So’nggi yangiliklar

13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  1 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  4 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  2 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  15 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  0 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  11 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  17 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11

Birinchi davrani mag'lubiyatsiz tugatgan "Neftchi"da to'purarlar poygasi qanday? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Birinchi davrani mag'lubiyatsiz tugatgan "Neftchi"da to'purarlar poygasi qanday? (Bekzod Tolibov blogi)

Superliga birinchi davrasida mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa "Neftchi" bo'ldi.

Vitaliy Levchenko shogirdlari ortda qolgan 13 ta turning 6 tasini g'alaba bilan yakunlashgan bo'lsa, 7 ta o'yinda durang natija qayd etildi. To'plar nisbati 20-10, farg'onaliklar raqiblar darvozasini 20 bor aniq nishonga olishdi, 10 ta to'p o'tkazib yuborildi.

To'purarlar poygasida ayni damda jamoani tark etgani aytilayotgan Toma Tabatadze bormoqda, jami 6 ta gol. Gruziyalik futbolchi "Paxtakor" (1 ta), "Nasaf" (2 ta), "Surxon" (2 ta), "Qizilqum” (1 ta) jamoalari darvozalarini ishg'ol qilgan.

"Neftchi"ning yosh hujumchisi Ulug'bek Hoshimov joriy mavsumning ortda qolgan qismida jami 3 ta gol urdi, xususan u "So'g'diyona" (1 ta), "Turon" (1 ta), "Buxoro" (1 ta) jamoalari darvozalarini aniq nishonga olishga erishdi.

Yozgi transferlar vaqtida legionerga aylangan futbolchi Nurillo To'xtasinov ham jamoaning birinchi davra davomidagi to'purarlaridan bir hisoblanardi. Nurillo 13 turda 3 ta to'p kiritdi, jumladan "So'g'diyona" (1 ta), OKMK (1 ta) va "Andijon" (1 ta) darvozalariga gol urdi.

"Navbahor"dan "Neftchi"ga ko'chib o'tgan hujumkor yarim himoyachi Diyorjon Turopovning ham to'purlar jadvalida o'rni bor. Turopov hozirgacha jami 2 ta gol urdi, jumladan "Andijon" (1 ta), "Bunyodkor" (1 ta) darvozalari ishg'ol etildi. 

Navbatdagi to'purar bu - Umar Adhamzoda. Dastlab Farg'onaning "Istiqlol" klubida o'ynagan hujumkor yarim himoyachi keyinchalik "Neftchi"ga ko'chib o'tdi va hozirda Vitaliy Levchenkoning asosiy qurollaridan biriga aylandi. Adhamzoda Superliganing ilk turida "Metallurg" darvozasiga 2 ta to'p kiritishning uddasidan chiqqan.

Jamoaning yana bir to'purarlaridan biri Oleksey Larin hisoblanadi. Legioner futbolchi birinchi davra mobaynida jami 2 ta to'p kiritdi, jumladan "Paxtakor" (1 ta), OKMK (1 ta) darvozalarini ishg'ol qilishga erishdi.

Tajribali futbolchi Mirzohid G'ofurov "Neftchi" safiga qo'shilganidan so'ng o'zini jamoa etakchilaridan biri sifatida namoyish etmoqda. G'ofurov ham ilk turda "Metallurg" darvozasiga 1 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Farg'onaliklarning ko'plab gollarida aynan uning hissasi bor ekanini takidlab o'tish joiz.

SHuningdek, "Neftchi" safida Izzatilla Abdullaev ham ortda qolgan turlar mobaynida "Buxoro" darvozasiga 1 ta gol urdi.

To'purar jadvalining umumiy ko'rinishi:

1. Toma Tabatadze - 6 ta.

2. Ulug'bek Hoshimov - 3 ta.

3. Nurillo To'xtasinov - 3 ta.

4. Diyorjon Turopov - 2 ta.

5. Umar Adhamzoda - 2 ta.

6. Oleksey Larin - 2 ta.

7. Mirzohid G'ofurov - 1 ta.

8. Izzatilla Abdullaev - 1 ta.

"Neftchi" yozgi transferlar oynasi vaqtida hozirga qadar SHarof Muhitdinov va Bilolxon Toshmirzaev transferlarini elon qildi. SHuningdek, ayni kunlarda farg'onaliklar safida franciyalik legioner futbolchi ko'rikdan o'tmoqda.

Bekzod Tolibov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика