (39,01%) mehmonlar hisobiga yozildi.   



Bo'lib o'tgan 91 uchrashuvning  46tasida (50,55%) maydon egalari, 24 tasida (26,37%) mehmonlar zafar quchishgan.  21 o'yinda (23,08%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

13ta tur davomida futbolchilar jami 374 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 4,11 tadan kartochka to'g'ri keladi). 11 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,12 tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 18 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 10 holatda (55,56%) to'p darvozaga kiritildi. 8 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

Birinchi davrada 5ta avtogol qayd etildi. Oybek Nurboev ikki marta (Buxoro), Akmal Xolmurodov (Dinamo), Salamat Quttiboev (Mashal) va Salim Mustafoev (Lokomotiv) esa bir martadan o'z darvozabonlarini ranjitishgan.



Ortda qolgan o'yinlarda 16 futbolchi bir uchrashuvda ikki (dubl) marta gol kiritdi. Aleksandr Alempievich (Olmaliq), Murod Bobojonov (Neftchi), Artur Gevorkyan (Nasaf), Zoxir Qo'ziboev (Mashal), Ilyos Qurbonov (So'g'diyona), Mo'ydin Mamazulumov (Mashal), Ivan Nagaev (Lokomotiv), Anvar Rajabov (Andijon), Sardor Rasulov (Metallurg), Igor Sergeev (Paxtakor), Farhod Tojiev (Lokomotiv), Diyor Turopov (Olmaliq), SHerzod Hakimov (Olmaliq), Sanat SHixov (Dinamo), Sardor Eminov (So'g'diyona) va SHaxboz Erkinov(Navbahor) shunday natijaga erishishdi.

2 futbolchi esa bir uchrashuvda uch (xet-trik) marta gol kiritishgan. Bunday natijaga SHaxboz Erkinov (Navbahor) va Artur Gevorkyan (Nasaf) erishishdi.

Bellashuvlarini jami 550334 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (o'rtacha har bir o'yinga 6048tadan to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin Andijon – Paxtakor uchrashuviga tashrif buyurdi – 18221ta. Eng kam tomoshabin esa Lokomotiv – Qizilqum uchrashuviga tashrif buyurgan – 601ta.

Muxlislar to'plash borasida (uyda va safarda) Paxtakor jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 109282. Navbahor esa 101896 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Qarshining Nasaf klubi 101760 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Metallurg o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 46019.



Buxoro jamoasi o'z maydonida eng ko'p ishqiboz to'plagan – 65749. Lokomotiv bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 12671.

Safar o'yinlarida Paxtakor jamoasining (73571) muxlisi ko'p. Safarda Qizilqumning muxlislari eng oz – 20165.

91 uchrashuvdan 6tasida yirik hisob qayd etildi. Lokomotiv hisobida 3ta yirik hisobdagi g'alaba bor. CHempionatning eng yirik hisobi Lokomotiv – Qizilqum (hisob – 4:1, 8-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 91 uchrashuv 13 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 18 marta, 2:0 – 15 marta, 2:1 – 14 marta, 1:1 – 13 marta, 3:1 – 9 marta, 0:0 – 7 marta, 4:2 va 3:0 – 4 martadan, 3:2 – 3 marta, 4:0, 2:2, 4:1 va 4:3 – 1 martadan uchradi. 


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика